Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni


Yosh gandbolchilarda tezkor-sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə18/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

3.2. Yosh gandbolchilarda tezkor-sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi


Zamonaviy gandbolda maxsus sakrovchanlik sifati o’ta muhim harakat qobiliyatlari tarkibiga mansub bo’lib, o’yin davomida yuz beradigan turli vaziyatlarda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Har xil yo’nalishlarda to’psiz va to’p bilan ijro etiladigan harakatlarning tez, aniq va maqsadga muvofiq amalga oshirilishi o’yin yoki uning ayrim lahzalari taqdirini belgilab beradi. Ma`lumki, gandbolchilar sekin harakatlanganda ijro etiladigan o’yin malakasi texnikasi, koordinatsiyasi va aniqligi yuqori bo’ladi. Aksincha, tezkorlik darajasi ortgan sari sport mahoratining bunday ko’rsatkichlari o’z samaradorligini susaytira boshlaydi [8].

Bu borada V.I. Izaak (1974) tadqiqotlari kishi e`tiborini o’ziga tortadi (3-jadval). Chunonchi, jadvaldan ko’rinib turibdiki, har xil o’yin funktsiyasini ijro etuvchi gandbolchilar raqib qarshiligi bo’lmagan holda o’z o’yin zonalaridan darvozaga ko’p marta to’p yo’llashlari mumkin ekan, lekin bu harakat malakalarining samaradorliga juda kam ekanligi kuzatilgan. Agar ushbu o’yin malakalari raqib qarshiligida ijro etilsa to’pni darvozaga yo’llash hajmi ham, uni samaradorligi ham yanada susayib ketar ekan.


Muallifning fikriga ko’ra to’pni darvozaga aniq yo’llash texnikasi aynan gandbol o’yiniga xos sakrovchanlik asosida shakllantirilishi ustivor ahamiyatga ega bo’lib, bunday mashqlarni raqib qarshiligida shakllantira borish jismoniy va texnik tayyorgarlikning muhim shartlaridan biridir. Turli holatlardan to’pni darvozaga yo’llash malakasini yosh gandbolchilar tomonidan o’zlashtirilishi o’yin va raqib qarshiligi vaziyatlarini modellashtirish asosida amalga oshirilishi o’rgatish samaradorligini ancha oshirishi mumkin ekan.
3-jadval
Gandbol mashg’ulotlarida to’pni darvozaga yo’llash malakalarining hajmi va sifati (V.I.Izaak bo’yicha, 1974)









Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin