II. Asosiy qisim Mikroorganizmlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
Bioo‘g‘itlarning yana bir afzal tomoni – ular tuproqlarning biologik potensiali va holatini tiklaydi. Buning sababi oddiy: asosan, tuproq tarkibidagi foydali mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Xuddi o‘sha mikroorganizmning bir hujayrasi milliard martagacha ko‘paytirilib, tuproqning o‘ziga qaytariladi. Tushunish uchun birgina misol keltirish mumkin. Aytaylik, tuproqda azot o‘zlashtiruvchi bitta hujayra bor. O‘sha hujayra bir molekula azotni olib o‘simlikka beradi. Biz esa xuddi o‘sha hujayrani milliard marta ko‘paytirib tuproqqa qaytaramiz. Demak, havodan milliard molekula azot o‘zlashib biologik azotga aylanadi va o‘simlikka yetkaziladi (1-rasm).
1-rasm. «Qishloq xo‘jaligimizda mikroorganizmlar samarasi » Qishloq xo‘jaligimiz haligacha o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida mikroorganizmlarning o‘rnini to‘liq anglab yetgani yo‘q. Biz faqat o‘simlik-tuproq tizimini ko‘ramiz. Xorij qishloq xo‘jaligi esa o‘simlik-mikroorganizm-tuproq tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi masala deb biladi.
Sababi aksariyat ozuqa moddalar va tabiiy birikmalar tuproqdan o‘simlikka aynan mikroorganizmlar orqali yoki ularning hayot faoliyati tufayli o‘simlikka yetkaziladi. Mikroorganizm va o‘simlik bir butunlikda ishlaydi, yashaydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simlik ildizlarida yashaydi. Bir so‘z bilan aytilsa, o‘simlik mikroorganizmga makon, vatan hisoblanadi.
Mikrobiologiyada bir jarayon bor – xemotaksis. Bu degani, mikroorganizmlar organik birikmalar tomon harakatlanadi. O‘simlik ildizlari bunday birikmalarga boy. Tabiiyki, tuproq mikroorganizmlari ildiz tomon harakatlanadi va ildizda yashay boshlaydi. Ular o‘simlikning uzoq vaqt yashashidan manfaatdor hisoblanadi. Shu bois, o‘simlik uchun kerakli barcha birikmalarni yetkazib beradi.
Bu o‘ziga xos mo‘jizali jarayon. O‘simlikka azot yetishmasa o‘ziga xos usulda signal uzatadi va azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar ishga tushadi. Birorta zamburug‘ o‘simlikka tushib kasallantirsa, yana belgi beradi, yana foydali mikroorganizmlar ishga tushib, o‘sha zamburug‘ga qarshi antibiotik yoki antifungal birikmalar hosil qilib, o‘simlikni davolaydi. Fosfor yetishmasa ham shu jarayon... Qo‘yingki, o‘simlik ko‘p muammolarini aynan mikroorganizmlar, xususan, foydali bakteriyalar yordamida hal qiladi. Bioo‘g‘itlarning mohiyati va ishlash usuli ham aynan shu jarayonlarning inson qo‘li bilan yaratilgan variantidir.
Tuproq konsentratsiyasi turli elementlar to'g'ridan-to'g'ri undagi bakteriyalar miqdoriga bog'liq. Ikkinchisining etishmasligi noto'g'ri rivojlanish va o'sishning kechikishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun foydalaning bakterial o'g'itlar. Ulardan foydalanish oziqlantirishning eng zararsiz turi hisoblanadi.Bakterial o'g'itlar mikrobiologik emlash vositalaridir. Ular barcha o'simliklarning oziqlanishini sezilarli darajada yaxshilashlari mumkin. Ularda ozuqaviy moddalar mavjud emas. Tuproqqa kirib, bu moddalar biokimyoviy jarayonlarning kuchayishiga yordam beradi. Organik va bakterial o'g'itlar o'simliklarning oziqlanishini yaxshilaydi.