Noyabr, 21 noyabr kuni AТ “Aloqabank” Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va 13 regional filiallari xodimlari orasida voleybol bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
Dekabr, “O’zbekiston – Germaniya Do’stlik jamiyati” tashkillashtirgan “Breyn – ring” intelektual oyinida AТ “Aloqabank” aktiv tarzda ishtirok etdi hamda g’olib chiqdi.
2014 Yanvar, 2013 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AT “Aloqabank” Navoiy filiali “Qishloq joylarda omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida go’lib chiqdi.
Yanvar, Moody’s xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reytingini yana bir bor tasdiqladi.
Yanvar, Jismoniy shaxslarga “Uzcard” yangi mobil xizmati joriy qilindi.
Mart, AT “Aloqabank” zamonaviy andozalarda tuzilgan, yangi funksiyalar bilan to’ldirilgan web-saytini ishga tushirdi
Aprel, AT “Aloqabank” «Bank EXPO – 2014» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.
Aprel, 2014 yilning 23-25 aprelkunlari Bank “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VII-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
May, 3-4 may kunlari AT “Aloqabank” Samarqand shaxrida Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va 12 filliallar o’rtasida mini-futbol (futzal) bo’yicha musobaqalar o’tkazdi.
May, AT “Aloqabank” IX – Banklararo mini-futbol (futzal) bo’yicha turnirda faol ishtirok etdi va sharafli 3 – o’rinni zavqetdi.
May, 23 may kuni AT “Aloqabank”ning 2013 yildagi faoliyati yakunlari bo’yicha umumiy aksiyadorlik yig’ini bo’lib o’tdi.
Iyun, 2 iyun kuni AT “Aloqabank”da “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Iyul, Bank o’z mijozlariga yangi jozibador muddatli “Xazina” nomli milliy valyutadagi omonatni taqdim qildi.,