Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi


Moliyaviy natijalar hisobi va auditi



Yüklə 331,36 Kb.
səhifə19/23
tarix07.01.2024
ölçüsü331,36 Kb.
#203753
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi

10. Moliyaviy natijalar hisobi va auditi
Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida iqtisodiy oʼsish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: «Hammamiz yaxshi tushunamiz, har qanday islohot va oʼzgarishni barqaror iqtisodiyotsiz amalga oshirib boʼlmaydi. Biz oʼtgan yil davomida bu borada keng koʼlamli ishlarni boshladik. Lekin milliy iqtisodiyotimizni mustahkamlash, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun oldimizda hali koʼplab vazifalar turibdi» deb taʼkidladilar. Bu esa, oʼz navbatida xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini rivojlantirish, samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Samaradorlik xoʼjalik subʼektlari faoliyatining moliyaviy natijalarida oʼz ifodasini topadi.
Moliyaviy natijalar korxona faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi koʼrsatkich boʼlib, uning miqdorida mahsulot hajmi va sifati, mahsulot turi, tannarx darajasi va boshqa bir qancha omillar taʼsir qiladi. Oʼz oʼrnida moliyaviy natija korxonaning oʼz aylanma mablagʼlariga, toʼlov qobiliyatiga taʼsirini oʼtkazadi. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʼrsatkich boʼlib foyda va rentabellik darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda foydaning oʼrni va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Chunki u korxona faoliyatini kengaytirish, texnikaviy rivojlanish va modernizatsiya qilishning yagona manbai boʼlib qolmoqda. Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish, uning darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash korxona faoliyatining eng asosiy vazifalaridan biri boʼlib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobot auditida tahliliy amallarni qoʼllashda dialektik bilish usullari - analiz va sintezdan foydalaniladi. Mazkurusullar moliyaviy natijalar tarkibini tahlil qilishda, tahlil natijalarini umumlashtirishda qoʼllaniladi. Аnaliz va sintez usuli moliyaviy natijalar tahlilida birgalikda harakat qiladi. Omilli tahlil usuli moliyaviy natijalar tahlilida qoʼllaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Chunki omilli tahlil usuli moliyaviy natija koʼrsatkichining oʼzgarishiga taʼsir qiluvchi har bir omillarni hisob-kitob qilishda foydalaniladi. Mazkur usulni qoʼllash natijasida foyda hajmini oshirish boʼyicha ichki xoʼjalik imkoniyatlarini aniqlash imkoni boʼladi.
Xoʼjalik subʼektlari moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobot auditida foyda koʼrsatkichlarini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Korxonaning sof foydasi moliyaviy natijalarning asosiy koʼrsatkichi hisoblanib, uni shakllanish jarayoni butun moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini qamrab oladi. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, sotish va maʼmuriy xarajatlarni tejash, moliyaviy faoliyat natijasida ijobiy sa’doga erishish, tasodifiy foydaga muyassar boʼlish kabi bir qancha bosqichlar mujassam.

Yüklə 331,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin