Kirish i-bob. Linux operatsion tizimi haqida. Linux distributivalari


I-BOB. LINUX OPERATSION TIZIMI HAQIDA. LINUX DISTRIBUTIVALARI



Yüklə 162,62 Kb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü162,62 Kb.
#169087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
. LINUX OPERATSION TIZIMI HAQIDA. LINUX DISTRIBUTIVALARI

I-BOB. LINUX OPERATSION TIZIMI HAQIDA. LINUX DISTRIBUTIVALARI

1.1. Linux operatsion tizimi haqida


Operatsion tizim - bu bir-biri bilan bog'langan tizimli dasturlar majmuasidir, uning maqsadi foydalanuvchilarning kompyuter bilan o'zaro aloqasini va boshqa barcha dasturlarning bajarilishini tashkil etishdir.
Operatsion tizim kompyuter uskunalari va foydalanuvchi bajariladigan dasturlar o'rtasida bog'lovchi vazifasini bajaradi.
Dunyodagi eng mashhur operatsion tizimlar Microsoft koorporatsiyasidan taklif qilingan va qo’llab quvatlanadigan Windows operatsion tizimidir. Uning barcha foydalanuvchilar operatsion tizimlari orasidagi o'rtacha ulushi 90%dan ko’proqni tashkil qiladi. Ko'pchilik foydalanuvchilar kompyuterda ishlash uchun Windows operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Hamma foydalanuvchilar ham muqobil yoki boshqa operatsion tizimlar haqida bilishmaydi, lekin oxirgi besh yillikda foydalanuvchilar, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasida ta’lim oluvchi talabalar va ishlovchi xodimlar Linux operatsion tizimidan foydalanishga o’tishmoqda.
Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog’iga joylashtirishi natijasida tеz orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT turli mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo'lib, ochiq kodli operatsion tizim bo'lib, internet mahsuloti hisoblanadi.
OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo'lib, ma'lumotlarni saqlash va printer, ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya qurilmalariga interfeysni ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat: yadro va tizim dasturlari. Yadro kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun CPU, qattiq diskdan, tezkor hotira kabi mashina resurslarini taqsimlab beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi topshiriqlarni, klient/server qismiga oid vazifalarni bajaradi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir.
So'ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OTning innovatsion mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo'lib kelmoqda. Linux OT ning avzalliklari:
Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng ko'lamda ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, administratsiyalash, grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan avzal hisoblanadi. Dunyoning yirik kompaniyalari Linux ilovalarining doimiy yangilab borishini, Linuxning yadrosiga doimiy qo'shimchalar kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan IBM kompaniyasi Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX standartining barcha talablariga javob beradi.
Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson ulanishi bilan ajralib turadi.
Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan foydalana olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki uning kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson or'natilishi va tezda ishga tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java ni qo'llab quvatlovchi ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Mozilla, Thunderbird, Firefox ham ular qatorig kiradi.
Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki, Apple (PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan mashinalar, 64 bitli tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun mo'ljallangan. Linux ko'pprotsessorli hisoblash mashinalarida ishlaydi.
Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo'ljallangan dasturlarni, Linux muhitida ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini qo'llab quvatlaydi. Emulyator yordamida DOS, Windows va Macintosh dasturlarini Linux ostida ishlatishni ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur bo'lgan Wine Unix/Linux oilasiga mansub bo'lgan x86 arxitekturali tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli ilovalarini ishlatishni amalga oshirib beradi.
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash mashinalarida ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 95 foizi C dasturlash tilida yozilgan bo'lib, hisoblash mashinasiga bo'g'liq bo'lmagan dasturlash tili hisoblanadi.
Linux portativ hisoblangani uchun, turli xil hisoblash mashinalarning asosiy talablariga to'liq javob bergan holda moslashadi. Masalan Linux mobil telefonlar, Televizor kabel qurilmalari kontrollerlariga o'rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi qattiq disk bilan tez ishlashi uning ustunligi hisoblanadi. Linux OT ko'pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
Linux ОT Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).

Yüklə 162,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin