Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni


Dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə2/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

Dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi. Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho’qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan, to’garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport mashg’ulotining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to’g’ri tanlash va amaliyotga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste`dodli sport zahiralarini etishtirishda o’ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shuni ham ta`kidlash muhimki, har bir sport turida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, shu xususiyatlar yosh sportchilarni tayyorlashda qaysi bir jismoniy sifatlar ustivor ekanligini belgilab beradi. Gandbolda, tezlik-kuch qobiliyatlari va sakrovchanlik sifati ustun turadi. Yosh gandbolchilarda ushbu sifatni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish to’liq o’rganilmagan va bugungi kun jismoniy tarbiyasining dolzarb muammolaridan biridir.
Dissertatsiya ishning ob’ekti: Bolalar o’smirlar sport maktabida shug’ullanuvchi 13-14 yoshli bolalar bilan olib boriladigan gandbol mashg’ulotlari jarayoni.
Dissertatsiya ishning predmeti: Ishning predmeti 13-14 yoshli gandbolchilarning mashg’ulot jarayonida sakrovchanlik jismoniy qobiliyatlarini oshirishda harakatli o’yinlardan foydalanish usullari.
Dissertatsiya ishning maqsadi: 13-14 yoshli gandbolchilarning mashg’ulot jarayonida sakrovchanlik jismoniy qobiliyatlarini oshirishda harakatli o’yinlardan foydalanish uslublarini o’rganish va tahlil qilish.
Dissertatsiya ishning vazifalari: 13-14 yoshli gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning tutgan o’rni va ularni rivojlantirish zarurligi haqida adabiyotlarni tahlil qilish;
  • Yosh bolalarda sakrovchanlikni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini o’rganib chiqish;


  • Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini o’rganish


  • Yosh gandbolchilarda sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar vositasida shakllantirish uslubiyatini amaliy asoslash.





Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin