1.2.3. Qalqib chiquvchi iflosliklami ajratish
Tindirish jarayoni ishlab chiqarish oqova suvlarini neft, yog‘, moy smolalaridan tozalash uchun ham qoilaniladi. Qalqib chiquvchi iflosliklami tozalash qattiq zarrachalarni cho‘ktirishga o‘xshaydi. Farqi shundaki, qalqib chiquvchi zarrachalarning zichligi suv zichligidan kichikroqdir. Neft zarrachalarini tutib
qolish uchun nefttutgichlar, yog‘-moy zarrachalarini tutib qolish uchun yog‘tutgichlar ishlatiladi. Neft zarrachalarini tutib qolish uchun to‘g‘ri burchakli nefttutgichlarda neftning suv yuzasiga qalqib chiqishi tezligi 1—4 mm/sek. Bunda 96—98% neft qalqib chiqadi. Gorizontal nefttutgichlar kamida 2 ta seksiyadan iborat boiadi. Seksiyalar kengligi 2—3 m, suvning tindirilgan qatlami chuqurligi 1,2—1,5 m; tindirish vaqti — 2 soatgateng (2.4- rasm). Yog‘-moy kombinatlari, junga birlamchi ishlov beruvchi fabrikalar, go‘sht kombinatlari, oshxonalar oqova suvlari tarkibida yoglar boiadi.
2.4- rasm. Nefttutgichlar:
a—gorizontal nefttutgich: 1— nefltutgich qobig'i; 2— gidroelevator;
3— neft qatlami; 4— neft yig‘uvchi quvur; 5— neftni tutib qoluvchi to‘siq;
Dostları ilə paylaş: |