Yorug’lik parametrlarini o’rnatish. Buning uchun quyidagi ishlarni qilish kerak.
1. General Parameters (umumiy parametrlar) majmuasida yorug’lik parametrlarini sozlang.
Multiplier (kuchaytirgich) yorug’lik intensivligining umumiy darajasini sozlaydi.
Contrast (kontrast) yoritilgan sirt yoritgidh rangi va diffuzion rang sohalari o’rtasidagi kontrasni (farqni) beradi. Sukut vaziyatda u 0 ga teng.
Soften Diff Edge (diffuzion rang chegaralarini yo’qotish) yoritgich va diffuzion akslanish sohalari o’rtasidagi chegaralarini yo’qotishga imkon beradi. 100% miqdorni o’rnatish diffuzion akslanish sohalari va yoritgich o’rtasidagi qat’iy chegaralarini yo’qotishga olib keladi, lekin bunda sirtning yoritish darajasi pasayadi.
Affect Diffuse (diffuz rangga ta’sir etadi) va Affect Specular (ko’zgu rangiga ta’sir etadi). Sukut vaziyatida ikkala parametr ham o’rnatiladi, lekin yorug’lik bitta manbaini faqat diffuzion akslanishning sohasini yoritish uchun ishlatish mumkin, ikkinchisi esa faqat ko’zga akslanishni beradi.
Yorug’likni o’rnatish. Yaratilgan ko’rinish etarli darajada yoritilgan bo’lishi lozim, aks holda undagi ob’ektlar ko’rinmay qoladi.