Kirish Analitik qism



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə25/27
tarix26.04.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#56367
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Ravshan

3.Osvitetil – bunda suvga bir qancha qo’shimchalar qo’shiladi soda, ohak hamda polimer( anionniypolielektrolit). Soda va ohak suvni yumshatadi. Polimer flokullash jarayoni oqova suv tarkibiga yuqori molecular birikmalar, ya’ni flokulantlar ta’sir ettirish natijasida muallaq zarrachalarni yiriklashtirishdan iborat. Koagullash jarayonidan farqli ravishda bu jarayonda zarrachalarning yiriklashishi zarrachalarning o‘zaro ta’siri bilan emas, balki flokulant zarrachalarida adsorbsiyalangan molekulalarning o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Oqova suvlar tarkibidagi aluminiy va temir gidroksidlari iviqlari
hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirish maqsadida flokullash jarayonidan foydalaniladi. Flokulantlarni qo‘llash koagulant miqdorini kamaytirish, koagullash vaqtini qisqartirish va hosil bo'lgan iviqlarning cho'kish tezligini oshirishga yordam beradi.
Oqova suvlarni tozalash uchun tabiiy va sintetik flokulantlardan
foydalaniladi. Tabiiy flokulyantlarga kraxmal, dekstrin, ayrim efirlar, selluloza va boshqalar kiradi. Faollangan kremniy dioksidi (xSi02• yH20 ) eng keng tarqalgan anorganik flokulant hisoblanadi. Sintetik flokulyantlar orasida ko‘p ishlatiladiganlari poliakrilamid PAA (-CH2-CH-CONH2)n, texnik PAA va gidrolizlangan PAA dir.

Flokulant tarkibi va dozasini tanlashda uning makromolekulasining xususiyati va dispers zarralarning tabiati hisobga olinadi. Oqova suvlarni tozalashda PAA ning optimal miqdori 0,4— I g/m3 atrofida bo‘ladi. PAA ni pH ning turli oraliqlarida qo‘llash mumkin, biroq flokullangan iviqning cho‘kish tezligi pH > 9 bo‘lganda


pasayadi. Flokulantlarning ta ’sir mexanizmi quyidagi hodisalarga
asoslangan: kolloid zarrachalar yuzasida flokulant molekulalarining
adsorbsiyasi; flokulant molekulalarining retikulatsiyasi (to'rsimon
strukturaning hosil bo'lishi); Van-der-Vaals kuchlari hisobiga
kolloid zarrachalarning yopishishi. Flokulantlarning colloid zarrachalar bilan ta’sirlashishi natijasida uch o‘lchamli strukturalar hosil bo‘ladi. Bu suyuq fazadan mayda zarrachalarning tezroq va to‘liqroq ajralishiga olib keladi. Bunday strukturaning hosil bo‘lishiga sabab flokulant makromolekulalarining bir necha zarrachalar o‘rtasida polimer ko‘priklarini hosil qilib, adsorbsiyalanishidir.
Kolloid zarrachalar manfiy zaryadga ega bo‘lganligi uchun aluminiy
va temir gidroksidlari bilan birga cho‘kadi. Faollangan kremniy
dioksidi qo‘shilganda cho'kish tezligi 2—3 marta tezlashadi va
tiniqlashish samarasi oshadi. Poliakrilamid 7—9% li gel holatida
ishlab chiqariladi, u 273°K dan past haroratda qotadi. PAA ni
suvga qo‘shganda uning qovushqoqligi ortadi. Flokulantlarning samaradorligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

bu yerda, cof va со — flokulantlangan va flokulantlanmagan cho‘kmaning cho‘kish tezligi, mm/s; q — 1 t qattiq modda uchun flokulant sarfi.


Oqova suvlarni koagullash va flokullash usullari bilan tozalash
quyidagi bosqichlardan iborat: reagentlarni dozalash, oqova suv
bilan aralashtirish, iviqlarni hosil qilish va cho‘ktirish.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin