Kirish at90S2313 mikrokontroller haqida



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#176393
1   2   3   4
taymer

Bo’sh holat (Idle Mode) CPU ni o'chirilgan xolatida xam registrlar, taymer / schotchik, SPI port va uzuvchi tizim ishlaydigan xolatda qoladi. Tejamkor holat (Power Down Mode) registerlar ichidagi ma’lumotlarni saqlaydi, lekin generatorni o’chiradi, tashqaridan to’xtaguncha yoki apparatni yangilaguncha barcha o’rnatilgan qurilmalarni ishlashini taqiqlaydi.


2-rasm.AT90S2313 mikrokontroller.
VCC - kuch manbaiga ulash GND – yerga ulagich
Port B (PB7..PB0) - Port B 8-bitli ikki tomonlama kirish /chiqish porti hisoblanadi. Portni chiqarish uchun ichki qarshilik taqdim etiladi (har bir bit uchun tanlanadi). Chiquvchi PB0 va PB1 joylashtirilgan analog komparatorning musbat(AIN0) va manfiy(AIN1) kirishlari hisoblanadi.
Port Bning chiquvchi buferlari 20mA tokni o’ziga yutadi va bevosita svetadiod indekatorini boshqaradi. Agar PB0..PB7 kirishlar sifatida foydalaniladi va past xolatda o’rnatiladi, agarda ichki tortuvchi rezistorlar yoqilgan bo’lsa. Bundan tashqari, port B quyidagi ba'zi maxsus funksiyalarga xizmat qiladi.
Port D (PD6..PD0) - Port D 7-bitli ikki tomonlama port ichki tortuvchi qarshilik hisoblanadi. D portning chiquvchi buferi 20mA gacha bo’lishi mumkin. Kirishda past xolatda o’rnatilgandek,tortuvchi qarshilik harakatlanganda, D portning xulosalari tok manbai xisoblanadi. Bundan tashqari,port D quyidagi ba'zi maxsus funksiyalarga xizmat qiladi.
RESET - kiritishni o'rnatish. agarda kirishda past xolatni ikkita mashina davriyligi davomida tutib turilsa (Generator ishlayotgan bo'lsa) qurilma o’chiriladi.
XTAL1 – generatorning kuchaytirgichini kirishi va tashqi taktli signalning kirishi. XTAL2 - generatorning kuchaytirgichini chiqishi.
Tez kiradigan registrli fayl 32 ta umumiy yo’nalishdagi 8-razryadli registrni o'z ichiga oladi. Shuning uchun, bitta mashina davrida bitta ALU operatsiyasi bajariladi. Bitta mashina davrida registr faylidan ikkita operatsiya saylab olinadi,bajariladi va natijasi registr fayliga yoziladi.
3-RASM (AT90S2313 arxitekturasi.)
Taymer/hisoblagich haqida
AT90S2313 Taymer/hisoblagichi 2 xil turga bo’linadi.

  1. 8-razryadli 2) 16-razryadli

Har bir hisoblagichlar mos ravishda 10 razryadli chostatali bo’luvchini bitta chiqishiga ulanadi. Har ikkala o’lchagich shunday xollarda ishlatilishi mumkin.

  1. Ichi implus manbaiga ega hisoblagichlar

  2. Tashqaradidan kelayotgan implus hisoblagichlar

8 razryadli taymer/hisoblagichlar quyidaqi amallarni bajaradi:
- vaqt oralig’ini o’lchash;
- impulslarni hisoblash;
- qisqa impulsli modulyatsiya o’zgarishini hisoblash;
Manbadan tok kelgandan keyin TCNTn registri 0 siignalini qabul qiladi. TCNTn regitri har bir taktli signaldan keyin 1 signalini qabul qiladi.

4-rasm 8 razryadli taymer schyotchik blok sxemasi


T0, T1 taymerlar – qator funksiyalarni bajarishga dasturlanishi mumkin bo’lgan o’n olti xonali dasturlanuvchi taymerlar. Taymerlardan vaqt oraliqlarini aniq shakllantirishda MK chiqishlaridagi signallarni sanashda signallar ketma-ketligini shakllantirishda foydalanish mumkin. Mikrokontrollerlarning asosiy qo’llanilishi real vaqt tizimlarida bo’lganligi sababli ularning tarkibida taymer/schyotv=chiklarning bo’lishi tabiiy. Ba’zi modifikatsiyalarda taymerlar soni 32 tagacha yetadi
AVR-mikrokontrollerlarining har bir apparat qurilmalari bilan, kiritish-chiqarish registrilari adres muhitida joylashgan, boshqarish registrlari birlashgan. Misol uchun, o’rnatilgan 8 razryadli T/C0 (Timer/Counter0) taymer-hisoblagichni boshqarish, TCCR0 (Timer/Counter0 Control Register) va TCNT0 (Timer/Counter0) registrlari tomonidan amalga oshiriladi. TCCR0 registrining 0…2 (CS00, CS01, CS02) razryadlari T/C0 taymer-hisoblagichiga ishlash rejimini kiritadi: 0, 0, 0 qiymatlarini mos ravishda CS00, CS01, CS02 razryadlariga yozilganda taymer-hisoblagichi to’xtatilishi; 1,0, 0 – TCNT0 registirining tarkibi generatorning har bir taktida inkrementatsiyalanadi; 0, 1, 0 – har bir 8-taktda; 1, 1, 0 – har bir 64-taktda; 0, 0, 1 – har bir 256-taktda; 1, 0, 1 – har bir 1024-taktda; 0, 1, 1 va 1, 1, 1 qiymatlari mos104 ravishda manfiy va musbat fronti bo’yicha tashqi manbaning impulslar sonini hisoblash rejimini o’rnatadi.
T/C0 taymer-schyotchigi TCNT0 registri to’lganda, uzilishlar so’rovlarni
generatsiyalaydi. TIMSK niqoblar registrida T/C0 taymer-hisoblagichi to’lganda 1(TOIE0) razryadi uzilishga; TIFR bayroqlar registrida – 1 (TOV0) razryadi to’g’ri keladi. TOIE0 razryadini o’rnatilishi TCNT0 registri to’lganda uzilishga ruxsat beriladi; TCNT0 registri to’lib, uzilishlar
uchun so’rov kelganda TOIF0 bayrog’I o’rnatiladi.
Taymer/hisoblagichlar implus manbai b’lib,(CK) prosessorning taktaviy signali, bo’luvchining boshlang’ich impluslari (CK/8, CK/64, CK/1024) yoki tashqi chiqishlari mos keluvchi impluslar. Bundan tashqari taymerlar to’xtatilishi mumkin.Ulardan o’tuvchi impluslarini to’xtatish orqali.
8-razryadli Taymer/hisoblagichlar:
8-razryadli Taymer/hisoblagichlar 8CK chostatali impluslarni o’z ichiga olishi mumkin, boshlang’ich bo’luvchi impluslardan (CK/8, CK/64, CK/256 va CK/1024), tashqi chiqishli impluslar yoki TCCR0 registrini mos ravishda o’rnatish orqali to’xtatish mumkin.Taymerning to’lish bayrog’I TIFR registrida, taymerning boshqarish bitlari TCCR0 registrida joylashadi.
8-razryadli Taymer/hisoblagichning ishlash prinsipi TIMCK registry orqali boshqariladi.Taymer/hisoblagich tashqi signaldan ishlaganida, tashqi signal CPU taktiv generator orqali moslashadi.Tashqi signalning to’g’ri va qayta ishlanishi uchun qo’shni impluslar orasidagi eng qisqa vaqt prosessorning taktiviy chastatasining davridan oshmasligi kerak. Tashqi signal manbasi prosessorning taktiviy chastatasi to’kiluvchi fo’nti orqali qayta ishlanadi. 8-razryadli Taymer/hisoblagichlar kata o’lchamli hisoblagichlar sifatida ishlatiladi, bundan tashqari taktiviy chastata aniq bo’lishi uchun xam ishlatilishi mumkin. Katta koeffisientli bo’lishlarni sekin ishlaydigan funksiyalar uchun va kam uchraydigan xolatlar oraliq vaqtini o’lchash uchun ishlatiladi.



FOCO

WGM00

Com01

Com00

WGM01

CS02

CS01

CS00

TCNT0

7

6

5

4

3

2

1

0






FOC0 - chiqish holatini majburiy o’zgartirish;
WGM01,WGM00 – taymerning ishlash rejimi:

  1. normal rejim;

  2. fazoviy SHIM;

10 – TCNT0 va OCR0 registrlari teng kelganda qayta yuklash;
11 – tezkor SHIM;
COM00,COM01 – chiqishlarni qo’shish;
CS02, Cs01,CS00- oldindan bo’lishini boshqarish:
0 0 0 – taymer o’chirilgan;
0 0 1 – oldindan bo’linishi koeffitsiyenti 1;
0 1 0 – oldindan bo’linishi koeffitsiyenti 8;
0 1 1 – oldindan bo’linishi koeffitsiyenti 64;
1 0 0 - oldindan bo’linishi koeffitsiyenti 256;
1 0 1 – oldindan bo’linishi koeffitsiyenti 1024;
1 1 0 – oldingi frontni faollashtirish
1 1 1 – orqa frontni faollashtirish
Taymer/hisoblagichlar o’qish va yozish hususiyatiga ega, o’suvchi hisoblagich shaklida yaratilgan. Taymer/hisoblagichlar kiritish vaqtida, agarda shunday taktaviy impluslar, taymer/hisoblagich sanashni davom qildiradi .



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin