Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar auditi ham ulaming hisobi kabi yetarli darajada shakl topmagan tadqiqot obyektlari jumlasiga kiradi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlaming holati, harakati, baholanishiga obyektiv baho berishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining m e’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
4. Joriy aktivlar hisobi va auditi Subyektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lum miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo‘lishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ulaming tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi.
Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘!iq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzilmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va tavakkalchilik (risk)larni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan subyektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.