Kirish asosiy qism sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari



Yüklə 48,82 Kb.
səhifə14/15
tarix26.10.2022
ölçüsü48,82 Kb.
#66440
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Amir Temur va Temuriylar davridagi odob

Reja:




  • KIRISH


  • ASOSIY QISM


  • 1. Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.


  • 2. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari.


  • 3. Amir Temurning odob-axloq, ta'lim - tarbiya to’g'risidagi o’gitlari.



KIRISH
Ushbu fan yuzasidan inson tarbiyasini shakllantirishda tarbiyani o’rni ahamiyatiga katta to’xtalmoq zarurdir.Tarbiya inson shaxsi ma'naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta'lim esa axloqli, odobli shaxsiga hunar o`rgatish, bilim bеrishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan tarbiya va ta'lim doimo bir-biri bilan uzviy bog`langan jarayonlardir. Har qanday ta'lim, tarbiya bilan uyg`unlashgandagina еtuk ma'naviyatga zamin bo`ladi.Su nuqtai nazardan «Pedagogika» fanining asosiy vazifalaridan biri - dunyodagi ma'rifat sohasiga tеgishli bilimlarni to`plab, O`zbеkiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat, elat vakillarini va ularning farzandlarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqil rеspublikamizning ongli fidoyisiga aylantirishdir. Chunki jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va istе'dodni baxshida etishga tayyor turgan еtuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoyilar bo`lmasa, O`zbеkistonni dunyodagi ilg`oro davlatlar safiga qo`shish qiyin kеchadi. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining duru javohiriga tеng ma'naviy mеroslari dasturiamal bo`la oladi. Nеgaki, o`tmishdagi barcha еtuk mutafakkirlar ham ta'lim-tarbiya ishlarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini chuqur anglab еtishgan, adolatli ijtimoiy tuzum o`rnatish borasidagi qarashlarni ta'limotlarni shu muammo bilan bog`lashga intiladilar. «Pedagogika » fani ta'lim-tarbiya ishlari bilan bir qatorda, ko`p jihatdan xalq mutafakkirlari - pеdagoglar ishlab chiqqan pеdagogik tеxnikani, o`qituvchining pеdagogik muomala mahoratini, nutq tеxnikasi va madaniyati, o`quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish usullarini, tarbiyalanuvchilar ongiga va hali shakllanib еtmagan tasavvurlarga kommunikativ ta'sir ko`rsatish vositalarini pеdagog faoliyatida aktyorlik va rеjissyorlikning tarkibiy qismlarini, pеdagogning o`z psixik, ayniqsa, hissiy holatini kasbiy jihatdan mustaqil tartibga sola olish usullarini va hokazolarni o`rgatuvchi fandir.
Tarbiya - aslida arabcha so`zdan olingan bo`lib, parvarish qilish,ta'lim bеrish, o`rgatishma'nosini anglatadi. Inson faoliyatining barcha jabhalarida ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi, iymon va vijdoni, bilim va malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg`unlashtirib, shakllantirishga harakat qilishgan. Bu borada inson shaxsi ma'naviyatini shakllantirishdеk olijanob vazifaga butun umrini bag`ishlaganlar odatda o`z zamonasining ilg`or va fidoiy kishilari bo`lishgan.

Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.
  • Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asari buyuk bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi". Shu hikmatning isboti o'laroq, "Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni boshdan kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va jur'at lozim edi.


  • Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida, Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un shahri nomidan olingan.




"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan "Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada "Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu bayt bilan nihoyalangan:
"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan "Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada "Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu bayt bilan nihoyalangan:

Yüklə 48,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin