Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi


Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo‘yicha shartnomamol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish



Yüklə 331,36 Kb.
səhifə16/23
tarix07.01.2024
ölçüsü331,36 Kb.
#203753
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi

4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo‘yicha shartnomamol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.
5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlabchiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan (davr xarajatlari) haqiqiyxarajatlarni o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning birmaromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkilqilishga, hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga bog‘liq. Korxonaning moliyaviy barqarorligi ishlab, chiqarilayotgan mahsuloti bozorda raqobatdoshligidan, uning ichki va tashqi bozorda talabidan, realizatsiya hajmiga bogliqdir. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish aholini ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Mahsulotni rejadagi hajmi bo’yicha sotish tashkilotga ishlab chiqarish xarajatlarini, qoplash, davlat byudjeti, kredit bo‘yicha banklar va boshqa ho‘jalik subyektlar oldidagi majburiyatlami bajarish imkoniyatini yaratadi, hamda ishlab chiqarishni takomillashtirish va kelajakda rivojlanish uchun muhim bo‘lgan foyda olishgayordam qiladi.
Auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
• tayyor mahsulotni ishlab chiqarilishi, jo'natilishi va sotilishini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirishni tekshirish;
• tayyor mahsulot omborda saqlanishini ta’minlovchi sharoitlami aniqlash;
• tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqligini tekshirish;
• tayyor mahsulot sotilishini to‘g‘ri hisoblash;
• sotilgan tayyor mahsulotdan olingan moliyaviy natijalami to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobida aks ettirish.

8. Majburiyatlar hisobi va auditi
Jahonda resurslar taqchilligi muammosi moliyaviy aktivlardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Dunyo moliya bozorida moliyaviy aktivlarga boʼlgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Shu bois, xalqaro hisob amaliyotida “moliyaviy aktivlar” buxgalteriya hisobining muhim obʼekti sifatida tan olinishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biroq, bugungi kunda xalqaro amaliyotda qoʼllanilayotgan moliyaviy holat toʼgʼrisidagi hisobotda korxonalarning moliyaviy aktivlari toʼgʼrisida maʼlumotlari axborot foydalanuvchilarning talablariga toʼliq muvofiq, deb boʼlmaydi. Shuningdek, moliyaviy aktivlar hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish, ushbu aktivlar hisobiga oid rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan milliy darajada samaralifoydalanilishiga erishish barcha mamlakatlar uchun eng muhim va dolzarb masalalaridan biri boʼlib qolmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan K.B.Urazov majburiyatlarni quyidagicha taʼriflaydi, Majburiyatlar – bu korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlari.75 MHXSlarida “Majburiyat – bu oʼtgan davrdagi hodisalardan kelib chiqadigan kompaniyaning joriy qarzdorligidir, qaysiki uning uzilishi iqtisodiy nafni oʼzida mujassamlantirgan kompaniya resurslarining chiqib ketishiga olib keladi” deb taʼrif berilgan. 76 Buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS)lari kontseptual asoslarida majburiyatlarning asosiy tavsifi sifatida xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy javobgarlikka ega boʼlishlik ekanligi koʼrsatilgan. Masalan, olingan tovarmoddiy zaxiralar va xizmatlar uchun toʼlanadigan summalar. Ushbu hujjatda majburiyatlar oʼtgan hodisa va jarayonlarning natijasi oʼlaroq, aktiv olingandan yoki xoʼjalik subʼekti aktivni xarid qilish boʼyicha bitimga kirishganda vujudga kelishi taʼkidlangan.
Moliyaviy majburiyatlar auditini oʼtkazish jarayonida auditor vazifalari qatoriga balans hisobotida aks ettirilgan kreditorlik qarzlari va ular boʼyicha hisob-kitoblar summasi toʼgʼri ekanligiga ishonch hosil qilish bilan bir qatorda, balans hisobotining shu elementlar ishonchli boʼlishi va moliyaviy hisobotda toʼgʼri aks ettirilishini taʼminlashi lozim boʼlgan ichki nazorat tizimining sifatini tekshirish va baholash ham kiradi. Chunki, hisob-kitoblar yuzasidan oqilona ichki nazoratning tashkil etilishi hisob-kitob va shartnomaviy intizomning mustahkamlanishiga, kreditorlik qarzlari boʼyicha hisob kitoblarning oʼz vaqtida amalga oshirilishiga xizmat qilish orqali, korxona egaligidagi joriy aktivlarning yuqori aylanuvchanligini taʼminlashga, xaridorlarva mol yetkazib beruvchilar bilan oʼzaro ishonchga asoslangan, uzoq muddatli munosabatlarni oʼrnatishga va shu orqali korxona moliyaviy holatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 331,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin