Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi


Moliyaviy natijalarni audit



Yüklə 331,36 Kb.
səhifə20/23
tarix07.01.2024
ölçüsü331,36 Kb.
#203753
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kirish Hisobot mavzusining dolzarbligi

Moliyaviy natijalarni audit qilish jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatgichlari tahlil qilinadi va tеgishli tavsiyalar bеriladi. Korxonaning moliyaviy holatini baholovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-korxonaning mulkiy holati;
-korxona balansining likvidligi;
-korxonaning to’lov qobiliyati;
-korxonaning moliyaviy barqarorligi;
-korxonaning moliyaviy natijalari;
-korxonaning rеntabеllik darajasi.
Moliyaviy natija hisobot davridagi foyda yoki zarardir. Rеntabеllik samaradorlik ko’rsatkichi hisoblanadi. Auditor moliyaviy natijani tеkshirish jarayonida xarajatlar tarkibga kiritilgan foyda (zarar) ko’rsatkichiga ta'sirini aniqlashi kеrak. Korxona foydasi muhim sifat ko’rsatkichlardan bo’lib rеsurslardan samarali foydalanganlikni ifodalaydi. Olingan foyda miqdoriga qarab aktivlarning rеntabеlligini bilish mumkin. Audit jarayonida aktivlarning turlari bo’yicha rеntabеllik darajasi tahlil qilingan foydani yanada oshirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
11. Moliyaviy hisobotni tuzish va tahlil qilish
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bogʼliq boʼlgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham oʼz ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jugʼrofiy hududlarning faoliyat turlari toʼgʼrisidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar oʼzgarishining moliyaviy natijalarga taʼsirini tushuntirib berishi kerak.
Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subʼektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablagʼlarining harakati toʼgʼrisidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʼlgan barcha axborotni oʼz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xoʼjalik yurituvchi subʼektning pul mablagʼlarini koʼpaytirish, ularning koʼpayish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xoʼjalik yurituvchi subʼekt oʼz xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq toʼlay olishi, foizlarni toʼlab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi.Аgar foydalanuvchilar xoʼjalik yurituvchi subʼektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi oʼzgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan taʼminlansa, ular pul mablagʼlarini koʼpaytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, toʼlovga qobiliyati, ishlayotgan muhit oʼzgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga taʼsir oʼtkazadi. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati toʼgʼrisidagi axborotlar xoʼjalik yurituvchi subʼektning kelgusida pul mablagʼlarini va ularning ekvivalentini koʼpaytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir.
Moliyaviy holat haqidagi axborot kelgusida kreditlarga boʼlgan talabni aniqlash uchun, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini xoʼjalik yurituvchi subʼektning aktsiyalariga (payiga) ega boʼlganlar oʼrtasida taqsimlashda, xoʼjalik yurituvchi subʼekt keyinchalik oʼzining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun ham zarurdir. Likvidlik va toʼlovga qobiliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy majburiyatlarini oʼz vaqtida toʼlay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi. Toʼlov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni oʼz vaqtida toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish, auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish hamda hisob-kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yoʼl-yoʼriq, huquqiy va boshqa turdagi yordam koʼrsatadigan malakali xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Bunday faoliyatning asosiy vazifasi, birinchi navbatda, korxona moliya-xoʼjalik faoliyatini nazorat qilib turadigan buxgalteriya hisobi tizimi, faoliyat natijalarini baholaydigan moliyaviy hisobotlarning qonuniyligini tasdiqlashdan iboratdir. Shularni inobatga olgan holda mamlakatimizda keyingi paytlarda auditorlik faoliyatini rivojlantirish boʼyicha kerakli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xoʼjalik subʼektlarida auditorlik tekshiruvi samaradorligini oshirishda iqtisodiy tahlildan audit vositasi sifatida foydalanish hisobiga erishish mumkin. Shu boisdan xoʼjalik subʼektlari moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvini sifatli oʼtkazishda tahliliy amaliyot katta ahamiyatga ega hisoblanadi.



Yüklə 331,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin