1.Xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasi, qurilishni tashkil etish texnologiyasi (ishlar xizmatlar) va buxgalteriya hisobi Rivojlanib borayotgan barcha fanlar qatorida buxgalteriya hisobi fani xam jadal su’ratlar bilan rivojlanib bormoqda.Mamlakatimizda buxgalteriya xisobini tashkil etishning konseptual asoslari o’ziga xos xususiyatlar bilan farq qiladi. Bularga qonun ishlab chiqaruvchi, ijro etuvchi va ular ustidan nazorat qiluvchilar kabilar kiradi. Bularni to’liqroq va aniqroq ko’rib chiqish uchun quyidagi jadvalni keltirib o‘tamiz. 1-jadval Buxgalteriya xisobini tashkil etishni konseptual asoslari
Buxgalteriya xisobi qonunchiligi
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari
Buxgalteriya xisobiga tegishli kadrlar tayyorlash
Buxgalteriya xisobini yuritishdagi qonun buzilishlari bo’yicha sanksiyala
Buxgalteriya xisobini tashkil etishni konseptual asoslari
Buxgalteriya xisobi qonunchiligi koordinatsiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari.
Buxgalteriya xisobini yuritish metodologiyasi takomillashtirish va boshqa fanlar bilan bog’liqligini belgilab berish
Buxgalteriya xisobini yuritishda sohalar xususiyatlarini moslashtirish
Buxgalteriya xisobini tashkil etishdagi nodavlat tashkilotlarning o’rni
1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boshqarma.Bu boshqarma asosan Buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid barcha me’yoriy xuquqiy normativlarni ichlab chiqadi.Xozirgi kunda O’zbekiston xam xalqaro andozalar asosida ishlab chiqilgan tizimga o’tishni oldiga maqsad qilib qo’ygan va bu maqsadga erishish uchun bir qator yangi qonun xujjatlari qabul qilinmoqda. 2. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi.Bu davlat tashkilotining asosiy buxgalteriya qisobiga qaratilgan maqsadi ishlab chiqilayotgan me’yoriy xuquqiy qonun va normativalarni ko’rib chiqib agar ular O’zbekiston respublakasi boshqa qonun xujjatlariga zid kelmagan taqdirda ularni davlat ro’yhatidan o’tkazishdan iboratdir. 4. Davlat Soliq qo’mitasi tuzilmasi va faoliyati tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’grisida”gi 1998-yil 12yanvardagi 14-son qarori bilan tastiqlangan ,,Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida”ginizomga va unga kiritilgan o’zgarishlarga asosan belgilangan.davlat soliqqo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Soliq qonun xujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to’g’ri qisoblanishi, soliqlar to’liq vao’z vaqtida to’lanishi ustidan nazorat qiladi - Soliq siyosatini bajarishda bevosita ishtirok etadi - Soliqqa doir xuquqbuzarliklarni aniqlash,oldini olish,va bartaraf etish - Nazorat qiluvchi organlar tomonidan qo’jalik yurituvchi subyektlar moliya xo’jalik faoliyatini tekshirishva taftish qilishlarni muofiqlashtirish 6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat buxgalteriya qisobiqonunchiligini balki butun iqtisodiy siyosiy ijtimoiy sohalar uchun eng asosiyxuquqiy xujjat hisoblanadi. Konstitutsiya 1992-yil 8-dekabr Vazirlarmahkamasinig 12 chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilingan.U 6 bo’lim 26 bob 128 tamoddani tashkil etadi. 7. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis va senati Buxgalteriya hisobi qonunchiligini amalga oshiruvchi eng asosiy bo’g’in hisoblanadi. Oliy majlis nazoratidan o’tgan buxgalteriyaga oid barcha xujjatlar Vazirlar mahkamasi tomonidan tastiqlanadi. Buxgalteriya hisobi qonunchiligiga doir masalalarni yoritishdan maqsad buxgalteriya hisobini yuritishga doir bo’lgan barcha me’yoriy-xuquqiy asoslarni tematik tarzda majmua xolatiga keltirishdan iborat qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holatda quyidagi vazifalarni belgilash lozim: -Buxgalteriya hisobi qonunchiligiga doir tashkil etuvchilarni umumiylashtirish guruhlarga ajratish -Ajratilgan guruhlar bo’yicha xar biriga asosli ta’riflar berish -Har bir guruh bo’yicha kerakli ma’lumotlar bazasini yaratish Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo‘lgan hisob va hisobot masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida kapital jamg‘armalar hajmi va qurilish-yig‘ma ishlar tarkibi o‘zgarib bormoqda. Hozirgi zamon bosqichida qurilish majmuasi rivojlanishida qurilishni tashkil qilish usullari va shakllari borgan sari takomillashmoqda. Qurilish xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari bilan uzluksiz ravishda bog‘liqdir. Qurilish tarmog‘ining o‘zi ham obyektlami belgilanishi alomati bo‘yicha quyidagicha turlarga bo‘linadi, ya’ni - turar-joy-fuqaro qurilishi;
- transport qurilishi;
- energetika qurilishi;
- sanoat korxonalar qurilishi. O‘zbekistonda qurilish m ajm uasiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va Qurilish qo‘mitasiga, shahar, viloyat va tuman hokimiyatlariga topshirilgan. Shu bilan bir qatorda qurilishni quyidagi koorporatsiya, konsern va hissadorlik jam iyatidagi qurilish tashkilotlari amalga oshiradi, ya’ni «O‘zmontajqurilish» konserni, OAJ «Sifat», OAJ «Turonmarkazqurilish», «O‘zbekenergoqurilish» va hokazo. Turar-joy binosi, komimmal, madaniy-maishiy qurilishni amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlarining ko‘p qismi hokimiyatlar ixtiyorida turadi. 2-jadvalda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatilgan. Qurilish usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Xo'jalik usuli -bunda ishlar, asosan, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va turar-joy binolarini qurilishi fondi mablag‘lari hisobiga olib boriladi. Bu usulda qurilish tashkiloti va buyurtmachi tashkiloti bitta xo‘jalik organiga biriktirilgan bo‘lib, bunda quruvchilar ishlarning hamma turini o‘z kuchlari bilan bajaradilar.
2. Pudrat usulida hamma ishlar qurilish tashkilotlari, hissadorlik jam iyatlari (bosh pudratchilar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu usulda ular o‘z ishchi xodimlari va moddiy-texnika vositalari bilan shartnomaga asosan obyektlarni bunyod etad ilar va shartnom ada k o ‘rsatilg an muddatda qurib bitirib buyurtmachiga topshiradilar. Shartnomada ishlab chiqarish quvvatlarini, obyektlar bino va inshootlar hamda uy-joy binolarini ishga tushurish bo'yicha rejali vazifalarining bajarilishi ko'rsatiladi. Qurilish qatnashchilari - bu kapital qurilishni amalga oshirishda imorat soluvchi-buyurtmachi, loyihaviy-qidiruv, transport, pudratchi qurilishyig‘ma va ilmiy tadqiqot tashkilotlari hamda qurilish asbob-uskunalari, ashyolari, buyumlari hamda y ig ‘ilm alari bilan ta ’m inlovchi sanoat korxonalaridir. Imorat quruvchi-buyurtm achilar faoliyot k o 'rsatib turgan sanoat korxonalari direksiyasi bu davlat ijtimoiy yoki shirkat tashkilotlari va jismoniy shaxslardir. Buyurtmachi huquqiy shaxs bo‘lib. kapital mablag‘lariga ajratilgan moliya vositalari hamda kapital qurilishi balansida bo‘lgan hamma moddiy boyliklarga egalik qilib ish yuritadi. Buyurtmachi tasdiqlangan loyiha-hisobnoma (smeta) hujjatiga, asosan, quriladigan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini o‘z vaqtida ishga tushirish, qurilish sifati hamda loyiha qarorlari, asbob-uskunalami o‘z vaqtida keltirilishiga hamda qo'yilayotgan asbob-uskuna va bajarilgan qurilish-yig‘ma ishlari uchun o‘z vaqtida pul o‘tkazilishiga javob beradi. Loyihalovchi tashkilotlar - yangi qurilish, ta ’m irlash yoki texnik jihatdan qayta qurollantirish uchun pudratchi va buyurtm achi bilan shartnoma bo‘yicha loyiha hamda hisobnoma hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilotlar. Ularga qurilish uchun kerak bo‘lgan muhandis-geologik, geodezik va boshqa qidiruv tashkilotlari kiradi. Pudrat qurilish-yig‘ma tashkilotlari - turli maqsad uchun belgilangan obyektlar qurilishi bo‘yicha ishlar majmuasini bajaradilar. Shartnomani buyurtmachi bilan bosh pudratchi tuzadi. Bosh pudratchi qurilishda markaziy shaxs bo‘lib hisoblanadi. Pudrat usulida bosh pudratchi qurilishni boshqaradi va buyurtmachi oldida loyihani sifatli hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda obyektni iloji boricha muddatidan ilgari ishga tushurilishi vazifasi turadi. Alohida obyektlar va ishlaming turlarini bajarishi uchun bosh pudratchi yordamchi pudratchi tashkilotlari (santexnika, elektr yig‘ish ishlari bo‘yicha, hamda asbob-uskuna, yo‘llar qurilishi, mexanizatsiyani tashkil etish va hokazolami) jalb etiladi.