Kirish i-bob. Foyda va unga ta'sir etuvchi omillar


Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi



Yüklə 53,86 Kb.
səhifə3/9
tarix23.05.2023
ölçüsü53,86 Kb.
#120290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Туйчиев Диер

Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 × 1000) ga teng bo’ladi.

Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o’rin tutadi.

Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.

Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo’ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon-bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o’rtasidagi farqdan iborat: Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi;
2)ulgurji narxlar darajasi.

Yüklə 53,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin