Kirish Avtomobil


Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/14
tarix12.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129017
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR YURISH QISMI tayyori

Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning mahkamla- nishini tekshirish, yeyilgan rezina vtulkalarini o‘z vaqtida almashtirish, jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Agar amortizator o‘z xossalarini yo‘qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo‘lsa, ta’mirlanadi, sinovdan o‘tkaziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani - g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, shkvorenning bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchak- ning buzilishiga olib keladi.
1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi podshipniklari,
gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o‘q balkasi va oldingi g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, g‘ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.
Avtomobil gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda aylanishi vaqtida bajariladi. Gupchakning sozlovchi gaykasini oxirigacha, buragich yordamida tortiladi va GAZ avtomobillarida 1/5 aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida esa eng yaqin shplint o'rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi. Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi bilan to'ldiriladi va gupchak qalpog'i o'rnatiladi. Shkvoren birikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori avtomobilning oldingi ko'prigiga o'rnatiladi. G'ildirak osib qo'yiladi va indikatorning o'lchash sterjeni tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi. Agar shkvoren birikmasida yeyilish bo'lsa, g'ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini ko'rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5 mm gacha bo'lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb hisoblanadi.
Oldingi ko'priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bo'laklarga ajratiladi. Shkvorenlar, uning barmoqlari, tashqi va ichki podshipniklarini yechish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Yeyilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko'prik balkasi egilganligini maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o'lchagichlar yordamida aniqlanadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin