Kirish. 3D studio max dasturi haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə9/19
tarix25.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#193888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
11-Maruza

11-rasm. Torandal tugun.
Endi yuqorida yaratilgan ob’ektlarni bo’yash va ulaming sirti uchun kerakli faktura tanlash bilan shug’ullanamiz. Maxsus material Editor (materiallar muhariri) dasturi moduli yordaraida mavjud namunalardan tayyor materialni tanlash yoki materialni mustaqil yaratish mumkin.
Proyeksiyalar oynasida parallelepipedni yasang. Tanlangan materiallarni materiallar muharriri namunalari yacheykalaridan biriga torting va uni Assing Material to Selection (materialni ajratish uchun ko’rsatish) tugmasida bosing. Bo’yalgan parallelepiped 12-rasmda ko’rsatilgan.

12-rasu. Materialni ishlatishga misol.
Shunday qilib, biz materialni tanlash va ob’ektga qo’llash usullaridan bittasini ko’rdik. Materiallarni yaratish va tahrirlash imkoniyatlari juda ko’p va ijod uchun keng maydon yaratadi.

Yorug’lik manbalarini yaratish


Yaratilgan ob’ektga material qo’yilgach, ularni sifatli korsatish uchun yorug’- lik manbalarini kiritish kerak bo’ladi.
Tasvirlar yaratishda yorug’lik hosil qilish - eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa bu intererlar bilan ishlashda muhimdir.
Sukut saqlanganda, yoki yorug’likning manbalari hali yaratilmaganda, sahnani kkita chekka yoritgichda yoritiladi. Yorug’lik ixtiyoriy yaratilgan manbasi ularni avtomatik ravishda orttiradi.

  1. Creat (yaratish) buyruqlar panelidagi Lights (yorug’lik manbasi) tugmasida bosing. Ochilgan buyruqda faqat bitta - Standart (standart) variant bo’ladi. Object Type (ob’ekt turi) menyusida yorug’lik manbalarining har xil turlarini yaratish tugmalari paydo bo’ladi.


13-rasm
LM ni (nuqtali) tugmasiga bosing buyruqlar panelining quyi qismida uchta: General Parameters (umumiy parametrlar) , Projector Parameters (yo’naltirilgan yorug’lik parametrlari) va Show Parameters (soya parametrlari) paydo bo’ladi. Ikkinchi majmua nomiga yorug’lik manbai turi kiritiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parameters (soya parametrlari) hamma yorug’- lik manbalari uchun bir xildir.

  1. Ekranning yuqori qismidagi Of (yuqori) preksiyasiga LM ni bosing. Ko’rsatilgan nuqtada yorug’lik manbai belgisi ko’rsatilgan kichkina sakkiz qirra hosil bo’ladi. Proyeksiya oynalaridagi sahna ob’ektlari yorugligi o’zgarishni kuzata boramiz va manbaning optimal holatini tanlay borib yorug’lik manbani boshqa nuqtaga tortib o’tkazish mumkin.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin