Kirish I bob. Etnografiya haqida umumiy tushuncha va yevropa miqyosida o`rganilish tarixi



Yüklə 259,92 Kb.
səhifə5/10
tarix05.07.2023
ölçüsü259,92 Kb.
#135705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yevropa xalqlari etnografiyasi

I bob bo`yicha xulosalar
Oʻtgan bir yarim asrlik davrda etnologiya fani murakkab, ayni paytda yuksalish bosqichini bosib o‘tdi. G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari va AQSHda fan ijtimoiy yoki madaniy antropologiya nomini oldi. Uning tarixi faqat yangi etnologiya ma’lumotlarini to‘plash bo‘lmasdan, qizg‘in bahslar, turli manbalar va yo‘nalishlar orasidagi kurash ham boigan. Dunyoga yangi tadqiqotchilar - qator ilmiy yo‘nalishlami yaratgan olimlar nomlari keng jamoatchilikka m aium boidi. Ulardan asli polshalik ingliz olimi B.K. Malinovskiy, ingliz A.R. Redklif-Braun, amerikalik F.Boas, fransuz K.Levi-Stross, rossiyalik S.R Tolstov va boshqalar o‘zlaridan ajoyib asarlar qoldirganlar. 0 ‘zining faoliyati davrida etnologiya insoniyatni dunyoning rangbarang madaniyati haqidagi m aium otlar bilan boyitdi. Xususan, tropik yoki «Qora Afrika» uzoq payt geografik va etnografik jihatdan o'rganilmay keigan. Lekin turli sayohatchilar va olimlar ekspeditsiyalari: ingliz D.Livingston (1840), amerikalik G.Stenli (1871), nemis L.Frobenius (1903), ingliz B.Devidson (1940) va boshqalar Afrikaning qadimgi va zamonaviy madaniyatlarini ochishdi Dunyo xalqlari bir necha ming boigani sababli ular haqidagi nisbatan aniq va to iiq manzarani faqat m aium jihatdan guruhlashtirilgan va tizimlashtirilgan ma`lumotlar bera oladi, xolos. Etnologiyada qator klassifikatsiyalardan foydalanib, ularning yigindisi murakkab hodisa - etnosni tavsiflash, yer yuzidagi har bir etnosning o‘z o‘mini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Bu borada shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy etnologik tavsif - xalqlar hayotidan turli qiziqarli va g‘ayriodatiy m aium otlam i tartibsiz keltirish emas. Har qanday fan, jumladan, etnologiya ham o‘zining ilmiy tili - maxsus atama va tushunchalaming butun bir tizimini yaratib, ularning yordamida turli hodisa va jarayonlaming tavsifi, tahlilini hamda klassifikatsiyasini beradi. Ayrim atama va tushunchalar ushbu qoilanm ada keltiriladi.


2.1.YEVROPA XALQLARI ETNOLOGIYANING ASOSIY MAKTABLARI V A YO'NALISHLARI
Har bir fan o'ziga xos uslub, konsepsiya, maktab va yo'nalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xiI maktab va yo'nalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr o'rtalarida nihoyatda keng miqyosda o'tkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida to'plangan boy ma'lumotlarnijiddiy sistemalashtirishga kirishish,jahon fanida paydo bo'lgan evolyutsionizm, diffuzionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy YO'nalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta'sir o'tkazgan. Etnologiya faniga birinchi bo'lib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilrniy ko'rsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan o'tgan evolyutsionistik tasavvurlar eng keng tarqalgan nazariya hisoblanadi, shuningdek, XIX asr etnologiya fanida insoniyat madaniyati rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning o'ziga xosligini aniqlashga imkon yaratganligi alohida ta'kidlanadi. Mazkur maktab namoyandalari Angliyada Gerbert Spenser, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada AdolfBastian, Teador Bays, Fransiyada Shad Leturno, AQSHda Lyus Genri Morgan o'z qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan etnologiya faniga salmoqli hissa qo'shdilar, yangi g'oyalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar. Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) o'zining «Insoniyatning qadimgi tarixi to'g'risidagi tadqiqob> (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion konsepsiyasini ilgari surgan. Uning eng muhim g'oyasi - odam tabiatning bir qismi va u tabiatga xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi. Demak, barcha insonlar psixologik va intellektual jihatdan bir xiI tabiatli va ular nafaqat o'ziga xos, balki umumiy xususiyatlarga ega madaniyatni yaratganlar. Barcha madaniy hodisalardan Teylorning diqqatini ibtidoiy diniy e'tiqodlar jalb qilgan. Uning ta'rificha, barcha insonlar bir xilda rivojlanib, ibtidoiy davrlardan umumiylikka ega bo'lgan ruhiy olamni yaratganlar. Natijada ilk bora yuzaga kelgan dinlardan animistik tasavvurlar hosil bo'lgan. U bunday tasavvurlar «yovvoyi» kishilarning tabiat sirlarini, tush, uyqu, kasallik, o'lim kabi hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilganligi tufayli paydo bo'lgan dastlabki falsafiy mushohadalarning mahsuli deb hisoblaydi. Odamlar ibtidoiy tushunchalarini tabiat bilan bog'lab oddiylikdan murakkablasha borayotgan tasavvurlarning rivojini mavjud hodisalarga qiyoslab bergan. U jonga va arvohlarga ishonish (animizm) e'tiqodini «din minimumi», deb ataydi. «Animizm, - deb yozadi Teylor - aslida barcha vahshiy va madaniy xalqlar falsafasining negizini tashkil qiladi». Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820- 1908), jamiyat va odamzod ichki va tashqi omillar ta'sirida rivojlanadi, degan g'oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qo'shni jamiyat va xalqlar, ichki omilga - odamning irqiy tuzilishi, tabiati, va ruhiyatining o'ziga xosligi kiradi. Spenser nsoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog'lab insonning kamol topishini uning tug'ma qobiliyati bilan bog'laydi. Va lekin tug'ma tabiat abadiy emas, u takomillashish xususiyatiga ega. Spenser evolyutsiya g'oyasini bir yoqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar go'yo jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta'rif beradi. Germaniyada etnologiya fani va evolyutsionizm ta'lichopqi asos solgan Adolf Bastian (1826-1925) yirik ta'limotchi va etnologiya fani tashkilotchisi bo'lib tanilgan. U jahonning turli mintaqasida to'qqiz marta o'tkazilgan ekspeditsiyalari natijasida juda ko'p etnografik materiallar to'plab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bo'lgan. Bastianning eng asosiy bosh g'oyasi shundan iborat ediki, barcha e1atlar umumiy dunyoqarashga ega bo'lib, oddiylikdan murakkablikka o'tish evolyutsiyasidan iborat. Etnologiya faniga evolyutsionizmni tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi o'z zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi nazariyadan ko'proq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi - iroxezlar va boshqa qabilalarni o'rganishga bag'ishlangan asarlarida mazmunli va ko'p qirrali g'oyalarni ko'tarib chiqdi. Bu tashabbuskor etnolog olim o'zining asosiy nazariy tushunchalari va g'oyalarini «Qadimgi jamiyat» (1877) nomli asarida bayon etgan. Unda muallifuchta eng muhim etnologik muammolarni hal qilgan: insoniyat tarixida ibtidoiy urug'chilik tuzumining o'rni va ahamiyati, oila-nikoh munosabatlarining shakllanish tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirish masalalari. Morganning ta'rificha, urug'chilik jamoasi qadimgi ijtimoiy tuzumlar - osiyolik, yevropalik, afrikalik, amerikalik va avstraliyaliklarning barchasida umumiy xarakterga ega. Uning taklif qilgan davrlashtirish ta'limoti etnografik, tarixiy va arxeologik ma'lumotlarni yaxlitlab, har bir xalqning umuminsoniy tarixdagi o'z o'rnini aniqlashga imkon berdi. L.Morganning asarlari evolyutsionizm