Kirish Avtomobil


I-BOB ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR YURISH QISMI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/14
tarix12.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR YURISH QISMI tayyori

I-BOB
ZAMONAVIY AVTOMOBILLAR YURISH QISMI
Yurish qismi quyidagi qismlardan tashkil tongan:
g‘ildirak va shinalar;
oldi va orqa osmalar.
G‘ildirak va shinalar
G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi.
G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama harakatlanishga majbur bo‘ladi.
G‘ildiraklar tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan:



1-rasm. Avtomobil g’ildirining tuzilishi 2-rasm. Disk
1-shina; 2-to’g’in; 3-stppitsa


G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayotgan tik yo‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘lga uzatishdir.
Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruksiyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi.
Yurish qismi ramalar, o'qlar va g'ildirak osmalaridan iborat bo'lib, ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, g'ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni keltirib chiqaradi, natijada haydovchi va yo'lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan yukning sifati pasayadi.
G'ildiraklarning turlari va vazifalari. G'ildiraklar avtomobilni yo'l bilan bevosita bog'lanishini ta'minlaydi, uning harakatlanishini hosil qilishda va yo'nalishini o'zgartirishda ishtirok etadi, avtomobil massasidan yuzaga kelgan yuklanishlarni yerga (yo'lga) uzatadi.
G'ildiraklar asosiy vazifasiga qarab yetaklovchi, boshqariluvchi, murakkab (yetaklovchi va boshqariluvchi), tutib turuvchilarga bo'linadi. Yetaklovchi g'ildiraklar transmissiyadan olgan aylantiruvchi momentni tortish kuchiga aylantiradi, buning natijasida avtomobilning ilgarilanma harakati hosil bo'ladi. Boshqariluvchi g'ildiraklar kuzovdan osmalar orqali o'tadigan itaruvchi kuchni qabul qiladi va rul boshqarmasi yorda-mida harakatlanish yo'nalishini o'zgartiradi.
Murakkablashgan g'ildiraklar bir paytning o'zida ham yetaklovchi, ham boshqariluvchi g'ildiraklar vazifasini bajaradi. Tutib turuvchi g'ildiraklar itaruvchi kuchni g'ildiraklarni dumalashiga (g'ildirashiga) aylantirgan holda avtomobil ramasi yoki kuzovi-ning orqa qismi uchun tayanchni hosil qiladi. Avtomobil g'ildiragi (101-chizma) odatda ko'prik (1) to'siniga podshipniklarda (2) o'rnatilgan gupchakka (3) mahkamlanadi. G'ildirakning asosiy qismlari to'g'inli (8) disk (4) va pnevmatik shinadir (5). Shina -asosiy o'lchamlar bo'lgan tashqi diametr D, g'ildirak to'g'iniga o'tkazish diametri, shina kesimining eni B va balandligi H bilan tavsiflanadi. G'ildirak diski va to'g'ini maxsus po'latdan, uning bikrligini (mustahkamligini) oshiradigan va shinani to'g'inga kiydirilishini yengillashtiradigan shakl berib shtamplanadi.
To'g'inning shina o'tkaziladigan joyida tokchalar (7) (polkalar) bo'lib, ular yon devorlar (bort) (6) bilan tugallanadi. G'ildirak diski va to'g'ini payvandlab biriktiriladi. G'ildirakni gupchakka mahkamlash uchun diskda parmalab teshiklar ochiladi va bu teshiklar yordamida g'ildirak shpilkalarga o'rnatiladi hamda gaykalar bilan qotirib qo'yiladi.
To'g'inning konstruksiyasiga hamda uni gupchakka biriktirilishiga qarab barcha g'ildiraklar diskli va disksiz g'ildiraklarga bo'linadi. Diskli g'ildiraklar barcha yengil avtomobillarda va yuk avtomobillarining ko'pchiligida ishlatiladi. Disksiz g'ildiraklar yuk ko'taruvchanligi katta bo'lgan MA3, KaMA3 va boshqa avtomobillarda qo'llaniladi. O'ta og'ir yo'llarda GAZ va ZIL avtomobillarida esa to'g'ini ajraladigan diskli g'ildiraklar ishlatiladi.
Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko’taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi.
Shina profilining ko‘rinishi bo‘yicha (57-rasm) ular oddiy profilli, keng profilli, past profilli, o‘ta past profilli, arkasimon, pnevmo- katoklarga bo‘linadi.

3-rasm.Shinaning qirqimi: V-shinaning eni; N-profilning balandligi; D-shinaning tashqi diametri; d-to‘g‘inining diametri.

4-rasm. Diognal va radial shinalarning konstruksiyasi: a) diagnal; b) radial.

Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga o‘rnatiladi.


O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi.
Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir.
Radial (R) shinalarda(56b-rasm) kord iplari 2 radius bo‘ylab joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N / V —0,7­0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi.
Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko‘tara olish qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga qarshiligining kamligi, nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga elastikligining yuqoriligi, notekis yo’ldan yurilganda shovqin chiqarishi kabi kamchiliklarga ega.
Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga o’xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi. RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga ko‘p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin