1.2.ETNOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI VA ETNOS NAZARIYASI Har bir fan dastlab fakt va raqamlami to'playdi, keyin ulaming mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bo'lishi, zarur ma'lumotlar to'planishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir bo'ladi. Masalan, ayrim qo'shni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini o'rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo'shnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni o'matish, shuningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega bo'lish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari o'zlarini ulug'lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va bo'ysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qo'shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to'g'risida umumiy ma'lumotlar bilan bir qa"torda ba'zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi. Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama o'sha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik Ilmiy jamiyatlar. maxsus asarlar va to'plamlar paydo bo'ldi. Yangi fanning tashkil topishlda, shubhasiz, o'sha davrda tabiiy fanlarning gurkirab o'sishi, ayniqsa, fanda evolyutsiya g'oyaning g'alabasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'oya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq ma'lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga ko'tarilishini pog'onama-pog'ona aniqlab olish imkoniyati tug'ildi. Albatta, «Odam to'g'risidagi famming tez sur'atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bo'lib qolishi negizida asrlar davomida to'planib kelgan etnologik bilimlar,jahon xalqlari to'g'risidagi turli ma'lumotlar, har xiI tushuncha va nazariyalar yotadi. Bularning tarixini qisman bo'lsa ham bilib olishning o'zi muhim ahamiyat kasb etadi. Y ozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab 0 ',qishni hamda uzoq xalq va elatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qo'shni elatlar to'g'risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og'zaki ijodida ham to'qilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. avv. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv huiiatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirganjangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi to'g'risida nodir ma'lumotlami bizgacha yetkazganlar. Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va ko'payibgina qolmay, madaniyatning o'sishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari «Iliada» va «Odisseya»da yaqin qo'shni elatlar to'g'risida afsonaviy ma'lumotlar keltirilgan bo'lsa, keyingi asrlar davomida amalga oshgan greklarning «buyuk kolonizatsiya»si (mil.avv. VII-V asrlar)dan so'ng tevarak-atrofdagi xalqlar to'g'risidagi bilimlar doirasida juda kengayadi va boyiydi. Xususan, ana shu davrga mansub Gerodotning noyob etnologik ma'lumotlar bilan to'la mashhur 9 jilddan iborat bo'lgan tarixlkitoblari tadqiqiy xarakterga ega. Buyuk Iskandaming Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya g'arbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlaming turmush madaniyatini bilishdagi yangi bosqich bo'ldi. Bu davrda greklaming umumiy madaniy saviyasida ham shiddatli o'zgarishlar sodir bo'lib, fanning barcha sohalari gurkirab o'sdi. Ellinizm davrida grek madaniyati Sharqda Hindiston va Markaziy Osiyogacha, g'arbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlaming madaniyati bilan aralashib ketganligi bois, ular to'g'risida yangi ma'lumotlar to'plandi va ko'plab asarlar yozilgan. Ayrim xalqlarning geografik joylashuvi, mashg'uloti, siyosiy tuzumi, sud va qurol-aslahasi, harbiy, nikoh va oilaviy urfodatlari kabi muhim ma'lumotlar milodning I asrlarida yashagan Strabonning «Geografiya» nornli ensiklopedik asarida tanqidiy tarzda kel tirilgan. Afinalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofantning «Anabasis»ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz bO'ylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar to' g'risida juda ko 'p etnografik ma 'Iumotlar aks etgan. «Iskandaming yurishlari» nomli asarini yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar to'g'risida batafsil axborot yozib qoldirgan. Qadimgi davming buyuk mutafakkirlari - Aflotun va Arastu asarlarida afsonaviy Atlantida aholisi, qo'shni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi Elladaning ajoyib faylasufi materialist Demokrit asarlarida jahon adabiyotida birinchi marta insoniyat urug'ining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan o'z mehnati va idroki tufayli madaniy hayot tarziga o'tish jarayoni tasvirlangan. Tibbiyot fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gippokrat etnologik dalillarga tayanib xalqlaming urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan bog'liqligi to'g'risidagi dastlabki ilmiy mulohazalami ilgari surgan. lahon sivilizatsiyasida beqiyos o'rin tutganqadimgi Rim mutafakkirlarining asarlarida ham muhim etnologik ma'lumotlar, qimmatbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Shunday qilib, qadim zamonda yuqori madaniy saviyaga erishgan yevropaliklar boy etnologik bilimga ega bo'lganlar. Vlar O'rta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo, qisman uzoqroq joylardagi etnoslar to'g'risida aniq ma'lumotlar to'plashgan, bu xalqlarning maishiy turmushi, madaniy xususiyatlarini haqqoniy tasavvur qila bilganlar. Mazkur ma'lumotlardan ayrim olim va mutafakkirlar umumiy xulosalar chiqarib, ba'zi qonuniyat va o'xshashliklarni kashf qilganlar. Ayrim faylasuf olimlar xalqlarning kelib chiqish tafovuti, o'xshashligini ko'rsatibgina qolmay, ularning sababini izohlashga ham intilganlar. Qadimiy madaniyatning yemirilishi, madaniy darajali quyi qabilalarning hujumlari, xo'jalik va madaniy hayotning inqirozi milodning V-VI asrlarida geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib ketishiga sabab bo'ldi. Ilk feodalizm davrida Yevropada paydo bo'lgan siyosiy tarqoqlik hatto hukmron tabaqalar orasida ham bilimga qiziqishni, iImga intiIishni birmuncha so'ndirib yubordi. Bilimdonlik dunyoviy ilmlarga qarshi turgan ruhoniylar orasida saqlanib qolgan edi. Oqibatda o'rta asrlarning deyarli butun birinchi yarmi etnografik bilimlaming inqirozga uchragan davri bo'ldi. Bu inqirozga nasroniy dini ham «o'z hissasini» qo'shdi. Nasroniy maf'kurasi dunyoviy voqelikdan voz kechishni targ'ib qilibgina qoImay, ajdodlar yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va san'ati namunalarini, ibodatxona va obidalarni «majusiy» deb atab, vayron qildi, yo'qotib yubordi. Faqatgina sharq mamlakatlarida, Vizantiya mualliflari, arab xalifaligi tarkibidagi o'lkalarda yashagan mutafakkirlar va sayyohlar yaratgan asarlarda ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan xolos. Prokopiy Kesariyskiy, Gotlik Iordan, Anna Komina kabi mashhur tarixchilarning risolalarida, Titmar, Adam Bremenskiy, Gelmold kabi nemis cherkov yozuvchilarining solnomalarida qo'shni qabilalar to'g'risida etnologik lavhalar uchraydi . . IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualliflaridan ibn Xurdodbek, AI-Balxiy, AI-Istahriy, ibn Havqal, Mas'udiy, Yoqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning «HindistoD» asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Sa'd Abdukarim, ibn Muhammad Sa'moniy asarlarida hamda noma'lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi to'g'risida noyob etnologik ma'lumotlar aks etgan. Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutafakkir tarixchisi Rashididdinni (1247-1318) alohida qayd qilib o'tish 10- zim. Uning ajoyib solnomalar to'plamida turk va mo' g'ul qabilalari haqidajuda qimmatli tarixiy-etnografik ma'lumotlar mavjud. Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa ulug' ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin. Temur davlati, Movarounnahr va qo'shni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengsiz asari - «Boburnoma» alohida diqqatga sazovordir. Bu asar o'nlab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk o'zbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur ko'p o'lkalarni zabt etgan, boshidan o'tgan voqealarni, o'zi boshqargan yoki o'rgangan o'lkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha to'xtalib, qimmatbaho tarixiyetnografik manbalarni yozib qoldirgan. XV asr o'rtalaridan boshlangan «Buyuk geografik kashfiyotlar» etnologik axborotlarning keng miqyosda va tez sur'atlar bilan to'planishga sabab bo'ldi. Bu davr shaharlarning o'sishi, savdo munosabatlarining kengayishi, manufaktura xo'jaligining tug'ilishi va boshqa katta ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog'liq edi. Yangiyangi yerlarni bosib oJish maqsadida o'tkazilgan yurishlar, jasur dengizchilar va savdogarlarning, qaroqchi va mustamlakachilarning bepoyon okeanlarda suzishlari natijasi o'laroq Amerika qit'asini, Afrika sohillarini, lanubiy va lanubi-Sharqiy Osiyo o'lkalarini, Okeaniya arxipelagi va orollarini kashf etilishi yevropaliklarni ilgari noma'lum bo'lgan turli irq va tildagi xalqlar bilan tanishtirdi. Dastlab portugal va ispan sayyohlari, keyin golland, ingliz va fransuzlar dunyoning barcha qit'alarida bo'lib, yangi yerlarni kashf qilibgina qolmay,juda ko'p o'lka va elatlarni o'z izmlariga bo'ysundirib, mustamlakachilikka yo'l ochib berganlar. Kashf etilgan mamlakatlar va ularning ahoJisi to' g' risidagi birinchi ma 'lumotlar kema kundaliklarida va sayohatlar haqidagi hisobotlarda, keyinchalik ancha batafsil tuzilgan bayonnoma va sayohatnomalarda aks ettirilgan. XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy va J anubiy Amerika hindilari, Afrika va Osiyoning aksariyat xalqlari to'g'risidajuda boy ma'lumotlarga ega bo'lgan edi. Yevropaliklaming avvalgi tevarak-atrofdagi yurt va elatlar to'g'risidagi tasa vvurlari ancha kengaydi. Missioner va konkistadorlaming1 ko'z o'ngida g'oyat boy o'rmonlar, serunum tuproqli bepoyon sahro va cho'llar, turli iqlimli va rang-barang tabiatli o'lkalar, noma'lum g'ayri odat, til va irqdagi xalqlar paydo bo'lgan edi. Ularning makon va fazo to'g'risidagi tushunchalari ham but un lay o'zgarib ketgan edi_ Endilikda yevropaliklaming nazdida dunyo deyarli o'n hissa kengaygan, yer kurrasi butunlashib yaxlit sayyora shaklida namoyon bo'ldi. Yevropaliklar jismoniy tuzilishi, kiyim-kechak, turmush tarzi, diniy e'tiqodi, til va urf-odatlarijihatidan mutlaqo farqlanadigan . «g'alati» kishilarni uchratdilar, yangicha hayot tarziga, noan'anaviy madaniyatga katta e'tibor qaratdilar5.