Kirish. Fizika o’qitishda “Dinamika” bo’limini o’qitishning ahamiyati II. Asosiy qism


Jismning og’irligi mavzusini uni o’lchash metodikasi yordamida tushuntirish



Yüklə 78,22 Kb.
səhifə4/8
tarix02.01.2022
ölçüsü78,22 Kb.
#42368
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlangich sinflarda ogirlik olchov birliklarini organish metodikasi

Jismning og’irligi mavzusini uni o’lchash metodikasi yordamida tushuntirish




Og‘irlik – asosiy fizik kattaliklardan biridir. Jismning og‘irligi tushunchasi og’irlik – kuch tushunchasi bilan chambarchas bog’langan. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. Shuning uchun jismning og’irligi jismning o’zigagina bog’liq emas. Masalan, u turli kengliklarda turlicha: qutbda jism ekvatordagiga qaraganda 0,5 foiz og’ir. Biroq o’zining bundan o’zgaruvchanligiga qaramay quyidagi xususiyatga ega: har qanday sharoitda ham ikki jism og’irligining nisbati bir xildir. Jismning og’irligini boshqa jism bilan taqqoslab, o’lchashda jismning yangi xossasi kelib chiqadi. Bu xossa og‘irlik deb ataladi.

Faraz qilaylik, richagli tarozining bir pallasiga birorta a jism, ikkinchi pallasiga b jism qo’yilgan bo’lsin. Bunda quyidagi hollar bo’lishi mumkin:

    1. Tarozining ikkinchi pallasi tushib, birinchisi shunday ko’tariladiki, ular baravar bo’lib qoladilar. Bu holda tarozilar muvozanatda a va b jismlar bir xil og‘irlikga ega deyiladi;

    2. Tarozining ikkinchi pallasi birinchi pallasidan balandligicha qoldi; bu holda a jismning og‘irligi b jismning og‘irligidan katta deyiladi;

    3. Tarozining ikkinchi pallasi tushdi, birinchi pallasi ko’tarildi va ikkinchisidan baland bo’ldi; bu holda a jismning og‘irligi b jismning og‘irligidan kichik deyiladi.

Shuni eslatamizki, agar jism ekvatorda richagli tarozida o’lchansa, keyin jism va tarozi toshlari qutbiga olib borib o’lchansa, o’sha natijani beradi. Chunki jism ham tarozi toshlari ham o’z og’irlik larini bir xil o’zgartiradi.shunday qilib jismning og‘irligi o’zgarmaydi, u qayerda bo’lmasin, uningog‘irligibir xil bo’ladi.

Matematik nuqtai nazardan og‘irlik quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat kattalik:

  1. Tarozida bir birini muvozanatlovchi jismlarning og‘irligi bir

xil;

  1. Jismlar bir birlari bilan birlashtirilsa, og‘irliklar qo’shiladi:

birgalikda olingan bir nechta jismning og‘irligi ular og‘irliklarining yig’indisiga teng.

Agar og‘irlikga berilgan ta‘rifni uzunlik va yuz uchun berilgan ta‘riflar bilan solishtirsak, og‘irlik uzunlik va yuz ega bo’lgan xossalarga ega bo’lishini, biroq u fizik jismlar to’plamida berilganligini ko’ramiz.

Og‘irliklar tarozilar yordamida bunday o’lchanadi:

Og‘irligi birlik sifatida qabul qilinadigan e jism tanlab olinadi.U og‘irlikning ulushlarini ham olish mumkin deb faraz qilinadi. Masalan, agar og‘irlik birligi uchun kilogramm olinsa, u holda o’lchash jarayonida uning ulushidan, masalan, grammdan foydalanish mumkin:

1

1g= 1000 kg



Tarozining bir pallasida og‘irligi o’lchanayotgan jism qo’yiladi, ikknchi pallasiga og‘irlik birligi qilib olingan jismlar, ya‘ni tarozi toshlari qo’yiladi.Bu toshlar tarozi pallalari muvozanatga kelgunicha

qo’yiladi. O’lchash natijasida berilgan jismning og‘irlikning qabul qilingan birligidagi son qiymati hosil qilinadi. Masalan, agar jismning og‘irligi5 kg 350 gbo’lsa, 5350 sonini berilgan jism og‘irligining taqribiy qiymati deb qarash kerak (og‘irlik birligi-gramm bo’lganda).

Uzunlik uchun ifodalangan hamma da‘volar og‘irlikning son qiymatlari uchun ham o’rinli, ya‘ni og‘irliklarni taqqoslash, ular ustida amallar bajarish og‘irliklarning son qiymatlarini taqqoslashga va ular ustida amallar bajarishga keltiriladi (og‘irlikning bir xil birligida).

Og‘irlikning asosiy birligi – kilogramm. Bu asosiy birlikdan og‘irlikning boshqa birliklari: gramm, tonna va boshqalar hosil bo’ladi.

Boshlang’ich sinflarda og‘irlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari haqida ma‘lumotlar keng o’rin egallaydi. O’quvchilar bu miqdor (kattalik) haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari, uning o’lchash birliklari bilan tanishishlari, uni o’lchay olish malakalariga ega bo’lishlari matematika kursi dasturlarida belgilab qo’yilgan.

Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar his va tuyg’ular asosida jismning og‘irligihaqida dastlabki tasavvurlarni olishgan bo’lishadi.

Har-xil predmetlarning og‘irliklarini taqqoslashga doir amaliy ishlarni bolalar so’zlar orqali ifodalashlarini kuzatish mumkin. Masalan: «yengil», «og’ir», «bir xil og’irlikda».

Bolalar birinchi sinfda tanishadigan birinchi og‘irlik birligi klogrammdir.1 kg li og‘irlik haqidagi tasavvurni bolalar faqat o’zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar og‘irliklari 1kg ga teng bo’lgan predmetlarni qo’lda ushlab ko’rishlari va bu predmetlarning og’ir yoki yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak. Taqqoslash operasiyasi asosida bolalar 1kg li og‘irlik haqida real tuyg’uni sezadilar.

Birinchi darsning o’zidayoq bolalarni pallali tarozida xar-xil predmetlarni 1, 2, 3, 5kg li toshlar naboridan foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak. Tortish prosessida bolalarning qatnashishi shart bo’lib, bunda o’qituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak. Tortish natijalarini doskaga va daftariga yozadilar.

Ikkinchi sinfda bolalar yangi og‘irlik birligi – gramm bilan tanishadi.Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidek. Masalan gramm haqida aniq tasavvur qilish uchun bolalar qo’llari bilanog‘irligi1 gramm bo’lgan toshni ushlashlari va uning og’irligini boshqa predmketlarning og’irliklari bilan taqqoslashlari kerak. Ikkinchi sinfda o’quvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish tavsiya etiladi.

Uchunchi va to’rtinchi sinfda birinchidan «og‘irlik o’lchovlari» tushunchasi kiritiladi, ikkinchidan o’quvchilar o’zlari uchun yangi birlik–sentner va tonna bilan tanishadilar, uchunchidan, og‘irlik o’lchovlari jadvali kiritiladi. Og‘irlik o’lchovi terminini quyidagicha tushuntirish tavsiya qilinadi.Ikki kesmaning uzunliklarini bir xil bi rlik masalan, santimetr bilan o’lchab taqqoslaymiz. Xuddi shunga o’xshab qaysi bo’lak nonningog‘irligiortiq, qaysinisiniki kam ekanligini bilish zarur bo’lganda buni tarozi va toshlar yordamida hal qilamiz.

Og‘irligi 1s va 1t bo’lgan predmetlarni qo’lda ushlab turish mumkin emas. Shu sababli o’quvchilarda yangi o’lchov birliklari haqida aniq tasavvurlar hosil qilish uchun metodik adabiyotda ilgaridan o’quvchilarga masalan, bunday ma‘lumotlarni aytish tavsiya etiladi. Ikki qop kartoshkaning og’irligi 1s., s infdagi barcha o’quvchilarning (30 -35 ta o’quvchi)og‘irligi taxminan 1t ga teng. Shundan keyin og‘irlik o’lchovlari jadvali tuzilib va bolalarga uni eslab qolish tavsiya etiladi.

1 kilogramm=1000 gramm 1 sentner=100 kilogramm

1 tonna=1000 kilogramm 1 tonna=10 sentner

Bolalar bilimini mustahkamlash uchun misol va mashqlar o’rinli. 1. Har birida 50 kg dan bo’lgan 2 qop sabziningog‘irligiqancha?

Bu necha sentner bo’ladi?



  1. 10 sentner pamidor tuzlandi. Bu necha tonna bo’ladi?

  2. Olma solingan savatningog‘irligi1kg 300g. Agar unda 1kg olma bo’lsa savatning og‘irligini toping

  3. Eng kichigidan boshlab o’zingizga ma‘lum bo’lgan og‘irlik birliklarini ayting.


Yüklə 78,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin