Kirish: baliqlarning anatomik va morfologik tuzilishi


Baliqlar skeleti va mushaklari



Yüklə 29,38 Kb.
səhifə2/3
tarix27.01.2023
ölçüsü29,38 Kb.
#81094
1   2   3
IXTIOLOGIYA MUSTAQIL ISH 2022

Baliqlar skeleti va mushaklari.
Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan.. Baliqlar skeleti va mushaklari Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan. Uning asosini umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dumigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa pog‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (zog‘orabaliqda 39— 42 ta umurtqa bor). Skeleti, asosan, umurtqa pog‘onasini tashkil etadigan baliqlar va boshqa hayvonlar umurtqali hayvonlar, qolgan barcha hayvonlar umurtqasiz hayvonlar deb ataladi. Zog‘orabaliq rivojlanayotgan vaqtda uvuldirig‘ida (ikrasida) uning kelgusi umurtqasi o‘rnida xorda hosil bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar rivojlanadi. Voyaga yetgan zog‘orabaliqning umurtqalari orasida xordaning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi. Oq bakra, bakrabaliqda va ba’zi boshqa baliqlar turida xuddi lansetnikdagi singari, xorda ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Har bir umurtqa umurtqa tanasidan, ustki va ostki bir juft umurtqa yoylaridan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi natijasida ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashadi. Gavda bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomonidan qilichsimon qovurg‘alar kelib birikadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi. Ularning ostki tomonida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa pog‘onasining oldingi uchi kalla suyagi bilan harakatsiz birikmada bo‘ladi. Suzgich qanotlarining skeleti suzgichlar yoylari suyaklaridan iborat. Zog‘orabaliqda juft qorin suyakchalari skeleti, umurtqani tanasi bilan tutashtirib turadigan kamar skeleti, rivojlanmagan bosh skeleti, bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat bo‘ladi. Har bir umurtqa tanadan va yuqoridagi uzun o‘simta bilan tugallanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar ketmaket yig‘ilib, orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qiladi. 27 Qananing gavda qismida umurtqalarga yon tomondan qovurg‘alar birikadi. Dum bo‘limida qovurg‘alar bo‘lmaydi; unda joylashgan har bir umurtqa pastki uzun o‘simta bilan tugallanadigan pastki yoyi bo‘ladi. Old tomondan bosh skeleti — bosh suyak umurtqalari bilan mahkam birikadi. Ko‘krak juft suzgich qanotlari yelka kamari suyaklari yordamida umurtqa pog‘onasiga birikadi. Umurtqa bilan juft suzgich qanotlar skeletini birlashtiradigan suyaklar zog‘orabaliqda yaxshi rivojlanmagan. Skelet katta ahamiyatga ega: u mushaklar uchun tayanch va ichki organlar uchun himoya vazifasini bajaradi. Mushaklarning qisqarishi va kengayishi natijasida baliqlarning tanasi bukiladi va cho‘ziladi. Bu ularga suvda harakatlanishga yordam beradi.

Yüklə 29,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin