Kirish. Asosiy qism. Zamonaviy pedago`gik texnologiyalarning ta`limdagi ahamiyati



Yüklə 170,4 Kb.
səhifə18/26
tarix13.06.2023
ölçüsü170,4 Kb.
#129649
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
9-sinflarda-ishqoriy-yer-metallari-mavzusini-oqitishda-zamonaviy-pedagogik-texno (1)

Suvning qattiqligi–suvda kalsiy kationlari Ca2+ va magniy kationlari Mg2+ borligidan kelib chiqadigan xossalari to`plamidir.
Agar suvda bu kationlarning konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u holda suv qattiq, agar kam bo`lsa–suv yumshoq deyiladi.
Kalsiy kationlari Ca2+ kalsiyli qattiqlikni, magniy kationlari Mg2+ magniyli qattiqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy qattiqlik kalsiy va magniyli qattiqliklardan, ya`ni suvdagi Ca2+ va Mg2+ kationlarining konsentratsiyalari yig`indisidan hosil bo`ladi.
Suvni yumshatish jarayonlariga nisbatan olganda karbonatli va karbonatsiz qattiqliklar bo`ladi. Ca2+ va Mg2+ kationlarining suvdagi gidrokarbonat ionlari HCO3- ga ekvivalent bo`lgan qismi keltirib chiqargan qattiqlik karbonatli qattiqlik yoki muvaqqat qattiqlik deyiladi. Qaynatilganda Ca2+ CaCO3 holida cho`kmaga tushadi: Ca2+ + 2HCO3- = CaCO3↓ + H2O + CO2
Mg2+ esa gidroksikarbonat yoki Mg(OH)2 (pH>10,3 bo`lganda) holida cho`kmaga tushadi:
Mg2+ + 2HCO3- + 2OH- = (MgOH)2CO3↓ + H2O + CO2
Qattiqlikning suv qaynatilgandan keyin ham qoladigan qismi karbonatsiz qattiqlik deyiladi. U suvda kuchli kislotalarning, asosan sulfatlar va xloridlarning kalsiyli va magniyli tuzlarining miqdori bilan aniqlanadi.
K = Ca2+/20,04 + Mg2+/12,16
Bunda [Ca2+] va [Mg2+] - Ca2+ va Mg2+ ionlarining konsentratsiyasi, mg/l.
Odatda suvning qattiqligini yo`qotish uchun suvga turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan, karbonatli qattiqlikni so`ndirilgan ohak qo`shish yo`li bilan yo`qotish mumkin:
Ca2+ + 2HCO3- + Ca2+ + 2OH- = 2CaCO3↓ + 2H2O
Mg2+ + 2HCO3- + 2Ca2+ + 4OH- = Mg(OH)2↓ + 2CaCO3↓ + 2H2O
Ohak bilan soda bir vaqtning o`zida qo`shilganda karbonatli va karbonatsiz qattiqlikdan xalos bo`lish mumkin (ohak-sodali usul). Bunda karbonatli qattiqlikni ohak, karbonatsiz qattiqlikni soda yo`qotadi:
Ca2+ + CO3- = CaCO3↓; Mg2+ + CO3- = MgCO3
MgCO3 + Ca2+ + 2OH- = Mg(OH)2 + CaCO3
Suvning qattiqligini yo`qotishning boshqa usullari ham qo`llaniladi, ulardan hozirgi vaqtda eng ko`p foydalaniladigani kationitlar ishlatishga asoslangan (kationitli usul). Tarkibida tashqi muhit ionlariga almashina oladigan harakatchan ionlar bor qattiq moddalar ionitlar deyiladi.
Ionitlar ikki guruhga bo`linadi. Ulardan biri o`z kationlarini muhit kationlariga almashtiradi va kationitlar deyiladi, boshqalari o`zining anionlarini almashtiradi va anionitlar deyiladi.
Ca2+ + Na2R = 2Na+ + CaR; Mg2+ + Na2R = 2Na+ + MgR
CaR + 2Na+ = Na2R + Ca2+; MgR + 2Na+ = Na2R + Mg2+

Yüklə 170,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin