BIBLOGRAFIK MA'LUMOTLAR BA'ZALARI MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………2 I.BOB.BIBLOGRAFIK MA'LUMOTLAR BA'ZALARI 1.1.Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi…………………….…….5 1.2. Bibliografik faoliyat…………………………………………………………..8 II. BOB.KUTUBXONALARNING MA’LUMOT BIBLIOGRAFIYA APPARATI (MBA)
2.1.MBA haqida umumiy tushuncha………………………………………….17
2.1.MBAni tashkil etish, o‘rganish………………………………………….…21
Xulosa ……………………………………………………………………..……..26 Ilova…………………………………………………………………………...….28 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..……………..37 KIRISH “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev.
Kurs ishining dlzarbligi Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro‘yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining ro‘yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro‘yxatlar.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi Bibliografik kirish — matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida ma’lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan — asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan.