Kirish asosiy qism I. O‘quv jarayonlarini tashkil qilish



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#123878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nazirjonova H

VIII sinf kimyo kursi “Kimyoviy reaktsiyalarning asosiy qonuniyatlari. Sulfat kislotaning ishlab chiqarishi” mavzusi bilan tugallanadi. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar kitmyoviy kinetika va termodinamikalarning ayrim nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Kimyoviy reaktsiya haqidagi tushuncha ham ancha boyitiladi.
IX sinfda o‘quvchilar uchun yangi elektrolitik dissotsilanish nazariyasi tushunchasi kiritilib, qolgan mavzular davriy qonun va elementlar davriy jadvali hamda elektrolitik dissotsilanish nazariyalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi: “Azot gruppachasi”, “Uglerod gruppachasi”, “Metallarning umumiy xossalari”, “Bosh va yonaki gruppachalar metallari”, “Metallurgiya”. “Metallurgiya” mavzui o‘quvchilarga politexnik ta’lim berishi va kimyoviy ishlab chiqarish tushunchasini kengaytirish uchun alohida o‘rin tutgan. IX sinf kimyo kursini o‘quvchilar “Anorganik kimyo” va “Оrganik kimyo” kursi bo‘yicha olgan bilimlarni umumlashtirish mavzusi bilan tugatishadi.
Organik kimyo kursida organik moddalarning uchta katta guruxi o‘rganiladi: uglevodorodlar, kislorodtutgan va azottutgan organik moddalar.
Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi mavzusida A.M.Butlerov nazariyasining asosiy xolatlari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarda izomerlar xaqida tushunchaning shakllanishi aynan shu mavzuda boshlanadi.
To‘yingan uglevodorodlar mavzusida organik moddalarning oddiylari o‘rganilib, ularning misolida eng muxim bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarda shakllanib boradi: gibridlanish, fazoviy va elektron tuzilish, o‘rin olish reaktsiyalarning erkin radikalli mexanizmi, gomologlar. O‘quvchilar organik kimyoda aloxida o‘rin tutgan sistematik nomenklatura bilan shu mavzuda tanishadilar.
Kovalent bog‘lanish tushunchasiga To‘yinmagan uglevodorodlar mavzusida aniqlik kiritiladi. Birinchi bor va bog‘ tushunchalari kiritiladi, gomolog, izomer, gibridlanish tushunchalari rivojlanib boradi. Bu mavzuda etilen, diyen, atsetilen qatoridagi uglevodorodlar o‘rganiladi.
Uglevodorodlarni o‘rganish-organik kimyo kursining keyingi mavzularni o‘qitishda asos bo‘ladi.
Kislorodtutgan organik birikmalar to‘rtta mavzu bilan ko‘rsatilgan: Spirtlar va fenollar, Aldegidlar va karbon kislotalar, Murakkab efirlar. YEglar. Uglevodlar.
IX sinfda organik kimyoning davomi bo‘lgan "Azot tutgan organik birikmalar" biologiya kursi bilan fanlararo bog‘lanib o‘qitiladi. Organik birikmalarning bu bo‘limida "Aminlar. Aminokislotalar. Azot tuggan geterotsiklik birikmalar" va "Oqsillar. Nuklein kislotalar" mavzulari o‘tiladi.
IX sinf o‘quvchilari uchun "Umumiy kimyo asoslari" kursining o‘qitish maqsadi - ularning anorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirishdir. Kimyo asoslaridagi materialning qanchalik chuqur bo‘lishi, asosan, o‘quvchilarning umumiy saviyasi, shuningdek kimyo faniga ajratilgan o‘quv soatlari bilan belgilanadi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin