Mavzu: Moliyaviy holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning tahlili
Reja:
Kirish .
Asosiy qism.
1. Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari.
2. Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari
3. Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqdashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar xam kam emas.
Dostları ilə paylaş: |