Kirish at90S2313 mikrokontroller haqida


AT90S2313 mikrokontrolleri haqida



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#176393
1   2   3   4
taymer

AT90S2313 mikrokontrolleri haqida
Mikrokontrollerlar – hisoblash asboblari, qurilmalar va har xil vazifalarda qo’llaniladigan tizimlarda ishlatiladigan mikroprotsessorlarni eng keng sinfini tashkil qiladi. Mikrokontrollerlar bu – texnik ob’ektlarni boshqarish qurilmalarni va texnologik jarayonlarni hosil qilish uchun mo’ljallangan maxsus mikroprotsessordir . Tuzilishi jihatidan mikrokontrollerlar, kristalda hisoblash tizimining hamma tarkib qismlari: mikroprotsessor, xotira, hamda qo’shimcha finksiyalarni amalga oshirish uchun periferiya qurilmalari joylashtirilgan, kata integral sxemani (KIS) tashkil qiladi.

1-rasm (AVR mikrokontrollerlari arxitekturasi)
AVR mikrokontrollerlari Atmel korporotsiyasining nisbatan kenja mahsulotlaridan biridir. Ushbu tur mikrokontrollerlar kundan kun rivojlanib bormoqda, yangidan yangi kristallar kashf qilinmoqda, mavjud mikrosxema chiplarini qo’llab quvvatlaydigan dasturiy ta’minotlar takomillashtirilib kengaymoqda. Atmel firmasining AVR mikrokontrollerlari rasmiy katalogi nashri 1997 yil mayida birinchi marta e’lon qilingan edi. Ushbu katalogdan atigi to’rtta dastlabki AVR "classic" oilasiga mansub AT90S mikrokontrollerlari joy olgan edi. Navbatdagi kengaytirilgan ikkinchi katalogi nashri 1999 yil avgustda chiqqan bo’lib, unda AVR mikrokontrollerlarining uchta oilasi, ya’ni "tiny", "classic" va "mega" oilalari joy olgan edi. Ana shundan beri Atmel firmasi mikrokontrollerlarining yangi katalogi jurnal ko’rinishida nashr qilinmagan. Ammo, Atmel firmasi mikrokontrollerlarning elektron ko’rinishdagi (Data Sheet) texnik ma’lumotlarini doimo internetdagi www.atmel.com/atmel/products/prod23.htm. informatsion saytida e’lon qilib boradi.
Hozirda barcha AVR mikrokontrollerlari dastur yozishga mo’ljallangan Flash-xotirasiga ega. Ushbu xotiraga oddiy programmator qurilmasi yoki mikrokontroller SPI-interfeysi orqali to’g’ridan –to’g’ri murojaat qilish mumkin. Mikrokontroller Flash-xotirasiga 1000 martagacha dasturlarni qayta yozish mumkin. 2001-2002 yillarda ishlab chiqarilgan "AVR-mega" oilasi mikrokontrollerlari o’z-o’zini dasturlash hususiyatiga ega. Bu mikrokontroller kristali mustaqil ravishda hech qanday tashqi programmator qurilmalarisiz Flash-xotirasida yozilgan dasturni o’zgartirish mumkinligini anglatadi. Ya’ni yangi AVR mikrokontrollerlari o’ziga yozilgan dastrurni va ishlash algoritmlarini o’zgartirishi hamda keyinchalik ushbu o’zgargan algoritm yoki dastur bo’yicha ishlashi mumkin. Masalan, bir qancha ishchi dasturlar yozish va saqlash hamda zaruriyat yuzasidan almashtirish mumkin.
Shuningdek barcha AVR mikrokontrollerlari energiyaga bog’liq bo’lmagan EEPROM-xotiraga ega(2-rasm). Ushbu tur xotiraga mikrokontroller o’ziga yozilgan dastur bajarilayotganda murojaat qilishi mumkin. SHuningdek vaqtinchalik saqlanuvchi ma’lumotlarni, turli xil o’zgarmaslarni, qayta kodlash tizimi jadvallarini, kalibrovkalovchi koeffitsientlarni va shunga o’xshash ma’lumotlarni saqlashga qulay. EEPROM-xotira ham SPI interfeysi yoki programmator orqali yuklanishi
mumkin. Mikrokontroller EEPROM -xotirasiga 1000 martagacha ma’lumotlarni qayta yozish mumkin. Ikkita FLASH Lock Bits va EEPROM Lock Bits konfiguriyatsiya bitlari yordamida mos holda FLASH-xotiradagi dastur hamda EEPROM –xotiradagi ma’lumotlarni ruhsat berilmagan o’qishdan himoya qilish mumkin. Ichki operativ SRAM xotira barcha AVR mikrokontrollerlari "classic" va "mega" oilasida mavjud. "tiny" oilasidan faqatgina ATtiny26/L mikrokontrollerida ichki operativ SRAM xotira ko’zda tutilgan. Ba’zi mikrokontrollerlarga ma’lumotlarni yozish uchun 64 Kbaytgacha tashqi xotira ulanish imkoniyati mavjud.
AT90S2313 - AVR arxitekturasining kengaytirilgan RISC yordamida qurilgan tejamkor 8-bitli CMOP mikrokontrolleri hisoblanadi. AT90S2313 ishlab chiqarish kuchi 1MIPS MHz atrofida, taktli chastata davrida bir komondani bajaradi, bu ishlab chiqaruvchilarga tezligi va ishlatish kuchi eng yuqori bo’lgan tizimni yaratishga imkon beradi.
AT90S2313 quyidagi xususiyatlarni taqdim etadi: 2 kbayt yuklovchi flesh xotira; 128 bayt EEPROM; umumiy foydalanish uchun 15 kirish /chiqish liniyali ; 32 ishchi registr; tashqi va ichki uzilish; dasturlanadigan universal ketma-ket port; ajralmas generatorli dasturlanadigan qo’riqlavchi taymer; SPI dasturlarini yuklab olish uchun ketma-ket port; ikki dasturni ichidan kam kuch-quvvatni sarflaydigan holatni tanlab olish imkoni.(1-rasm)

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin