Kirish I. Bob maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakal) sifallarini tarbiyalash


O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə3/7
tarix26.01.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#81039
1   2   3   4   5   6   7
Norboyev Anvar

1.2.O‘qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari
Harakatga o‘rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa hayot uchun kerakli malaka za ko‘nikmalarni osondan qiyin didaktik prinsipi asosida, ketma-ketlikda, asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya haqida eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiyena qoidalari talablariga bo‘ysunishga o‘rgatiladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bola jismoniy tarbiyasi umumiy o‘qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi va o‘qitishning kuyidagi — onglilik va faollik, ko‘rgazmalik, kuchiga yarashalik va individuallashtirish, sistemalilik, talabalarini oshirish prinsiplariga tayanadi.
Bolani harakatga o‘rgatishda:
a) ko‘rgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak bo‘lgan harakat, ko‘rgazmali kurol orqali ko‘rsatiladi, taqlid qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish uchun mo‘ljal beriladi.
b) so‘z yordamida ko‘rsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish, so‘rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi.
v) mashk qilish uslubiyati - harakatni bajarish shartini o‘zgartirmasdan va o‘zgartirib bajarishdan foydalaniladi.
d) o‘yin va musobaka uslubiyati...
Ko‘rgazmalilik uslubiyati hamma yoshdagi guruhlarda yoshning katta-kichikligiga, harakat malakasi zahirasining ko‘p yoki ozligiga qarab qo‘llashning mezoni belgilanadi.
Eng kichik yoshdagilarda harakat malakasi zahirasi kam bo‘lib, ularda mashqlar haqida tasavvur xrsil qilish juda qiyin bo‘ladi. Mashqga o‘rgatish uchun ko‘rgazmalik uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi. Jismoniy mashklarni ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali kurol, rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashg‘ulot paytida mashk texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga o‘rgatishda taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda o‘sha harakatni hayvonlar, kushlar va boshka jonivorlar harakati misolida o‘qitish bolalarda obraziga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va taʼlim jarayonini faollashtiradi.
Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo‘lsa shunchalik qiziqib bajaradilar. Bu yoshdagilarga ko‘rish va jismlarga qarab mo‘ljal olish, qobiliyatini o‘stirishni ahamiyati katta. U o‘z navbatida bajarilishi kiyin jismoniy mashklarni bajarishni osonlashtiradi. Masalan: baland osib qo‘yilgan jismdan oshirib uloqtirish, bunda tana orkaga bukiladi, tananing og‘irligi orqada turgan oyokka yuklanadi, yoki sakrab, osib qo‘yilgan! Buyumga yetish, o‘yinchoqlar, boshqa jismlar ilib ko‘yib bajartirishni samarasi yuqori bo‘ladi.
Bolalarni mashqlarini qo‘rkmay bajarishga o‘rgatish muhimdir. Harakat malakasini shakllantirishda ritm, tempni his kildirish, ko‘pik, aytishuv bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga musiqa tavsiya qilinadi.
So‘zdan foydalanish uslubiyati. Bolada jismoniy mashk haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish o‘ni ko‘z oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik va so‘z yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qo‘shib olib borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshillshsh bilan yoki yozilganlarini ko‘rishi, eshitishi bilan mashklarni qiynalmasdan bajara olish malakasiga eta bo‘la boshlaydilar. Tushunarliroq bo‘lgan so‘z iboralari bilan: kuyonga o‘xshab sakraymiz, qarg‘aga o‘xshab...
Bolalar kanchalik harakat malakasi tajribasiga boy bo‘lsa, ularga jismoniy mashq o‘rgatishda so‘z bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonrok bo‘ladi. So‘zni xarakteri o‘rganishni har xil etapida turlicha bo‘lishi lozim. O‘rgatishni boshlanishida harakat to‘lik tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa ko‘rsatma berishlari bilan almashinadi. Ko‘rsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni to‘g‘irlash va ogohlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va ko‘rsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, tugallash, uni surʼatini aniqlash, ritmini, harakatga yo‘nalish berish uchun qo‘llaniladi. Gimnastikada qabul qilingan eng oddiy buyruklar, mashq musiqasiz bajarila boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin. Ko‘rsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda ko‘proq foydalaniladi. Ko‘pchilik jismoniy mashklar, ashulalar, sheʼrlar mazmuni aytiladigan voqealar va harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni o‘qish bilan qo‘shib ijro etiladi.
Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga o‘rgatish, o‘sha jismoniy mashq haqida to‘lik bo‘limga, xarakatni his qilishga imkoniyatni ko‘paytiradi.
Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida ko‘proq maʼlumot fikrga ega bo‘lish va jismoniy mashqlarni bajarilishi haqida lozim bo‘lgan malakalarga manbaa bo‘ladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar o‘qish, rasmlar ko‘rish, stadionlarga ekskursiyalar va sayirlar kilish orqali ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin