Kirish. Fizika o’qitishda “Dinamika” bo’limini o’qitishning ahamiyati II. Asosiy qism



Yüklə 78,22 Kb.
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü78,22 Kb.
#42368
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlangich sinflarda ogirlik olchov birliklarini organish metodikasi

Xulosa


Jism og’irligi va og’irlik kuchiga doir sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo’lib, odatda o’z ichiga ―yashirin informasiyani‖ oladi. Bu informasiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hakozalarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini o’rgatish fizika o’qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Psixologiya kursidan ma‘lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o’qituvchiga o’quvchilarning mumkin bo’lgan aqliy qobiliyatlari rezervlardan foydalanish imkonini beradi.

Bundan masalalarning yana bitta muhim funksiyasi kelib chiqadi. Og`irlik o`lchovidagi masalalarni yechishda predmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni og`irlik o`lchov masalalari yechishga bosqichma-bosqich o’rgatib boriladi.

  1. – bosqich. Masala o’qituvchining yo’ naltiruvchi savollari bo’yicha yechiladi va bu yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.

  2. – bosqich. Masala sharti o’qituvchi rahbarligida analiz qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Yechishning o’zi doskaga yozilmaydi, og’zaki aytilmaydi ham, o’quvchilar esa uni mustaqil (sinfda yoki uyda) bajaradilar.

  3. – bosqich. O’qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Yechish rejasini va yechishning o’zini o’quvchilar mustaqil bajaradilar.

  4. – bosqich. Masalani o’qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.

O’quvchilarda og`irlik kuchiga oid masala yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy harakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi.

  1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish.

  2. Muommoli turdagi masalalarni yechish.

  3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar.

Bu mashqlarni bosqichma – bochqoch shakllantirish fizik mazmundagi masalalar uchun yaxshi samara beradi

Yüklə 78,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin