Gandbol buyicha BO’SMlarda o’quv-trenirovka jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish ist’dodli yosh sportchilarni tanlash va tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi. Ko’p yillik statistik ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizning aksariyat BO’SMlarida yuqori malakali, raqobatbardosh sport zahiralarini tarbiyalash va O’zbekiston yoshlar terma jamoalariga munosib sportchilarni yetishtirib berish juda sust amalga oshiriladi. Sirdaryo viloyatida ham faoliyat ko’rsatadigan BO’SMlarda o’quv-trenirovka jarayonini tashkil qilish va rasmiy musobaqalarni o’tkazib turish talab darajasiga munosib deb bo’lmaydi. Mashg’ulotlar ilmiy asoslangan rejalashtiruv hujjatlari asosida o’tkazilmaydi, ularga uslubiy jihatdan ko’r-ko’rona yondoshiladi. Dastlabki o’rgatish guruhlarida (10-12 va 13-14 yosh) shug’ullanayotgan bolalar tarkibi o’xtin-o’xtin o’zgarib turadi.
Ushbu vaziyatni e’tiborga olgan holda biz Samarqand shahridagi BO’SMning dastlabki o’rgatish guruhida shug’ullanayotgan 10-11 yoshli bolalarda maxsus jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirish bo’yicha pedagogik tajriba o’tkazdik. Ushbu tajriba yakuniy ish talablari doirasida amalga oshirildi.
Ishning maqsadi gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 10-11 yoshli bolalarda sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini ixtiosolashtirilgan mashqlar yordamida shakllan- tirish samaradorligini isbot qilishdan iborat.
Tadqiqotning predmeti 10-11 yoshli gandbolchi bolalar tarkibidan tuzilgan tajriba (10 ta bola) va nazorat (10 ta bola) guruhlarida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini ikki xil mazmunli (oddiy jismoniy mashqlar va estafetali – o’yin shaklida ixtisoslashtirilgan mashqlar) mashqlar majmuasi yordamida shakllantirish imkoniyatlarini o’rganishga qaratildi.
Yuqorida zikr etilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Nazorat va tajriba guruhlarida 6 oy davomida o’tkazilgan 2 xil mazmundagi mashg’ulotlar sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlariga qarab qanday ta’sir etish darajasini o’rganish.
Olingan natijalar va ularning tahlili asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va o’quv-trenirovka jarayoniga tatbiq etish.
Sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish samaradorligini baholash quyidagi test mashqlari yordamida amalga oshirildi:
Joydan turib vertikal sakrash (sm);
Joydan turib uzunlikka sakrash (sm);
Tik turgan holatdan 30 m ga yugurish (s);
Tik turgan holatdan 30 m ga to’pni urib yurish (s).
Nazorat guruhidagi bolalar bilan o’tkazilgan mashgulotlar an’anaviy mazmunga ega bo’lib, gandbol bo’yicha tasdiqlangan BO’SM dasturi asosida amalga oshirildi. Ushbu guruhdagi bolalarda 6 oy davomida 104 ta mashgulot (208 soat) o’tkazildi. Shu jumladan, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun 88 soat ajratildi, shundan 32 maxsus jismoniy tayyorgarlikka taqsimlangan edi. Texnik tayyorgarlikka – 68 soat, taktik tayyorgarlikka – 24 soat, o’yin tayyorgarligiga – 28 soat ajratildi (dastlabki tayyorgarlik guruhi uchun bir yillik BO’SM dasturining asl nusxasi rus tilida ilova qilingan).
Tajriba guruhidagi bolalar mashg’ulotlarida ham soatlarning tayyorgarlik turlariga taqsimlanishi bir xil qilib olindi. Lekin, ushbu guruhda shuo’ullangan bolalar ham bir mashgulotning tayyorgarlik. Asosiy va yakuniy qismlarida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin shaklidagi vositalarga asosiy e’tibor qaratilgan. Har bir mashg’ulot davomida o’rtacha 6-8 martagacha qisqa muddatli, sakrovchanlik va maxsus tezkorlikni shakllantirishga ixtisoslashtirilgan estafetali – o’yin mashqlari qo’llanildi.
Estafetali o’yinlarning ro’yxati va mazmuni:
Ikki kolonnada turib (har kolonnada 5 tadan bola), oyoqlar bog’langan holda sakrab 15 m li marraga birinchi yetib kelish (3 marta);
Ikki kolonnada o’ng va chap oyoqlarda sakrab 15 m li marraga birinchi yetib kelish (1 martadan);
Ikki kolonnada turib, 30 m ga to’pni urib va 4 ta ko’ndalang qo’yilgan gimnastika o’rindiqlaridan sakrab o’tib marraga birinchi kelish (1 martadan);
Ikki kolonnada turib, 30 m ga yugurib kelib, yerda turgan to’pni olib, sakrab devorda chizilgan diametri 1 m li aylana – nishonga kuch bilan aniq otish (2 martadan);
Ikki kolonnada turib, orqa tomon bilan 20 m ga birinchi yugurib kelish va sakrab nishonga to’p otish (3 marta);
Ikki kolonnada turib, «ilon izi» qilib 1 m kenglikda 3 m li amplituda chizilgan 30 m li marraga to’psiz va to’p bilan (yerga urib) yugurib kelish (1 martadan).
Nazorat va tajriba guruhlarida shug’ullangan bolalarning sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarining rivojlanish darajasini aniqlash uchun pedagogik tadqikotdan avval va undan keyin har bir shug’ullanuvchi qayd etilgan test mashqlari yordamida tekshiruvdan o’tkazildi.
Dostları ilə paylaş: |