Ma’lumki, fanda transportning yangi turlari, an’anaviy va
noan’anaviy turlari kabi tushunchalar mavjud. Ko’p ishlatiladigan
“transportning yangi turlari” tushunchasi nisbiy bo‘lib hisoblanadi, chunki
yangi g’oyalarni amalga oshirish muddatlari katta bo‘lishi mumkin, shu
sababli xorijda “transportning noan’anaviy turlari” atamasi qabul qilingan.
Тransportning noan’anaviy turlarining paydo bo‘lishi ikkita asosiy
sabab bilan shartlanadi: birinchidan, ko’pgina mamlakatlarda an’anaviy
transport turlarining avvalambor ekologiya, bog’lanish tezliklarining
yetishmasligi, oshirilgan transport xarajatlari, shuningdek ba’zi bir
transport turlarining tashish qobiliyatining yetishmasligi bilan
bog’lanadigan inqirozli holati; ikkinchidan, ishlab chiqarish, aholi,
urbanizatsiya, sayyohlikning ortishi, shuningdek, vaqtni tejashga bo‘lgan
intilish va hokazolar bilan bog’lanadigan o’sib borayotgan transport
ehtiyojlari sharoitlarida ilmiy-texnik rivojlanishning zamonaviy darajasi
bilan ochilgan yangi imkoniyatlar bilan shartlanadi.
Shaharlarda aholi va transport oqimining tez suratlar bilan o’sishi,
ko’cha-yo‘l tarmoqlarida tirbandlik miqdorining oshishiga sabab
bo‘lmoqda. Buning natijasida yo‘lovchilarning manzillariga o’z vaqtida
yetib bormaslik muammolari kelib chiqmoqda. Mazkur muammolarning
yechimi, shuningdek, transport harakati tezligini oshirish, atrof-muhitga
chiqariladigan zaharli gazlar miqdorini kamaytirish, aholiga qulayliklar
yaratish, tashish tannarxini kamaytirish, energiya tejash, xavfsizlik
masalalari jamoat transportida tashishning yangi texnologiyalarini yaratish
zaruratini keltirib chiqarmoqda. Amalda ana shunday zamonaviy
texnologiyalar rivojlangan davlatlarning yirik shaharlarida qo’llanmoqda,
ba’zilari sinovdan o’tkazilmoqda va ba’zi qiziqarli g’oyalar ham mavjud.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, uchuvchi apparat g’oyasini amalga oshirish
muddati 500 yilni, radio – 50 yilni, telefon – 30 yilni, televideniye – 12-14
yilni, lazer nuri – 3 yilni tashkil etgan. Shu sababli, har qanday texnik
loyihani amalga oshirish mumkin bo‘ladi, biroq har qanday g’oyani amalga
oshirishning maqsadga muvofiqligini, uning hayotiyligi iqtisodiy va
ekologik bezararligibilan bog’liq.
Energiyani tejashga uglevodorod yoqilg’isidan voz kechish va
avtobuslarni elektr va bioyoqilg'iga o'tkazish orqali, yo‘l harakati
xavfsizligi muammosini uchuvchisiz transport texnologiyalari yordamida
hal qilish mumkin, ular allaqachon Google, Uber va Tesla kabi
kompaniyalar tomonidan joriy etilmoqda. Transport tirbandligi muammosi
esa turli shaharlarda turli yo‘llar bilan yechilmoqda. Masalan, ajratilgan
bo‘laklarda harakatni tashkil etish, uchadigan taksilarning yangi
modellarini ishlab chiqish va shu kabilar.
