Kirish “Agrobank” atb ning tashkil etilishi tarixi va vazifasi


Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi



Yüklə 181,16 Kb.
səhifə11/14
tarix25.12.2023
ölçüsü181,16 Kb.
#195363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Marjona hisobot

Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:
• asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;
• bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va kredit yoki qarz berilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
• uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi to‘lovlar:
- sug‘urta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi bo‘lib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari ta'minotiga qabul qilingan va garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilishda qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘langan to‘lovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha bankka xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar.
Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
shartnoma tuzilganda;
• kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.
Hozirgi kunda Jahon banki ekspertlari tomonidan Markaziy bankka barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash yagona standartini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Markaziy bank mutaxassislari barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash uchun yagona standartni kiritish ustida ish olib bormoqda. Ushbu standart joriy yilning ikkinchi yarmida amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 181,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin