3. Dinamika bo‘limini o‘qitishga doir ta’lim texnalogiyasi loyihasi.
Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa, o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?
Albatta berilgan savollarga o‘quvchilar to‘g‘ri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish, ya’ni massa jism inertligining o‘lchovi ekanligini amalda isbotlab ko‘rsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yog‘och) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab to‘shayotgan sharni yo‘liga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-to‘siqlarni qay birini ko‘proq masofaga siljita oldi?-degan savol o‘quvchilarga berilsa, ular to‘g‘ri javob bera olmaydilar. So‘ngra o‘quvchilar ko‘z o‘ngida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar o‘zaro ta’sirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan so‘ng qaysi jism sharning ta’siriga ko‘proq qarshilik ko‘rsatdi yoki o‘zining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb so’raldi.[6]
O‘qituvchi bunda “tinch” holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bo‘lgandan so‘ng, harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib ko‘rsatadi. Buning uchun 3-4 ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qo‘r-g‘oshin) sharlarni bir xil rangga bo‘yab, nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yo‘liga bir tinch jism qo‘yilib, bu ikki jismni (tinch va harakatdagi) o‘zaro ta’sirlash-ganda harakat holatini ko‘proq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu asosda har ikkala namoyishda ham “harakatdagi” va “tinch” to‘rgan jismning inertlik xossasi taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga ta’rif beriladi.
Massa tushunchasi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor o‘lchovi bo‘lib, jismlar o‘zaro ta’sirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bo‘lsa) kam tezlanish oladi, harakatda bo‘lsa u o‘zining harakat holatini ko‘proq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning hayotda ko‘rganlari asosida jism massasini aniqlash (o‘zaro ta’sirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib o‘tgan yo‘liga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni o‘lchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda o‘quvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bo‘lishi, shu bilan har qanday massaga ega bo‘lgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.
Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bo‘lib, mate-riya tushunchasi bilan bog‘liq holda fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning ba’zi asosiy xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bo‘lishida ko‘ramiz:
1. Jism inertlik o‘lchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon bo‘ladi-,
2. Jismlar orasidagi tortishish o‘lchovi eqanligi butun olam tortishish qonunida ko‘rinadi
3. Harakatdagi jism energiyasining o‘lchovi bo‘lishi bilan birga (polvonlar, bokschi, shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi bog‘lanish: E=mc2 da massaning harakat tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishi haqida fikr yuritiladi
4. Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa () sifatida aks etadi.
5.Elementar zarralar strukturali bog‘lanishining xarakteris-tikasi (massalar defekti-tinchlikdagi massaning materiya tuzilishi bilan bog‘liqligini tavsiflashda)
6.Jismdagi zarralar sonining o‘lchovi sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xo‘jaligida moddiy noz ne’matlar ishlab chiqarishda;
7.Turli tuman hodisalarni matematik tilda yozishda pro-porsionallik koeffitsiyentining bo‘lishi. Masalan, formulada massa jism olgan a-tezlanishi bilan ta’sir etuvchi kuch orasidagi bog‘lanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini o‘ynashda xizmat qiladi.
Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika o‘qitishda qanday izohlash, tushuntirish masalasiga to‘xtalamiz:
1.Massa tushunchasini aniqlash.
2.Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bog‘liq-ligini (mareriya, harakat, o‘zaro ta’sir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.
3.Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraq-qiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.
4.Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki e’tiborga olish shu kungacha mavjud bo‘lgan metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini ko‘ramiz (Massa-materiya miqdori yoki modda miqdori). Klassik atomistikada massani bir jinsli o‘zgarmay-digan zarralar miqdori deb qilingan talqin hozir ham ba’zi o‘qituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib o‘qishga kirgan ba’zi o‘quvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir.
Massa tushunchasi materiyaning barcha xossalarni o‘ziga aks ettira olmaydi, chunki ilmiy ta’lim-abad «bo‘linmaydigan» hamma jism uchun bir xil bo‘lgan zarra bo‘lmasligini o‘qtiradi. Hozirgi zamon fani klassik fizikani chegaralanganligini ko‘rsatib undagi xulosalarning (shu jumladan massa haqidagi) ko‘pchiligi noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Shuning uchun ham massani moddaning miqdori bilan almashtirish yaramaydi, ya’ni massani materiyaga o‘xshatish-moddiylashtirish xatodir. Massa-tushuncha bo‘lib, modda (materiya) ning inertlik, tortishish kabi xossalarini aks ettirishini ko‘ramiz. Modda tuzilishga ega, ammo massa tuzilishga ega deyish qo‘pol xatodir. Materiyaning eng muhim xossalaridan biri inertlik va tortishish bo‘lib faqat o‘zaro tasirlashuvda namoyon bo‘ladi. Bunda massa materiyaning inertlik, tortishish xossalarining sifatiy va miqdoriy xarakteristikasining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Massa va energiyaning bog‘lanish qonunlaridan ko‘rinadiki, massa jismdagi to‘liq energiyaning o‘lchovi bo‘ladi. O‘lchov tushunchasi-materiyaning u yoki bu xossasini ham miqdoriy, ham sifat jihatdan xarakterlaydigan tushuncha bo‘lib, materiyaning xossalarini ifodalaydi, desak xato qilmaymiz. [7]
Elementar zarralarning o‘zaro ta’sirlashuvida ( yoki jarayonlarda) ro‘y beradigan hodisalarni izohlashda yorug‘lik kvanti energiyasi bilan massa orasidagi bog‘lanishni tushuntirishda hisobga olish zarur. Demak, bu yerda massa tushunchasining ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishini ko‘ramiz. Materiya bir holatdan boshqa holatga o‘tganida uning massasi va energiyasi ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishida namoyon bo‘lishi haqida dialektik xulosa chiqarish kerak.
Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo‘lib, jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shaklla-nishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan bog‘langan. Ko‘p hollarda kuch tushunchasi o’z ma’nosiga mos kelmaydigan atamalar qo‘llaniladi. Masalan, fizikada “tok kuchi” “elektr yurituvchi kuch”, “yorug‘lik kuchi”, “tovush kuchi”; badiiy adabiyotda “tabiat kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar. Ba’zi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma’qul bo‘lmagan ta’rif-talqinlar uchraydi, ya’ni kuchni go‘yo mustaqil mavjud bo‘lgan qandaydir narsaga o‘xshatishlar, kuch harakatni o‘zgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini o‘zaro ta’sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.
Shuning uchun ham kuch tushunchasini o‘quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
1.Kuch-moddiy obektlarning o‘zaro ta’sirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi o‘lchov.
2.Kuch-vektor fizik kattalik bo‘lib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga ko‘chishning ham yo‘nalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi.
3.Kuch tushunchasi, nafaqat o‘zaro ta’sir tushunchasi boshqa ko‘pgina tushunchalar (kuch momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar o‘zaro ta’sirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi bo‘lishi bilan birga hodisalar-ning yuz berish sababi bilan ham bog‘liq (ya’ni sababsiz oqibat bo‘lmasligi).
5.Kuch tushunchasi chegaralangan bo‘lib, harakatning mexa-nik shaklidan tashqari o‘zaro ta’sir va hodisalarga bu tushunchani qo‘llab bo‘lmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayon-lar, organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning nomexanika shaklining aylanishi kuzda tutiladi.
6.Kuchni o‘zaro ta’sir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu o‘zaro ta’sir emas, balki o‘zaro ta’sirning o‘lchovidir.
Dinamika qonunlarini o‘qitishda jism harakatining o‘z-garish sabablarini bilish o‘quvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Ba’zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch ta’sir etmaganda, F=0 bo‘lganda tezlanish nolga teng, ya’ni jism tekis va to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bo‘lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o‘rganishda ma’lum bo‘lgan qiyinchilik an’anaga aylanib qolgan ta’riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch turgan bo‘lsa, tinch holatning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi”- deyiladi.
Bu bo’limda o’quvchilar massa (vazn) tushunchasi bilan tanishadilar. Bu mavzuni o’rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so’nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko’rsatkichlarini «og’irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og’irlik bir xil narsa emas. Og’irlik – massani tezlanishga ko’paytmasidan iborat bo’lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og’irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so’rash joiz bo’ladi. Savolning bunday shaklda qo’yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o’qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin.
Stolga ikkita bir xil rangli va o’lchamli ikkita kubikni qo’yish lozim. (Ularning birini yog’ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo’lmasligi kerak).O’qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo’lsa ham, ularning o’rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg’onadi. Ba‘zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko’tarib ko’rishga harakat qilishadi. Shunda o’qituvchi «og’irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog’liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada «og’irroq» va
«engilroq» so’zlari o’rniga «Ushbu predmetning massasi ko’p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi. So’ng o’qituvchi har bir o’quvch iga (massasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo’liga
olib, ulardan qay biri og’iriroq ekanini so’raydi. Javob turlicha bo’lishi mumkin. Shunda o’qituvchi predmetlar massasini qo’lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo’llarini tushuntiradi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O’quvchilarning diqqatini ta rozi pallalari bo’sh vaqtida ko’rsatkich tillarning holatiga, so’ngra esa, pallalarga har xil buyum qo’yilgandan keyingi holatga qaratiladi.
O’qituvchi bolalarga, uzunlikni o’lchashda qo’llanilgani kabi, massani o’lchash uchun o’lchov birligi zarurligini ma‘lum qiladi. Bunday o’lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan.
O’qituvchi 10 kg, 20 kg, 50 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O’quvchilar toshlarini o’lchash (tortish) bo’yicha mashqlarni o’tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o’lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob - kitob bo’yicha ko’nikmalarini mukammallashtiradilar.
Massalarning yig’indisi, ayirmasi yoki qoldig’ini topish bilan bog’liq masalalarni yechish jarayonida o’quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.
Hajm tushunchasi va uning o’lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4 - sinfda hajm o’lchov birligining sodda ko’rinishlari o’rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o’rganishda bir nomli ko’rsatkichdan boshqa nomli ko’rsatkichga o’tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo’shish va ayirish kabi jarayonlar bo’lmaydi.
Hajm va uning o’lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muammoli holatlardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |