Kuzibayeva G 3-sinf ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi
1.2. Unlivaundoshtovushlarningxususiyatlaribilantanishtirish. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unlitovushlarva undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1- sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktabso’zidagi bharfi ptovushini, maktabimso’zidagi bharfi btovushini ifodalaydi);
jo’ja,jajjiso’zlaridagi jtovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal,vijdon
so’zlaridagi jtovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng)bilan ifodalanadi;
sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).