Kirish 1-bob. Ekologik turizmning nazariy va metodologik asoslari


Viloyat hududini ekoturizm nuqtai nazaridan rayonlashtirish



Yüklə 307 Kb.
səhifə5/11
tarix25.08.2022
ölçüsü307 Kb.
#63272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
eko

Viloyat hududini ekoturizm nuqtai nazaridan rayonlashtirish

  • Ma’lumki iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada hududiy tizim yoki majmualar g’oyasi muhim o’rinni egallaydi. Ular jumlasiga N.N. Kolosovskiy yaratgan (1947y) hududiy ishlab chiqarish majmua-lari (XICHM). SHunga mos holda rekreatsiya geografiyasi uchun hududiy rekreatsiya majmua tushunchasi katta ahamiyatga ega. Bizningcha, hududiy rekreatsiya majmuasi ma’lum bir hududda yagona infratuzilma asosida turli rekreatsiya ob’ektlarining o’zaro aloqadorlikda rivojlanishi va uni boshqarishni anglatadi. Hududiy rekreatsiya tizimi dastlab V. S. Preobrajenskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
  • Ayni paytda biz taklif etadigan hududiy rekreatsiya tizimi ham V. S. Preobrajenskiy tomonidan ishlab chiqilgan hududiy rekreatsiya tizimiga asoslanadi. SHuningdek XRTni tashkil etish shakli va uni boshqarish, rivojlantirish rekreatsion yo’nalishlarni tuzishda aha-miyatlidir. Xususan shahar ichidagi turli marshrutlar, tabiiy rekreatsiya va dam olish oromgohlaridagi maskanlar, ekoturistik marshrutlar va boshqalarda birinchi navbatda ushbu rekreatsion ob’ektning geografik joylashuvi hamda transport va turli xil infratuzilmalarning qay darajada bo’lishi bevosita yo’nalishning samaradorligini ta’minlaydi.

G’arbiy Namangan ekoturistik rayoni

  • Bunga Pop tumani hudu-dining janubiy qismida joylashgan rekreatsion ob’ektlarni kiritish mumkin (Munchoqtepa, CHodaksoy soylari, Sarvaksoy, Julaysoy, Kengulsoy suv omborlari, tog’ va tog’ oldi hududlarida joylashgan qisqa muddatli dam olish maskanlari va bolalar oromgohlari);
  • Bu rayon xalqaro transport tuguni jihatidan muhim o’rin tutadi. CHunki bu hududdan Farg’ona vodiysini Toshkent shahri bilan bog’laydigan asosiy transport yo’li o’tadi. SHuningdek, bu rayon tog’ va tog’ oldi hududlaridagi tabiiy rekreatsiya ob’ektlarining imko-niyatlari kattaligidan dalolat beradi. Mazkur rayonda tarixiy obidalar, tabiiy rekreatsiya resurslari, suv omborlari, daryolar va tog’ manzilgohlari mavjud.
  • Bu rekreatsiya zonasida rekreatsiya va turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Ayniqsa, Pop shahri va Pop tumani tog’ oldi mintaqalaridagi tabiiy va tarixiy rekreatsion obidalar mavjudki ular viloyatimizga keladigan xalqaro va mahalliy sayyohlarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga egadir.

Yüklə 307 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin