Kirish i-bob. Linux operatsion tizimi haqida. Linux distributivalari


Linuxni xotira qurilmasidan yuklash



Yüklə 162,62 Kb.
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü162,62 Kb.
#169087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
. LINUX OPERATSION TIZIMI HAQIDA. LINUX DISTRIBUTIVALARI

Linuxni xotira qurilmasidan yuklash
Quyidagi qadamlar ketma-ketligida Linuxning Ubuntu distributivini o’rnatish qadamlari keltirilgan.Komyuterni qayta ishga tushirish jarayonida BIOS tizimiga kirib(har xil komyuterlarda Esc, F2, F3, Del tugmalari bilan), asosiy yuklash vositasi sifatida Linuxni o’rnatishga tayyorlangan USB-disk yoki CD yoki DVD yuritgichni tanlanadi. BIOSdagi o’zgarishlarni saqlab,undan F10 tugmasi bilan chiqib ketish mumkin.Bunda komyuter qayta yuklanib, tanlangan xotira qurilmasidan Linuxni o’rnatish jarayoni boshlanadi.O’rnatish jarayoni qaysi tilda davom ettirilishini tanlashni taklif qiluvchi quyidagi oyna ochiladi:

Agar Linux Ubuntuni o’rnatmasdan ishlatib ko’rish yoki uni sinab ko’rish kerak bo’lsa, «Запустить Ubuntu без установки» bo’limi tanlanadi. Operatsion tizimni qattiq diskga o’rnatishni boshlash uchun menyudan «Установить Ubuntu» bo’limi tanlanadi va Linux Ubuntu o'rnatuvchisi ishga tushadi. Birinchi ochiladigan oynadan, o’rnatilayotgan operatsion tizim tili tanlanishi kerak, bunda oldindan tanlangan til belilangan bo’ladi.


«Продолжить»tugmasi bosiladi va klaviatura raskladkalarini tanlashni taklif etuvchi quyidagi oyna ochiladi.

Klaviatura raskladkalari oldingi oynalarda tanlangan tillarga mos ravishda tanlangan bo’ladi. «Продолжить» tugmasi bosiladi va tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash imkoniyatini beruvchi oynaga o’tiladi.


Bu oynada o'rnatmoqchi bo'lgan tizim tarkibida o’rnatilishi mumkin bo’lgan dastur va ilovalarni tanlash kerak. Buning uchun dasturiy ta'minotlarni o'rnatishning quyidagi rejimlari taklif qilinadi:
“Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) - bu standart ilovalar to'plamiga ega tizimni o'rnatish. Oddiy kompyuter foydalanuvchilari uchun tavsiya etiladi, chunki bu holda ishlash uchun zarur bo'lgan barcha dasturlar avtomatik ravishda o'rnatiladi;
“Минимальная установка”(Minimal o'rnatish) - bu minimal ilovalar to'plamiga ega tizimni o'rnatish. Agar faqat asosiy yordamchi dasturlarga ega bo'lgan toza tizimni o’rnatish kerak bo’lsa, ushbu rejimdan foydalanish mumkin, bunda boshqa barcha ilovalar alohida o’rnatilishi kerak bo’ladi. Bu rejim tizimni o'zi uchun sozlashni yoqtiradiganlar uchun, ya'ni faqat uziga kerak bo'lgan ilovalarni o'rnatishni xoxlovchilar uchun tavsiya etiladi.
Ko’p xollarda “Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) rejimini tanlab, Internetga kirish imkoni bo'lsa, «Загрузить обновления во время установки Ubuntu»(Ubuntuni o'rnatish paytida yangilanishlarni yuklab olish) bayroqchasini belgilab, «Продолжить» tugmasi bosiladi.
Qattiq diskda tizim uchun bo’limlar ajratish
Keyingi qadamda, kerakli bo'limlar yaratilishi kerak. Ushbu bo’limda Linux Ubuntuni qattiq disk bo'sh bo’lganda, unda bo’limlar ajratib o’rnatish ko’rsatilgan. Barcha kerakli amallar qo'lda bajariladi. Ya’ni tizimni o’rnatuvchiga qattiq diskda bo'limlar yaratish va ularning hajmini belgilash imkoniyati beriladi. Buning uchun oynadan «Другой вариант» bandini tanlash kerak.
Shu bilan birga, bu oynada diskni qo'lda bo'lish bilan ovora bo'lishni xohlamasdan, o'rnatish dasturi yordamida qattiq diskni avtomatik ravishda bo’limlarga ajrataish imkoniyatini beruvchi «Стереть диск и установить Ubuntu» (Diskni o'chiring va Ubuntuni o'rnating) variantini xam tanlash mumkin.
Agar kompyuterda allaqachon o'rnatilgan tizim bo'lsa, o'rnatuvchi dastur yana bir nechta variantlarni taklif qilishi mumkin, masalan: «Переустановить систему»(Tizimni qayta o'rnatish), «Удалить систему и совершить переустановку»(Tizimni olib tashlash va qayta o'rnatish) va «Установить Ubuntu рядом с уже установленной системой»(Ubuntuni o'rnatilgan tizim yonida o'rnatish-bunda kompyuter yoqilganda, qaysi tizimni yuklashni tanlash mumkin).
Tizimni o’rnatish «Другой вариант» bandini tanlab, «Продолжить» tugmasini bosish bilan davom ettiriladi.
Odatda bo'sh qattiq diskda bo'limlar bo’lmaydi, shuning uchun ularni yaratish kerak. Buning uchun keying oynada «Новая таблица разделов»(Yangi bo'lim jadvali) tugmasi bosiladi.
O'rnatish dasturi yangi bo'lim yaratilishini va bu diskdagi mavjud barcha bo'limlar o'chirilishini ogohlantiradi, bo'sh qattiq disk holatida bo'limlar bo’lmaydi, shuning uchun keying oynada «Продолжить» tugmasi bosiladi.

Keyingi oynada yangi bo'lim yaratish uchun «Свободное место» bo’limini tanlab + belgisi bosiladi.


Birinchidan, tizimning o'zi uchun tizim bo'limi (ildiz bo'limi) yaratilishi kerak. Buning uchun keyingi ochiladigan oynada quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatamiz:


Размер(Hajmi) - ildiz bo'limi uchun kamida 10-15 Gigabayt hajm ko'rsatish kerak, lekin ko'proq, masalan, 50 Gigabaytni ko'rsatish yanada yaxshiroq;
Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - "Первичный" varianti tanlanadi;
Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало этого пространства" varianti tanlanadi;
Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimini tanlash tavsiya etiladi, chunki bu fayl tizimi ildiz bo'limiga eng mos keladi;
Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - ildiz bo'limi uchun "/" belgisini qo'ying va "OK" tugmasi bosiladi.

Tizim bo'limi yaratiladi, endi foydalanuvchi ma'lumotlari saqlab turish uchun alohida bo'lim yaratilishi kerak. Bu bo’lim tizimni qayta o'rnatishda yoki hatto Linux distributivi o'zgartirilayotganda, foydalanuvchining barcha shaxsiy ma'lumotlarini (hujjatlar, rasmlar, videolar) o'z joyida saqlab qolish uchun kerak bo’ladi.Buning uchun, oynada «Свободное место» bo’limini tanlab yana + belgisi bosiladi va ochiladigan oynada quyidagi ma’lumotlar kiritiladi.


Размер(Hajmi) - iloji boricha ko’proq, boshqacha qilib aytganda, qolgan hamma bo’sh joyni ko'rsatish mumkin;;
Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - " Логический" varianti tanlanadi;
Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало этого пространства" varianti tanlanadi;
Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimi tanlanadi;
Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - bo'limi uchun "/home" yozuvi kiritiladi va "OK" tugmasi bosiladi.
Shu yo’l bilan qattiq diskda Tizim fayllari va foydalanuvchi ma’lumotlari uchun ikkita bo’laklar yaratiladi, endi distributivni o'rnatishni boshlash mumkin. Buning uchun «Установить сейчас» tugmasini bosing.

Shundan keyin, Ubuntu o'rnatuvchisi diskdagi barcha o'zgarishlarni saqlashni so'raydi aynan shu joygacha oldin qilingan barcha ammalarni bekor qilish mumkin, tizimni o’rnatishni davom ettirish uchun «Продолжить» tugmasini bosish kerak.


Shundan so'ng, vaqt mintaqasini tanlash taklif etiladi,kerakli mintaqa tanlanib, «Продолжить» tugmasi bosiladi.
Keyingi qadamda tizim foydalanuvchilari yaratilishi kerak. Ochiladigan oynada foydalanuvchi ma’lumotlari: Ismi, kompyuter nomi, login, parol kiritiladi va tasdiqlanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan «Требовать пароль для входа в систему»(Kirish uchun parolni talab qilish) bayroqchasi-parametrini yoqilgan holda qoldirish tavsiya qilinadi. Agar har safar tizimga kirilganda parolni kiritish ehtiyoji bo’lmasa, «Входить в систему автоматически»(tizimga avtomatik kirish) bandini tanlash mumkin (kompyuterdan aniq faqat bitta foydalanuvchi foydalangan holda tavsiya etiladi).
Ma'lumotni kiriting va «Продолжить» tugmasini bosing.
Linux Ubuntuni o'rnatish jarayoni boshlanadi va taxminan 10-15 daqiqa davom etadi.
Tizimni o’rnatish quyidagi xabar oynasi paydo bo’lganda tugallanadi.

«Перезагрузить»(Qayta ishga tushirish) tugmasini bosish bilan yangi o’rnatilgan tizimni qaytadan yuklash mumkin.Yangi o’rnatilgan tizim ish stoli quyidagi ko’rinishga ega:





Yüklə 162,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin