An`anaviy va noan`anaviy ta`lim modellari.
1. An`anaviy dars – ta`lim olishning asosiy shakli sifatida.
2. An`anaviy darsning asosiy bosqichlari.
3. Ta`lim olishning noan`anaviy shakllari.
4. Ta`lim olishning hamkorlikda o`rganish shakli.
5. Modellashtirilgan dars.
6. Ta`lim olishning tadqiqot – izlanish shakli.
An`anaviy dars – ta`lim olishning asosiy shakli:
O`qitishda ko`zlanadigan maqsad bu davlat ta`lim standartlariga belgilangan bilim va ko`nikmalarni o`quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o`quvchi tomonidan bilim qabul qilinssa va tushunib yetilsa hamda egallangan malaka va ko`nikmalarini amalda namoyish etib bera olsa o`qitish muvaffaqqiyatli kechadi, deb hisoblasa bo`ladi.
An`anaviy dars – muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
Ma`lumki, bilim olish jarayoni – bu ma`naviy va aqliy qobilyatlarni tizimli rivojlantirib boorish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobilyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta`lim oluvchi tomonidan mustaqil yoki ta`lim beruvchining ko`magida amalgam oshirilishi mumkin.
O`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy o`qitish shakli (modeli) hisoblanmish dars ta`lim olishning samarali shakllaridan (modellaridan) biri bo`lib qolmoqda.
O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan – bir modeli bo`lib qolayotir. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayoni markazida o`qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni “markazda o`qituvchi bo`1gan ta`lim modeli” , deb ham atashadi. An`anaviy darsnming asosiy maqsadi dars mavzusining mazmuni, tushuncha va faktlarini o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat.
Dars – oldin o`zlashtirilgan bilimlar bilan o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilimlar o`rtasida aloqa o`rnatilishidan boshlanadi.
Yangi mavzuni yoritish, turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash va uyga vazifa topshirish bilan yakunlanadi.
An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol – javob, amaliy mashq kabi metodlardanfoylaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga o`quvchilar faoliyatini faolllashtiradigan turli – tuman metodlar bilan boyitish o`zlashtirish darajasining ko`tarilishiga olib kelar ekan.
Odatda, an`anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o`quvchilarning darsni qanday o`tishga va uni rejalashtirishga bog`liq.
An`anaviy darsning samaradorligini oshirish va darsda o`quvchilarning faolligiga erishish uchun yangi materialni kichik – kichik bo`limlarga bo`lib o`tish tavsiya etiladi. Shuningdek, o`quvchilarning bu materialni qanday o`zlashtirib borayotganliklarini nazorat qilib boorish va bu maqsadda turli xil mashq va topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligini muttasil rag`batlantirib turish, o`quv materialining mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlaridan foydalanish, rang – barang qiziqtiruvchi misollar keltirish, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turlicha baholash usullari vat a`lim vositalarini o`z o`rnida qo`llash talab etiladi.