Emulgirlangan moddalarni filtrlash. Emulsiyalarni donachali qatlam orqali filtrlashda yuzaning boshlang‘ich xususiyati katta ahamiyatga ega. Gidrofob yuzaga zarrachalarning yopishishi gidrofil yuzadagiga nisbatan kuchliroq, chunki gidrofil materiallar yuzasida gidrat qobig‘i mavjud. Yopishish shu qobiqlar buzilgandagina hosil bo‘ladi. Neft mahsulotlari va yog‘ni ajratish uchun penopoliuretanli filtrlar ishlatiladi (2.6- rasm, e). M aterial qatlami balandligi 2—2,5 m, penopoliuretan bo‘laklari o‘lchami 5—10 mm. Filtrlash tezligi 25 m /s gacha. Bunday filtrlarni oqova suvda yog‘ konsentratsiyasi 1000 mg/1 gacha bo‘lganda qoMlash mumkin.
Yuqoridan berilgan oqova suv material qatlamidan o‘tadi va yog‘ zarrachalaridan tozalanadi. Material yog‘ga to‘yingandan so‘ng suv bilan yuvilib, 3 m artag ach a m exanik siqish bilan regeneratsiyalanadi. Material elevatordan lentaga berilib, siqish
g‘ildiraklaridan o‘tkaziladi.