Kirish I. Bob. Boshlangich sinf oquvchilarini ijodiy fikrlashga o`rgatishda mustaqil ishlarning o`rni


II.BOB.Umumta’lim maktablarida boshlang'ich sinflarda ona tili darslariga qo'yilgan zamonaviy talablarning xususiyati



Yüklə 51,54 Kb.
səhifə5/7
tarix19.10.2023
ölçüsü51,54 Kb.
#157047
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang`ich sinflarda ona tilidan o`quvchilarning mustaqil ishlari

II.BOB.Umumta’lim maktablarida boshlang'ich sinflarda ona tili darslariga qo'yilgan zamonaviy talablarning xususiyati.
2.1. Boshlang`ich sinflarda ona tilidan o`quvchilarning mustaqil ishlari yuzasi ishlaridan ko`nikma hosil qilish
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram ­ matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o'qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinm alarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jam iyat a’zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta ’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilaming o'zaro munosabati, his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. M aktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir"5, — deydi u. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili darslarida ongli o'qish va savodli yozishga o'rganadilar, og'zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. O na tili sohasidagi ko'nikm a-m alakalar (nutq, o'qish va yozishga oid malakalar) o'quvchilam ing o'quv m ehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O'quvchi o'qish ko'nikm alarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o'zining ona tilini o'rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlami o'qitish vositasi hamdir: jam iyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordam ida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va m uhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilam ing ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikm alarni malakaga aylantirish. 3. Adabiy til m e’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elem entlarni egallash. 4. Gramm atika, fonetika, leksikologiyadan nazariy m ateriallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. 5. O'quvchilarni o'qish va gram m atika darslari orqali badiiy, ilmiyom mabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko'nikm a va m alakalar darajasiga qo'yilgan asosiy talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. Boshlang'ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qism. Tushuntirish xatida ona tili predm etining tutgan o'rni, lining vazifalari ko'rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo'lim lardan tashkil topgan:
1. Savod о ‘/•garish va nutq о 'stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari о 'qish va nutq о ‘stirish.
3. fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.
Ularda o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar mazmuni va ularning bilim, ko'nikmalariga qo'yilgan talablar ko'rsatiladi: Har bir bo'lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, „Sinfda, sinfdan tashqari o'qish va nutq o'stirish" bo'limi „Sinfda o'qish", „Sinfdan tashqari o'qish", „O'qish mavzulari". „O'qish ko'nikmalari". „M atn ustida ishlash" kabi qismlarni o'z ichiga oladi.
Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o'zaro b o g '­ lanadi. Maktab ta ’limidagi har bir o ‘quv predmeti, shu jum ladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko'nikm a va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatan ham, ona tili o'qitish jarayonida bolalaming dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o'sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tom ondan rivojlanadi, xarakterida m a’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, m ehnat qilishga o'rganadi va hokazo. Pedagogika fani bolalarni har tom onlam a rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tom ondan ishlab beradi. Ona tili o'qitish metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan masalalarni ilmiy tom ondan ishlab bergan m a’lumotlariga tayanadi. Ona tili metodikasini umumiy pedagogika bilan bog'lash ayniqsa boshlang'ich sinflarda muhimdir. Kichik yoshdagi o'quvchilam ing jamoaviy va shaxsiy o'quv faoliyatida zarur bo'lgan ko'p odat va ko'nikmalari hali tarbiyalanmagan bo'ladi. Tashkilotcnilik, jam oa ishiga tez kirishish, e’tibor bilan eshitish, o'qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom bajarish kabi ko'nikm a va odatlar o'qituvchi va maktab tom onidan amalga oshirii|adigan umumpedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning hunga o'xshash nazariy va amaliy masalalarini pedagogika ishlab radi. O'qituvchi pedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona tiliga 'eatishni ta’lim-tarbiya jihatidan foyda keltiradigan qilib uyushtira di. Ona tili o'qitish metodikasi o'zbek tilining m a’lum qismini nazariy ^gallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so ‘z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Fonetika va fonologiya grafika bilan bog'liq holda savod o'rgatish metodikasini ishlashda, elem entar o'qish ko'nikmasini shakllantirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo qoidalarini o'zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi. Leksikologiyani bilish maktabda lug'at ishi (m a'nodosh va zid m a’noli so'zlarga oid xilma-xil mashqlar o'tkazish, ko'p m a’noli so‘zlar, ularning m a’no bo‘yoqlari ustida ishlash) ni to ‘g ‘ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
Hozirda o'quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi m etodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilm oqda, texnik vositalardan unum li foydalanish, gram m atik ta ’limiy o'yinlarni joriy etish keng tus olm oqda, ta ’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirm a va jadvallardan keng foydalangan holda m ashg'ulotlar uyushtirilmoqda. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ona tili o'quv fani sifatida shakllanib, rivojlanish ning murakkab yo'lini bosib o'tm oqda. O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali „Alifbe" hisoblanadi, unga qo'shim cha tarzda tarqatm a materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin. Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan m atnning qiyin o'rni oldin tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo’sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba’zi o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi. Oz komplektli maktablarda o'quvchilam ing mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o'qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. Shuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun ,,Alifbe“ga qo'shim cha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatm a m ateriallar muhim ahamiyatga ega. M ustaqil ish savod o'rgatish jarayonida o'qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o'qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o 'quvchi bajargan ishni sinfning o'zid a tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1 -sinf o'quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ish savod o'rgatish jarayonida o'qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o'qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o 'quvchi bajargan ishni sinfning o'zid a tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1 -sinf o'quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi. Savod o'rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predm etlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo'ljallab nuqtalar qo'yish, yotiq to'g'ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elem entlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Matnni tasvirlash. M atnni tasvirlash m atn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilam ing ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o'quvchilar aniq tasaw ur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. M atnni ikki xil tasvirlash mumkin:
1) so‘z bilan tasvirlash;
2) grafik tasvirlash.
So‘z bilan tasvirlash o'ziga xos murakkab ish turi bo'lib, unda m anzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So'z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o'quvchi matnni, undagi voqea sodir bo'lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko'rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So'z bilan tasvirlashda so'zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o'quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o'qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o'qituvchi m atnning m a’lum qismidan o'quvchilarga juda m a’qul bo'lgan manzarani so'z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga m uallif so'zini tanlashni ham da turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko'rinishini, voqea sodir bo'lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. M atnni so'z bilan tasvirlashga o'rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi m umkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o'zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o'qituvchining o'zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog'lanish, har bir bosqichdagi ishlaming mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. Birinchi sinfdan boshlab o'quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o'rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslami tashkil etish osonlashadi, chunki o'quvchilarda bu haqda ko'nikmalar hosil bo'la boradi. O'qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi m umkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o'zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o'qituvchining o'zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog'lanish, har bir bosqichdagi ishlaming mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. Birinchi sinfdan boshlab o'quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o'rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslami tashkil etish osonlashadi, chunki o'quvchilarda bu haqda ko'nikmalar hosil bo'la boradi. O'qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. O 'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan m ustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring“ , „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing“ , „Rasmni kuzating. U nda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing11 kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,0 ‘lkamda bahor“ mavzusida sujetli rasm berilgan. 0 ‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir 0‘quvchi 5 ta, ikkinchi o ‘quvchi 10 ta va hokazo so‘z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak, tol, o ‘rik, ko'ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o ‘t, gul, qo‘l, oyoq, quloq, ko ‘z, burun, yuz, og'iz, barmoq, bo‘yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o ‘quvchilarning e ’tibor bilan kuzatishga - kuzatuvchanlikka o‘rgatadi.



Yüklə 51,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin