Kirish asosiy qism


Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi



Yüklə 45,98 Kb.
səhifə2/6
tarix22.09.2023
ölçüsü45,98 Kb.
#147229
1   2   3   4   5   6
Modal so`zlar

1.Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi
Tilda mantiqdan kirib kelgan modallik kategoriyasini ifodalovchi asosiy vositalardan biri bu fe’lning bu mayllar deb yuritilgani. Bu usul esa modallik morfologik ifodalovchi asosiy vositadir. Shu bilan bir qatorda leksik- semantik so‘zlar majmuasi borki, bu so‘zlar modal so‘zlar deb yuritiladi. Modal so‘zlar ayrim hollarda gap modalligini ochuvchi uslubiy qatlam vazifasini o‘taydilar. Lekin modal so‘zlar mustaqil so‘z turkumini hosil qiladimi yoki alohida yordamchi so‘zlar turkumini hosil qiladimi degan savol hozirgi kunda tilshunoslar oldidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Ushbu savolga javoblar ham turlicha. Ayrim tilshunoslarning fikricha, modal so‘zlar “gapdan tashqarida” bo‘ladi, faqat unga “bitishadi”. Boshqa so‘zlar bilan aloqada bo‘lmay, “ular gap bo‘lagi bo‘lmaydi, hatto yordamchi ham bo‘lmaydi” deb qaraydilar.2 N. K. Dmitriyev esa boshqird tilidagi modal so‘zlarni alohida so‘z turkumiga emas, balki alohida so‘zlar majmuasi va yuklamalar orasidagi bir turkum so‘zlardir deb qarasa, A.N. Kononov, A.N. Baskakov va boshqalar yuklamalar kabi modal so‘zlarni alohida yordamchi so‘z turkumi deb ajratmaydilar. Ayrim turkshunoslar modal so‘zlarni alohida yordamchi so‘z turkumi deb ta’kidlaydilar.
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa yordamchi so‘z turkumlari bilan bir qatorda modal so‘z turkumlari deb ajratadilar va bu turkumga yuklamalar bilan modal so‘zlarni kiritadilar.
Rus tilshunosligida esa modal so‘zlarni ravishlar tarkibida yoki bog‘lovchilar tarkibida tahlil qilingan. Bu xildagi qarashlar uzoq vaqt modal so‘zlarni alohida bir leksik – semantik birlik sifatida qarashlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib keldi.
Modal so‘zlarni alohida kategoriya sifatida talqin etish bilimini V.V. Vinogradov ishlab chiqdi. U modal so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari, Grammatik mazmun – mohiyati, kelib chiqishi, lug‘aviy tarkibi, vazifalari, boshqa turkum so‘zlar bilan munosabati kabilaarni ko‘rsatib berdi. Lekin V. V. Vinogradovning modal so‘zlar to‘g‘risidagi qarashlari to‘liq va tom ma’noda o‘z ifodasini topmadi. Shu bilan bir qatorda S. I. Abakumovaning modal so‘zlarning alohida so‘z turkumi sifatida alohida e’tirof etishi hamda I. I. Menzaninovaning kirish ( modal ) so‘zlarni alohida so‘z turkumi deb ajratish to‘g‘risidagi dadil konsepsiyasi ham o‘z rivojini topmadi.
O‘zbek tilida modal so‘zlar bo‘yicha bir necha ishlar amalga oshirilgan. R. Komiljonovaning “O‘zbek tilida modal so‘zlar” (1975, nomzodlik dissertatsiyasi), S. Saidovning “Modal so‘zlarni o‘rganish tarixidan” ( O‘TA. N4, 1963), “Hozirgi zamon o‘zbek tilidagi modal so‘zlarning klassifikatsiyasi masalasiga doir” ( O‘TA. No6, 1963) kabilar shular jumlasidandir. Shunday bo‘lsa ham, o‘zbek tilida modal so‘zlar hozircha to‘liq o‘rganilgan emas. Shunday ekan, biz ham o‘z ishimizda xuddi shu masala haqida fikr yuritmoqchimiz. Modal so‘zlarni alohida so‘z turkumi sifatida talqin etish uchun quyidagi 3 ta omilga e’tibor berish kerak:
1. Tildagi modallik kategoriyasini keng ma’noda tushunishdan kelib chiqish.
2. Modal so‘zlarni yordamchi so‘z turkumi sifatida qarab sintaktik birlik bo‘lgan kirish so‘zlardan farqlash.
3. Modal so‘zlarni yuklamalardan farqlash mezonini ishlab chiqish.
Modal so‘zlar o‘zining leksik – grammatik ma’no – mohiyatiga ko‘ra undov so‘zlarga ham yaqin turadi. Ikkalasi ham hayajonni, asabiy holatni ifodalaydi va so‘zlovchining borliqdan ta’sirchanligini ko‘rsatadi.
Ularni bir – biridan farqlab turgan narsa shuki, undov so‘zlarning aksariyati insonlarning yarim ongli ruhiy ta’sirlanishini ifodalasa, modal so‘zlar subyektivlikni, so‘zlovchining ifodalanayotgan fikriga munosabatini ifodalaydi.
Morfologik belgilariga ko‘ra modal so‘zlar boshqa yordamchi so‘z turkumiga kiruvchi: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov, taqlid so‘zlardan farq qilmaydi. Chunki modal so‘zlar ham yordamchi so‘z turkumlari kabi o‘zgarmas, so‘z yasash, so‘z o‘zgarish affikslariga ega emas.
Ularni bir – biriga o‘xshash tomonlarining boisi ularning tarixi bilan bog‘liqdir, chunki modal so‘zlar turli xil mustaqil so‘z turkumlaridan kelib chiqqan. Bunday tarixiy jarayon, ya’ni so‘zlarning leksik grammatik o‘zgarishi natijasida ayrim modal so‘zlar to‘laligicha o‘zining boshlang‘ich nuqtasidan tamomila uzilib chiqib ketganki, ular faqat modal ma’nolarni ifodalaydi, boshqalari esa to‘lig‘icha modal so‘zlar qatoriga o‘tib ketmagan shuning uchun ular ayrim hollarda modal ma’nolarni ifodalasa, boshqa hollarda ma’lum gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Masalan:
1. Aftidan, Safarov ikkovi og‘ilga tomon kelmoqda edi.
2. U qop- qora, qotma, vujudi pay bir yigit bo‘lib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi.
Ikkala gapda ham bir xil shakldagi so‘z qo‘llangan. Ikkalasi ham tarixan bir turkumga oid. Biroq bugungi kunda bu so‘zlar ikki xil so‘z turkumining tarkibida o‘rganilganligi bois shakldosh so‘zlar sifatida qaraladi. Yuqoridagi gaplarning birinchisida aftidan so‘zi modal so‘zlik xususiyatini namoyon qilgan bo‘lsa, ikkinchi gapda, bil’aks ot so‘z turkumidagi xususiyatlarini namoyon qilgan. Shu bois bu so‘zlar endilikda omonim so‘zlar sifatida o‘rganilmoqda.
Sintaktik belgilariga ko‘ra modal so‘zlar o‘ziga xos xususiyatga egadir. Ularning hech qaysisi gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Modal so‘zlar gapda alohida o‘rin egallab, to‘lig‘icha gapga, gapning bir bo‘lagiga tegishli bo‘ladi. Modal so‘zlarning bunday xususiyatlari ularning gapda erkin bo‘lishiga imkoniyat beradi, ya’ni gapning boshida, o‘rtasida kelishi mumkin. Masalan:
1.Chamasi, Tillaboy fe’li aynib, xiyonat ko‘chasiga kirganga o‘xshaydi.
2. Tillaboy, chamasi, fe’li aynib xiyonat ko‘chasiga kirganga o‘xshaydi.
3. Tillaboy fe’li aynib, xiyonat ko‘chasiga, chamasi , kirganga o‘xshaydi.
Keltirilgan misollarimizdagi chamasi modal so‘zi gapning turli o‘rnida kelyapti va to‘lig‘icha gapning mazmuniga tegishlidir. Qo‘shma gaplar tarkibida kelgan modal so‘zlar esa qaysi gap qismida kelsa, o‘sha qismgagina tegishli bo‘ladi. Masalan:
Shu gapim qulog‘ingizda bo‘lsinki, men ishning ikki kuninigina o‘z ehtiyojim uchun sarflayman, xolos.
Modal so‘zlarning ishlatilish o‘rniga ko‘ra ham tasniflanishi mumkin.
1.Faqat gapning boshida ishlatiladigan modal so‘zlar: to‘g‘ri, afsuski, xullas, umuman kabi.
2.Faqat gapning oxirida ishlatiladigan modal so‘zlar: shekilli.
3. Gapning har bir o‘rnida: boshida, o‘rtasida, oxirida ishlatiladigan modal so‘zlar: qolgan modal so‘zlarning barchasi.
Modal so‘zlar sintaktik funksiyasiga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi.
1.kirish so‘z vazifasida keluvchi modal so‘zlar.
2. Gap bo‘lagi yoki so‘z – gap vazifasida kelishi mumkin bo‘lgan modal so‘zlar.
Hozirgi kunga kelib o‘zbek tilidagi modal so‘zlar borasida ham turli xil qarashlar mavjud. Masalan, R. Komiljonova modal so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra 14 guruhga, S. Saidov 4 ta guruhga, “ O‘zbek tili grammatikasi”da esa 6 ta guruhga3 ajratadi. Shunga o‘xshash boshqa xil qarashlr ham mavjud.
Biz ham modal so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratdik:
1. Fikrning tasdig‘ini va isbotini ifodalovchi modal so‘zlar;
2. Fikrning taxminini, gumonini, shubhasini ifodalovchi modal so‘zlar;
3. Fikrni ajratib ko‘rsatuvchi modal so‘zlar;
4. Fikrni kimga qarashli ekanligini ko‘rsatuvchi modal so‘zlar;
5. Fikr tartibini ko ‘rsatuvchi modal so‘zlar;
6. Fikrning yakunini ko‘rsatuvchi modal so‘zlar;
7. Fikrni eslashni ifodalovchi modal so‘zlar;
8. Shodlik, afsus, nadomatni ifodalovchi modal so‘zlar;
9. Zaruriylik, shartlilik, talabni ifodalovchi modal so‘zlar.
1.Fikrning tasdig‘ini va isbotini ifodalovchi modal so‘zlarga albatta, chindan, haqiqatdan, o‘z- o‘zidan, darhaqiqat, shaksiz, tabiiy, so‘zsiz, tabiiyki, beshak, shak –shubhasiz, durust, rost, to‘g‘ri, tuzuk, aniqrog‘i, xo‘p, yaxshi kabilar misol bo‘la oladi. Bu guruhga kiruvchi modal so‘zlar so‘zlovchi tomonidan boshqa aytilgan fikrni tasdiqlash, yoki ma’lum bir fikrni isbotlash uchun ishlatiladi. Masalan:
- Kelinni kuyovning onasi, albatta, ko‘rishi kerak ( Mirmuhsin ).
fikrlovchi va o‘zgalar uchun tafakkurni rejalashtiradi.


Yüklə 45,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin