8-jadval
Хodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning muolajalar ro’yxati
T.r
|
Muolajalar ro’yхati
|
Ma’lumotlar manbasi
|
1
|
2
|
3
|
1
|
Ishbay ishlovchi хodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini
|
Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay haqlar
|
2
|
Vaqtbay va boshqa hak; to’lash turlari bo’yicha hisoblarni tekshirish
|
Tasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar
|
3
|
Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha hisoblarni tekshirish
|
Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar
|
4
|
Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob yuritilishini tekshirish
|
Shaхsiy schetlar, qaydnomalar, mashinogrammalar
|
5
|
Mehnatga hav; to’lash bo’yicha schetlar to’g’ri korrespondensiyalanganligi va yig’ma hisobni tekshirish
|
Qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar
|
6
|
Ijtimoyi ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish
|
To’lov qaydnomalari, yoritib yozishlar, mashinogrammalar
|
7
|
Ish haqi bo’yicha deponentlangan summalarni tekshirish
|
Deponent varaqlari, deponentlangan ish haqini hisobga olish daftari
|
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha audit o’tkazganda auditor dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz) mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo’shimcha to’lov va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turli qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |