Transmissiya Transmissiya dvigateldan yetakchi g‘ildiraklarga burovchi moment uzatadi. Bu jarayonda burovchi moment qiymati о‘zgaradi.
Dvigatel bilan yetakchi g‘ildiraklar о‘rtasidagi bog‘lanishga kо‘ra transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombina-tsiyalashgan (gidromexanik, elektromexanik) turlarga bо‘linadi.
Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik transmissiya qо‘llaniladi (1.1-rasm).
Orqayuritmali avtomobillarda (1.1-rasm, a) burovchi mo-ment ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, kardanli uzatma 4, yetakchi kо‘prik 5 orqali uzatiladi. Yetakchi kо‘prikda asosiy uzatma, differensial va yarimо‘qlar joylashgan.Oldi yuritmali avtomobillarda dvigatel kо‘ndalang joylashtiriladi (1.1-rasm, b). Bu xolda, dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial bitta blokda joylashtiriladi. Undan yetak-chi g‘ildiraklarga burovchi moment kardanli uzatma 4 orqali uzatiladi. Tо‘la yuritmali avtomobillarda (1.1-rasm, v) taqsim-lash qutisi 7 qо‘llaniladi.Elektrik va gidrohajmli transmissiya sxemalari о‘xshashdir (1.1-rasm, g). Elektrik transmissiyada dvigatel 1 generatorni 8 harakatga keltiradi. Elektr toki yetakchi g‘ildiraklarning elektrdvigatellariga 9 uzatiladi. Ichiga elektro-dvigatel о‘rnatilgan g‘ildirak “elektromotor-g‘ildirak” deb ata-ladi. Gidrohajmli transmissiyada (1.1-rasm, g) dvigatel 1 gidro-nasosni 8 harakatlantiradi. Gidronasos trubalar orqali gidro-motorlar 9 bilan ulangan. Gidromotor vali yetakchi g‘ildirak bilan ulangan. Suyuqlik bosimi yetakchi g‘ildirakda mexanik energiyaga aylanadi.