Jamoat transporti harakatiga imtiyozlar berish masalalari juda ko’p
yillardan buyon turli davlatlarda, turli shakllarda amalga oshirilib
kelinmoqda. Masalan, jamoat transporti harakatini alohida bo‘lakda tashkil
etish (8.4 da batafsil ma’lumot keltirilgan), svetofor ob’yektlari ish
rejimlarida transport oqimida jamoat transportini hisobga olgan holda
imtiyoz berish masalalari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning Kuritiba (Braziliya),
Istanbul (Тurkiya), Manxetton (AQSh) va boshqa yirik shaharlarida “BRT”
(Bus Rapid Transit) ya’ni “Tezyurar avtobus” tizimi keng qo’llanilib kelinmoqda. Jamoat transporti uchun alohida bo‘lak “BRT” tizimini
qo’llash ularning jozibadorligini oshirish bilan birga, samaradorligi va
ishonchliligini ham oshiradi, transport tirbandligi, shovqin, atrof-muhitga
chiqariladigan zaharli gazlar miqdori, yonilg’i sarflarini kamayishiga olib
keladi. Хitoyda transport tirbandligi yuqori bo‘lgan avtomobil yo‘llarida
“avtobus-tunnel’” yoki “avtobus-portal” nomli transport harakatini tashkil
etish bo‘yicha 2016 yil bahorida sinovlar o’tkazildi . Mazkur
transport kelajak avtobusi deya tanishtirildi, uning kengligi 7,8 m,
balandligi 4,8 m bo‘lib, 300 nafar yo‘lovchilar sig’dira oladi. Mazkur
transport maxsus rel’slarda harakatlanadi va transport oqimi uning ostidan
to’siqsiz o‘ta oladi. Shunga o‘xshash avtobus “Shenzhen Huashi Future
Parking Equipment” kompaniyasi tomonidan 1400 nafar yo‘lovchilar
sig’dira oladigan “3D Express Coach” gibrid “quyosh-elektr” mexanizmni Хitoyda transport tirbandligi yuqori bo‘lgan avtomobil yo‘llarida
“avtobus-tunnel’” yoki “avtobus-portal” nomli transport harakatini tashkil
etish bo‘yicha 2016 yil bahorida sinovlar o’tkazildi (2.2.2 a-rasm). Mazkur
transport kelajak avtobusi deya tanishtirildi, uning kengligi 7,8 m,
balandligi 4,8 m bo‘lib, 300 nafar yo‘lovchilar sig’dira oladi. Mazkur
transport maxsus rel’slarda harakatlanadi va transport oqimi uning ostidan
to’siqsiz o‘ta oladi. Shunga o‘xshash avtobus “Shenzhen Huashi Future
Parking Equipment” kompaniyasi tomonidan 1400 nafar yo‘lovchilar
sig’dira oladigan “3D Express Coach” gibrid “quyosh-elektr” mexanizmni ishlab chiqdi.Kelajakda jamoat transporti qazilma yoqilg'idan deyarli voz kechadi
va qayta tiklanadigan manbalarga o'tadi. London ma’muriyati allaqachon
shahar avtobuslarini qisman kofe quyqalaridan tayyorlanadigan
bioyoqilg'iga aylantira boshladilar. Qahva chiqindilari butun shahar. bo‘ylab fabrikalardan, barlardan, qahvaxonalardan va restoranlardan
yig'ilib, keyin qayta ishlashga yuboriladi. Yangi yoqilg'i zararli
chiqindilarni 10-15 foizga kamaytiradi. Buning yetishmaslik muammosi
kutilmaydi - London aholisi har yili o’zlaridan 200 ming tonna kofe
chiqindilarini qoldiradi.
Osloda 2019 yildan boshlab haydovchisiz elektrobuslar ishlashi
rejalashtirilgan edi, 2025 yilga kelib Norvegiya ichki yonuv dvigatelli
avtomobillarni butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda. Haydovchisiz
elektrobus 12 yo‘lovchini sig'dira oladi va uning tezligi taxminan 20
km/soatni tashkil qiladi. Maxsus mobil ilova yordamida avtobusga
qo'ng'iroq qilish mumkin bo‘ladi. Kutish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi.
Kelajakdagi shahar avtobuslari nafaqat yoqilg'i manbalari, balki tom
ma'noda yashil rangga aylanadi. Jamoat transporti tomlarida tirik
o'simliklarga ega bog'lar bo‘ladi. Bunday loyiha Madridda allaqachon
paydo bo‘lgan va shaharning ekologik holatini yaxshilash va havoga
zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan. Har bir bog' maxsus
sug'orish tizimi bilan sozlanib, o'simliklar doimiy harakatga bardosh bera
oladigan xususiyatga ega bo‘ladilar [25].
Ehtimol, yaqinda yo‘l haqi to'lash uchun kartalar sotib olishning
hojati qolmas, ma'lum bir kiyimni kiyish kifoya bo‘lar. Masalan, Berlinda
barcha transport turlari uchun bir yilga yo‘lkira kartochkasi o’rnini ham
bosadigan krossovkalar ishlab chiqarildi.
Shaharlarda jamoat transporti yoki velosipedlardan qoniqmaganlar
uchun kelajakda uchadigan taksilar mavjud bo‘ladi. “Uber” kompaniyasi
2020 yilda Texas va Dubayda uchadigan taksilarni ishga tushirishni
rejalashtirgan edi. Bunday taksi elektr dvigatelga ega kichik motorli
samolyotdan iborat bo‘ladi. Yana shunga o'xshash boshqa variant
(Dubayda) bu yo‘lovchi dronlari. Yo‘lovchi droni 100 kilogrammdan
kamroq vaznga ega odamlarni tashiy oladi, uning maksimal tezligi 160
km/soatni tashkil qiladi, u havoda 30 daqiqadan ko'p bo‘lmagan vaqt bo‘la
oladi va yo‘lovchilarni maksimal 50 kilometrgacha tashiy oladi
Bundan tashqari, 2018 yilda Dubayda yana bir haydovchisiz jamoat
transporti loyihasi – qisqa va o'rta masofaga sayohat qilish uchun
mo'ljallangan maxsus avtomagistral liniyalari bo‘ylab harakatlanadigan
avtonom kapsulalar taqdim etildi
Asosiy g'ildirakning harakati ikkita torli rel’s bo‘ylab o'tadigan, juda
tor, kam material sarflanadigan torli transport – yo‘l o'tkazgichlar narxi
an'anaviylardan 10-20 baravar arzonroq, tayanchlar oralig'i besh
kilometrdan iborat .
1.2.SHahar ichi yo’nalishlarini tashkil etish xususiyatlari.
SHahar ichi yo’nalishlari va turlari;
SHaharlarda qanday transport qo’llash va yo’lovchi tashishni tashkil etish,birinchi navbatda,shahrning turiga,ya’ni aholisining soniga,shahar hududing maydoniga va undan mavjud bo’lgan yo’llar va ularning konfiguratsiyasiga bog’liq bo’ladi.SHahar aholisining soniga qarab shaharlar quyidagi turlarga ajratiladi;
Juda yirik – aholi soni 2000-2500 mingdan ko’p;
Yirik-aholisi 200-500ming nafar;
O’rtach-aholisi 100-200ming nafar;
Kichik-aholisi 100ming nafardan kam;
SHahar ichi yo’nalishlarining turlari;
1.Diametral;
2.Radial;
3.Halqasimom;
4.Yarim halqasimon;
5.Tangensial;
6.Kombinatsiyalashgan;
Ma’lumki,shahrlarda eng ko’p tarqalgan yo’lovchi tashuvchi transport – bu avtobus transportidir.
Avtobus yo’nalishlari shahar maydonida joylashishga qarab quyidagi turlarga bo’linadi;diametral,radial,halqasimom,yarim halqasimon,tangensial,kombinatsiyalashgan.
Foydalanish sharoiti va harakatlanish turlari;
Oddiy
Qisqartirilgan
Tezkor
Ekspress
SHahar aholisiga qay darajada xizmat ko’rsatilyotganligi baholashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan yana biri tarmoq zichligidir.Tarmoq zichligi shahar maydonida avtobus transporti yo’nalishlarining ko’pligni ko’rsatadi.Bu ko’rsatkich ham yo’lovchilar bekatga boorish uchun sarflaydigan vaqtining katta yoki kichikligni ko’rsatadi.Tarmoq zichligi avtobus yo’nalishlari uzunligi shahar maydoning yuzasiga bo’lib to’laniladi.
SHahar ko’chalari va avtomobil yo’llaridan o’tgan avtobus yo’nalishlarini avtobus transporti tarmog’I deb ataladi.SHahar ichida joylashgan barcha turdagi (avtobus,trolleybus,tramvay va metropolitan) yo’nalishlarini birgalikda shahar yagona transport tarmog’ini tashkil etadi.
Yo’lovchilar uchun qulaylik shahar transporti tarmog’ining mukammaligiga bogliq bo’ladi.
SHahar transport tarmog’iga qo’yiladigan talablardan eng asosiylari sifatida quydagilarni ko’rsatish mumkin;
Iloji boricha ko’zlangan manzilga bitta transportda yetib olish;
Manzilga kam vaqt sarf qilib tez yetib boorish;
Transport vositasidagi yo’lovchilar soni uning me’yoriy sig’imdan katta bo’lmasligi;
Yo’lovchilar xavfsizligni ta’minlash;
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra,2021-yilning noyabr oyida yo’lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari oktyabr 1,9% ga qimmatlashgan.
SHuningdek,yo’lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o’rtacha 5,8% ga qimatlashgan kuzatilgan.
SHaharlararo avtobus yo’l haqi narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o;rtacha 9,4%ga qimmatlashgan.2021-yilning yanvar-noyabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 55,2%ni tashkil etgan.
2020-yil yanvar-dekabr oylarida Ttransport turlari bo’yicha yo’lovchi tashish tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilmoqda.Uning jami yo’lovchi tashish hajmdagi ulushi – 99,1%ni tashkil etmoqda.
Toshkent shahari – 19,2%
Andijon viloyati – 12,3%
Toshkent viloyati – 11,6%
Farg’ona viloyati – 11,3%
Samarqand viloyati – 7,9%
Namangan viloyati – 7,8%
Xorazm viloyati – 7,0%
1.3 SHahar atrofi yo’nalishlarini tashkil etish xususiyatlari.
Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va
xalqaro yo‘lovchilar tashish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va
o‘tkazish to‘g’risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar
tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish
masalalari to‘g’risida” 1999 yil 29 iyuldagi 368-sonli qarorini bajarish
uchun ishlab chiqildi.
Тender o‘tkazishgacha kamida 30 kun avval Komissiya ommaviy
axborot vositalari orqali tenderning mazmuni, asosiy shartlari, tartibi,
vaqti, uni o‘tkazish joyini e’lon qiladi.
Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar yozma buyurtma
bo‘yicha, oldindan ularning qiymatini to‘lab, tender hujjatlari paketini
Komissiyadan oladilar. Тender hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va
xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq
tenderlar tashkil etish va o‘tkazish to‘g’risida Nizom;
- tender qatnashchisi uchun yo‘riqnoma;
- tender qatnashchisi to‘g’risida ma’lumotlar shakli;
- tender takliflarining namunaviy shakli;
- harakatlanuvchi tarkibning rusumi (turi), uning yoshi, shuningdek,
yo‘lovchilar joylashishi uchun tabaqalashtirilgan ballar belgilash
namunalari;
- tender takliflarini to‘ldirish namunalari;
- shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish transportida
xizmat ko‘rsatish uchun tuziladigan bitimning namunaviy shakli.
Тender hujjatlari paketi bilan birga da’vogarga, Komissiyaga tender
takliflari va ishtirokchi to‘g’risida ma’lumotlar berish uchun, konvert
beriladi. Konvert ustiga tenderga qo‘yiladigan yo‘nalish (yoki yo‘nalishlar
paketi)ning nomi yoziladi. Agar tenderga birdan ortiq yo‘nalish
(yo‘nalishlar paketi) qo‘yilgan bo‘lsa, u holda har bir yo‘nalish
(yo‘nalishlar paketiga) alohida konvert bo‘lishi lozim. Konvertda hech
qanday chiziqlar yoki ajratib turadigan belgilar bo‘lishi mumkin emas.
Da’vogar yo‘nalishda ishlash huquqi uchun tender taklifini taqdim
etsa, bu uning tender shartlari bilan sinchiklab tanishgani va bu shartlarga
rozi ekanini bildiradi. U tender takliflarini baholash tartibini bilib olgach,
o‘z takliflari bo‘yicha taxminiy ballarni oldindan hisoblab chiqishi, ularni
Komissiya talab etadigan parametrlar bilan solishtirishi va bu bilan
tenderning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida o‘zining potensial reytingini
aniqlashi mumkin.
Тransport vositalarining rusumi, yo‘lovchilarning umumiy
sig’imini va ular bo‘yicha tabaqalangan ballarni Komissiya mustaqil
ravishda belgilaydi.
Yo‘nalishlarning tenglik tavsifini hisobga olib, ishtirokchilarning
tender takliflarida harakatlanuvchi tarkibning qayd etilgan soni - parkdan
foydalanish koeffisiyenti 0,6 dan ko‘p yoki oz bo‘lmasligini hisobga olib,
jadvallar soni bo‘yicha e’tiborga olinadi.
Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilarning umumiy
sig’imi bo‘yicha ballar joylar sonining yig’indisi bo‘yicha belgilanadi,
bunga 50 va undan ortiq kmlik shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda
yo‘lovchilarning sig’imi faqat komissiyaning tender takliflarida
yo‘nalishning uzunligiga bog’liq holda ko‘rsatadigan o‘tirish joylari
hisobga olinadi. Masalan, o‘tirish joyiga 180 yo‘lovchi joylashishi (4 ta
avtobusning har birida 45 tadan o‘rin) baza hisoblanadi. Тashuvchi har
birining o‘tirish joyi 55 tadan bo‘lgan 4 ta avtobusni taklif etadi, shunda
umumiy yo‘lovchi sig’imi 220 o‘rin bo‘ladi, sig’imni oshirish koeffisiyenti
220:180 = 1.22, ball = 6,1 (5x1,22).
Yo‘nalishga tender talablarida yumshoq yoki qattiq o‘rindiqli
avtobuslar ishi uchun zarur bo‘lgan toifa (klass) albatta ko‘rsatiladi.
Yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash va yo‘nalishda
haydovchilar ishining davomiyligiga bog’liq holda ularning ishi va dam
olishi to‘g’risidagi qoidalar talablariga amal qilish uchun tender talablarida
bir kunda ishlayotgan haydovchilar soni ko‘rsatiladi.
Ishtirokchi tender takliflari shaklini to‘ldirish bilan o‘zining baho
o‘lchovlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotli takliflarni qo‘shmasdan, faqat
so‘ralayotgan baho mezonlari bo‘yicha to‘la va mukammal axborot
berishga majbur.
Yong’in xavfsizligi tadbirlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlar
to‘g’risida qisqacha axborot berish lozim.
Yo‘nalishda ishlash huquqi uchun da’vogar konvertga tender
takliflarini o‘zi to‘g’risida ma’lumotlari bilan joylashtiradi va e’londa
ko‘rsatilgan sana va vaqtdan kechikmasdan komissiyaga topshiradi.
Konvertga solinadigan tender takliflari nusxalarining miqdori tender
sanoq komissiyasi a’zolari soniga mos bo‘lishi kerak.
Da’vogar taqdim etadigan tender takliflarini u imzolagan bo‘lishi
(muhr bo‘lgan holatda u bilan tasdiqlanishi) kerak.
Ishtirokchining tender takliflari noto‘g’ri to‘ldirilgan bo‘lsa, yoki
boshqa holatlarda taklif etsa, komissiya uni rad qilishi mumkin.
Komissiya har bir a’zo tomonidan tasdiqlangan shakl asosida
natijalarni jamlaydi va har bir ishtirokchi bo‘yicha tender takliflari
bahosining yakuniy ballarini aniqlaydi. Yo‘nalish (yo‘nalishlar
paketiga) faqat bir da’vogar bo‘lganida, komissiya oldindan
belgilanganidek, uning tender takliflari bo‘yicha ballari, yo‘nalish
uchun kutilayotgan minimal balldan kam bo‘lmasligi sharti bilan ushbu
yo‘nalishda ishlash huquqini mazkur tashuvchiga berish huquqiga ega,
kutilayotgan minimal ball yo‘nalish (yo‘nalishlar paketiga) tender
talablarida ko‘rsatiladi.
Тender g’olibiga yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi
guvohnomani topshirish va ular bilan bitim imzolashni bir vaqtda,
komissiya a’zolarining ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Yo‘lovchilarni shahar atrofi va shaharlararo tashishlarning farqli
jihatlaridan biri ularning qatnov masofasida ekan. Ammo xalqaro tashuvlar
masofasi shahar atrofi va shaharlararo tashuvlar masofasidan nafaqat katta,
balki kichik bo‘lishi ham mumkin ekan.
Muntazam xalqaro tashuvlarga bo‘lgan zarurat so‘nggi yillarda ortib
bormoqda. Shu sababli mamlakatimizdan Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston
va boshqa davlatlar shaharlariga avtobuslarda xalqaro tashuvlar amalga
oshirilmoqda.
Hozirda avtomobil transportida tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash
tartibi va yo‘ nalishlarda yo‘ lovchilarni tashish uchun ochiq tenderlar
tashkil etishni soddalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |