Boshlang‘ich sinflar ―3-sinf Ona tili‖ darsliklarida bеrilgan fonеtikaga oid mavzular bilan yaqindan tanishish.
Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undoshlarga oid mavzular ustida ishlash mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini belgilash.
So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini amaliyotda sinab ko‘rish.
Amaliyotda to‘plangan tajribalar natijalarini tahlil qilish.
3 I.A.Karimov. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kеlajagimizning asosiy omilidir. ―Xalq so‘zi‖ gazеtasi, 2013-yil, 6-dеkabr soni.
4 К. Қосимова. Бошланғич синфларда она тили ўқитиш методкаси. Т., ―Ўқитувчи‖, 1985, 113-бет.
shakllantirish.
1.1.Tovushlar va harflar, undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda boshlang’ich sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy
mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon ber
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qarakabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.