Iyun, 9-10 iyun kunlari OAT "Aloqabank" xodimlari aloqa sohasi korxonalari o'rtasida tashkil etilgan "Oilaviy spartakiada" musobaqasida faol ishtirok etdi.
Sentabr, Asia-Invest Bank bilan hamkorlik munosobatlari o’rnatildi
Sentabr, 26-28 sentabr kunlari Toshkent, Navoiy va Termizda “ICT Expo-2013” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasida OAT "Aloqabank" ham faol ishtirok etdi.
Oktabr, jismoniy shaxslarga mo’ljallangan «CLICK» mobil xizmati joriy qilindi
Oktabr, OAT “Aloqabank” «Mbank» mobil xizmati joriy qildi
Oktabr, Nukus shahrida OAT “Aloqabank”ning Qoraqalpog'iston filiali yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tdi.
Dekabr, Urganch shahrida OAT “Aloqabank”ning Xorazm filiali yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tdi.
2012 Yanvar, 2011 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AT “Aloqabank” “Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi banki” nominatsiyasi g’olibi, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus g’aznasi” nominatsiyasida esa AT “Aloqabank”ning Navoiy filiali tarkibidagi Markaziy jamg’arma kassa.
Fevral, Toshkent shahrida OAT “Aloqabank”ning yangi Mirobod filiali, Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida esa Qo'qon filiali o'z faoliyatini boshladi.
Aprel, Moody’s xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reyting bahosini yana bir bor tasdiqladi.
Aprel, «Bank EXPO – 2012» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko'rgazmasi yakunlariga ko'ra, ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” “Eng yaxshi reklama kompaniyasi” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.
May, bank 2012 yilning 3-5 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” V-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
May, 2012 yilning 12-13 may kunlari OAT “Aloqabank”ning filiallar, boshqarma va bo'lim jamoalari o'rtasida poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
Iyun, 2012 yilning 9-10 iyun kunlari Samarqand shahridagi OAT “Aloqabank”ning Bosh bank, Amaliyot boshqarmasi va filiallar jamoalari o'rtasida ayollar volleyboli bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
Sentabr, 2012 yilning 26-28 sentyabr kunlari bir paytning o'zida Toshkent, Navoiy va Termizda “ICT Expo-2012” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasida OAT "Aloqabank" ham faol ishtirok etdi.