nazariyasining ijobiy tomonlarini to'ldiribgina qolmay, u insonlar tarixini haqqoniy o'rganishga xizmat qildi va yuqori darajaga ko'tardi. Rus etnograflari ichida ham evolyutsionizm nazariyasi keng tarqalgan. Ular ham Yevropa va Amerika evolyutsion maktab vakillari (J. Lyobbok, M. Lennan, E. Teylor, A. Bastian, L. Morgan)- ning asarlari orqali o'z tarixini, nikoh-oila munosabatlari va din tarixini o'rganishga, tadqiq qilishga intilganlar. Bundan tashqari, mazkur etnologiya klassiklarining asarlarini qisqa muddat ichida rus tilida nashr etilishi Rossiyada o'sha davrda yangi fanga qiziqish kuchayganligidan, har xiI nazariy YO'nalishlarni tarqalishiga imkoniyat tug'ilganligidan dalolat beradi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa etnologiyasida ilg' or evolyutsion g'oyalardan qaytish ro'y beradi va fanga xilof g'ayriilmiy nazariya va YO'nalishlar paydo bo'ladi. Bu davrda, ayniqsa, birinchi jahon urushi arafasida mustamlaka va bozorlar uchun kurash, ijtimoiy ziddiyatlar va ozodlik harakatlari avj olgan edi. Bunday sharoitda hukmron sinflar bir xalqning ikkinchi bir xalq ustidan hukmronligini, bosqinchilik va mustamlakachilikni, ekspluatatsiya va zulmni oqlaydigan va qo'llab-quvvatlaydigan g'oyalarga ehtiyoj sezar edi. Ko'pgina g'arb tadqiqotchilari, shujumladan, etnologlar ham, o'z faoliyatini monopoliyalar manfaatiga, mustamlakachilik idora usuli vazifalariga moslab olib borganlar. Hozir Yevropa va Shimoliy Amerikada etnologiya fani umumiy vazifa va maqsadlarni aniq tushuna olmasligi, tadqiqot metodlarining xilma-xilligi va ilmiy muammolarning ko'pligi tufayli nazariy chalkashliklarga duch kelmoqda. Bu hududlarda etnografiya fani hamon ikkiga ajralgan bo'lib, o'lkashunoslik vazifasini ado etuvchi (o'z xalqini o'rganish sohasi) va boshqa yot (asosan, Yevropadan tashqaridagi) xalqlarni o'rganish sohasidan iboratdir. O'tgan asrning 0 'rtalaridan boshlab Shimoliy Amerikada madaniy relyativizm va qayta tiklangan evolyutsionizmning yangi turlari (neoevolyutsionizm), tarixiylikka ko'r-ko'rona ravishda yondashish va hatto taraqqiyparvar olimlarning g'oyalariga yaqinlashish an'anasi kuchayadi. Atoqli rus etnologi Yu.P. Averkiyeva «1960- yillarda anti-evolyutsionizm urfdan chiqib, ilgarigi evolyutsionizm tanqidchilari endi o'zlari doim evolyutsionist bo'lganliklarini aytib, faqat o'tgan asr evolyutsionizmning asossiz amaliy aqidalarini tanqid qilib kelganliklariga ilmiy jamoatchilikni ishontirishga intiladilar» - deb yozadi. AQSHda 1963 va 1964-yillarda L. Morganning «Qadimgijamiyat» asari yangi nashrda chiqishi bunga dalildir. Funksionalistik, diffuzionistik va boshqa eski «izm»larning qurama g'oyalaridan paydo bo'lgan neoevolyutsionizm asli yangi zamon etnologiyasi nazariyasining oxirgi so'zidir. Madaniy relyativizmning boshqa eng yirik namoyandasi antropolog Melvill Xerskovits har bir xalq madaniyatini nisbiy, mustaqil deb hisoblab, umumiy, masalan, Yevropa-Amerika qiymatlilik sistemasini, o'ziga xos madaniy xususiyatlarini inkor qiladi. Ayrim madaniyatning nisbiyligini tan olish bilan birga insoniyatga xos umumaxloq mezonlari ham nisbiy (relyativ) xarakterga ega, xalqlar madaniyati orasidagi ba'zi o'xshashliklar ham mustaqil, yaxlit insoniyat taraqqiyoti yo'q, deb da'vo qiladi. Uning ta'rificha, hozirgi Yevropa-Amerika madaniyatining asosiy belgisi texnologiya, o'rta asr Yevropasida supernaturalizm, ya 'ni diniy mafkuraning hukmronligi, hozirgi melaneziyaliklarda ijtimoiy «prestij», Hindistonda sigirga sig'inish kabilar mazkur xalqlarning madaniy xususiyatlarini ifodalaydi. Neoevolyutsionizm g'oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli Uayt (struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strkutrasi)ni simvollar tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi6. Uning ta'rificha, real yaxlit borliq sifatida madaniyatni emas, balki uning strukturasidan sun'iy ravishda ajratib olingan ayrim qismlarni, masalan, qarindoshlik terminologiyasi, folklor, mifologiya, taom tayyorlash va hokazolarni tadqiq qilish zarur, Levi-Stross asarlarining nomlari Bu ishda maxsus qishloq tarzidagi ochiqjoylarda tiklangan etnografik muzeylar muhim rol o'ynamoqda. Etnologiya fani qator Yevropa mamlakatlarida yangi ilg'or g'oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga aylandi va tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. U g'oyaviy jihatdan obyektiv metodga asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflaming paydo bo'lishi, an'anaviy moddiy va ma'naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolami keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan. Etnologik tadqiqotlar muntazam ravishda ko'p mamlakatlarda boshqa yaqin fan sohalari, ayniqsa, sotsiologiya bilan hamkorlikda davlat siyosatiga muvofiq ilmiy kadrlami bir maqsad yo'lida katta muammolar tevaragiga jipslashtirgan holda olib borilmoqda. Ayrim mamlakatlarda an'anaviy o'lkashunoslik doirasidan chiqilib, boshqa xalqlami o'rganishga o'tish jarayoni sezilmoqda7. Xususan, Polshada «o'zbeklar» nomli monografiya yaratilgan. Germaniyada etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy kadrlarning bir qismi natsizm tuzumi davrida halok bo'lganligi, bir qismi chet ellarga qochganligi tufayli fashistik mafkura qoldiqlariga qarshi kurash olib borish barobarida rivojlandi. Barcha Yevropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va muzeylar doirasida markazlash tirilgan. Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog'onaga ko'targan vajahon etnologiya fanida o'ziga xos obro'ga ega bo'lgan maktabning paydo bo 'lishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P. Tolstov nomi bilan bevosita bog'liqdir. U etnografiya faninijahon ilm sahnasiga ko'tarib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yo'lida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P. Tolstov etnografiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyaparini o'rganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bo'lgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta'kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo'lgan S.P. Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishdagi katta xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnikjarayonni o'rganishga alohida e'tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste'dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P. Tolstov bilan birga ish lagan atoqli tadqiqotchilar: P.1. Kushner, 1.1. Potexin, L.P. Potapov, G.F. Debes, M.O. Kosven, S.A. Tokarev, M.G. Levin, N.N. Cheboksarov, B.O. Dolgix, D.A. Olderogge, N.A. Kislyakov, T.A. Jdanno bo'ldilar. So'nggi yillarda yetishib chiqqan va etnografiya fanining rivojiga salmoqli hissa qo'shgan tadqiqotchilar Vu. V. Bromley, Vu. P. Averkiyeva, S.1. Bruk, V.P. Alekseyev, V.I. Kozlov, F.F. Its, G.E. Markov, B.A. Andrianov, V.K. Chistov, S.I. Vaynshteyn, R.K. Kuzeyev, V.V. Ginzburg, M.V. Kryukov, R.N. Ismagilova, Yu.V. Arutyunyan, Yu.I. Semenov, N.A. Butinov, S. Kamolov, K. Shoniyozovlar o'zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar.Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda kO'plab iste'dodli olimlar milliy etnologiya fanini o'z asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni hal qilishda o'zlarining muayyan hissalarini qo'shib kelmoqdala8r.


Yüklə 259,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin