Kirish I asosiy qism. I bob. Tovushlar va harflar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 89,67 Kb.
səhifə6/12
tarix09.06.2022
ölçüsü89,67 Kb.
#61048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kuzibayeva G 3-sinf ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi

Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.

  1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.

  2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.

Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.

  1. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.

Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.
Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi.
Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.Tovushlar va harflar. Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-3-sinflarda bеriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undoshlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha bеriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning atilishi va yozilishi; so‘z oxirida kеlgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p va t eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kеlgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kеlgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar

Yüklə 89,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin