Kirish. 3D studio max dasturi haqida umumiy tushunchalar


-rasm. Poligonal ob’ektlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə5/19
tarix25.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#193888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
11-Maruza

4-rasm. Poligonal ob’ektlar.

5-rasm. Beze sirti.
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho’qqilarining joylashishi bilan silliq sirtlardir. Bu cho’qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan qo’shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini aniqlaydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma’lum qiyinchiliklarni tug’dirishiga qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob’ektlarni modellashtirish mumkin. NURBS sirtlar - bir jinsli bo’lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to’rt o’lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho’qqi, uchta X, Y, Z koordinatadan tashqari qo’shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega. Cho’qqining o’rni va nisbiy vaznini o’zgartirish orqali ob’ekt shaklini aniq boshqarish mumkin.

6-rasm. NURBS sirti.
Murakkab ob’ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo’yilgan ikki yoki undan ko’p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt bo’lishi mumkin.
Dinamik ob’ektlar (dynamic objects) - ularga qo’yilgan tashqi kuchlar ta’sirida harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob’ekt harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik ob’ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o’xshash yoki ulardan farq qiluvchi usullari qo’llaniladi.
Nogeometrik ob’ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko’rishni davom ettiramiz. Quyidagi ob’ekt turlarini qarash e’tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishlatiladi. Turli algoritmlar yorug’lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqtadan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug’lik; yo’naltirilgan manbadan chiquvchi yo’naltirilgan nur. Bunda manbalardan chiquvchi nur turli rangda bo’lishi, ma’lum masofadan keyin pasayishi shuningdek ob’ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin