Avtomobil osmalari. Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, TIKO, NEKSIYAlarning old osmalari misol bo‘la oladi.
Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi.
G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinemati- kasini belgilaydi. Osma kinematikasi uni kuzov (rama)ni avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan tebranishini taminlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol tasir etadi.
Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud.
Prujinalar yumalok ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindirik va bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism bilan mahkamlanadi.
Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan iborat. Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli, burilishiga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma richaglariga mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va kuzovning elastik bog‘lanishi torsionning buralishidan hosil bo‘ladi.
Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko‘p tarqalgan. U har xil uzunlikka va egrilikka ega listlarning bulishi, ressora yig‘ilganda listlarning bir-biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning kamroq yuklanishiga olib keladi, hamda listlarni ham ushlab turadi. Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida grafit so‘riladi. Yengil avtomobillarda esa listlar o‘rtasida nometall qistirmalar qo‘yiladi. Ressora asosiy listning uchlari ramaga sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi o‘zgarish imkoniyatiga ega. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda ressoraga qo‘shimcha ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning o‘rnatilish sababi, ressora bikrligini yuk o‘zgarishiga mos o‘zgartirish, natijasida avtomobilning yurish ravonligini yaxshilashdir. Ressora mustaqil emas, osmalarda ishlatiladi va bir vaqtda elastik ham yo‘naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani, uning afzalligi hisoblanadi.
Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi. Bu turdagi elastik qismda havo bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati borligi uning afzalligidir. Balonlar ikki yoki uch seksiyali bo‘lib, uning har bir bo‘linmasi bo‘luvchi halqa bilan ajratilgan. Balon bo‘linmalari ikki qavatli rezina korddan iboratdir. Bundan tashqari, balonni maxkamlash uchun siquvchi xalqa bor. Balonlardagi bosim 0,30,5MPa bo‘lib 2-3 tonna yuk ko‘tarishi mumkin. Balonlarning kam- chiligi, faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun chidamliligi kamdir.
Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda qo‘shimcha elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo‘llaniladi.
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi.
Stabilizator avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini yaxshilaydi.
Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalariga o‘rnatiladi, lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi. Stabilizator P-simon shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan yasaladi. Sterjenning o‘rtasida rezina tayanch yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham mumkin.