Kirish i-bob. Foyda va unga ta'sir etuvchi omillar


Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir



Yüklə 53,86 Kb.
səhifə4/9
tarix23.05.2023
ölçüsü53,86 Kb.
#120290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Туйчиев Диер

Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo’yicha hisoblash mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblab chiqamiz. Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko’p jihatdan tejakorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog’liq. Shunga ko’ra, 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida tannarxni pasaytirishga oid quyidagi kompleks chora-tadbirlar ham belgilangan: «…qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. Shu maqsadda 2008 yili xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyotimizdagi etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish lozim»

Tovar qiymati va narxining nisbati TO’G’IRLANG


Foyda
Tannarx

N5


N4
Qiymat N3
N2
N1
Chizmadan ko’rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o’rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o’rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o’zini-o’zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo’lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo’ladi. To’rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo’lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o’rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko’proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati va narxi orqali aniqroq ifodalash mumkin: N1 q 500 so’m; N2 q 600 so’m; N3 q 800 so’m; N4 q 1000 so’m; N5 q 1200 so’m.

Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-chizma). QANI BU CHIZMA QARANG ETIBOR BERING. YILLARI ESKI
Chizmadan ko’rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to’lovlar amalga oshiriladi. Bu to’lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag’lari uchun to’lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga soliqlar to’laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag’lar kiritadilar. Mablag’larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg’arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Yüklə 53,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin