“Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa)
O`qituvchi:
O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. (5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi.
Undosh tovushlarga qoida chiqariladi.
O`quvchi:
Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va shovqindan hosil bo`ladi.
35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh, ch, ng). (2 daqiqa)
O`qituvchi:
Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun?
Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi.
O`qituvchi:
Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing.
O`quvchilar:
Kuz keldi. (4 daqiqa)
Qalam bilan chiroyli rasm chizdim. Kitob-mening do`stim.
O`qituvchi:
Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok etganmi?
O`quvchilar:
Albatta, har bir so`zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan.
Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan.